KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

11-SON JURNAL Muqovasi
Volume 3 | Issue 11 | May 2026
3 issues per year

    “Komparativistika” ilmiy-elektron jurnali 2024-yil mart oyida tashkil qilingan, bir yilda to‘rt marta e’lon qilinadi. Ushbu jurnalda qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik, tarjimashunoslik, jahon adabiyoti, adabiyot nazariyasiga oid eng dolzarb maqolalar e’lon qilinadi. 

   2024-yil 18-aprelda jurnal uchun №258331 raqamli  guvohnoma olingan. 2024-yil 26-iyunda 3060-4559 ISSN raqami berilgan. Jurnal OAK Rayosatining 12-fevral 2025-yildagi 365/7-son qarori bilan filologiya fanlari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Ushbu sondagi maqolalar

Open Access | May 2026 | 1 views

AKSILQAHRAMON OHANGRABOSI

By: Axmedova Aziza Komilovna

Mazkur maqolada zamonaviy adabiyot va ommaviy madaniyatda aksilqahramon (antiqahramon) obrazining shakllanishi, evolyutsiyasi hamda badiiy talqini tahlil qilinadi. Tadqiqotda badiiy qahramon obrazining turli ijodiy metodlar – romantizm, realizm, naturalizm, modernizm va postmodernizm doirasida qanday oʻzgarib borgani koʻrib chiqiladi. Ayniqsa, XX–XXI asr adabiyotida anʼanaviy qahramon modelin ing oʻrnini murakkab psixologiyaga ega, axloqiy jihatdan ambivalent aksilqahramonlar egallab borayotgani taʼkidlanadi. Maqolada detektiv romanlar, true crime janri, psixologik triller va modernistik hamda postmodernistik adabiyotdagi aksilqahramonlar misol lar orqali yoritiladi. Jumladan, Mario Pyuzoning Maykl Korleone obrazi, Tomas Harrisning Gannibal Lekteri, Patrik Zyuskindning Jan -Batist Grenuyi, Albert Kamyuning Merso obrazi kabi qahramonlar tahlil qilinadi. Shuningdek, aksilqahramon obrazining komiksla r, teleseriallar va animatsiyadagi naʼmunalari ham koʻrib chiqilib, ularning ommaviy madaniyatdagi jozibasi evolyutsion psixologiya nuqtayi nazaridan izohlanadi. Tadqiqot natijalariga koʻra, zamonaviy adabiyot va sanʼatda aksilqahramon inson tabiatining mu rakkab, ziddiyatli va qorongʻi qatlamlarini ochib beruvchi muhim badiiy obrazga aylangan. Aksilqahramon, zamonaviy adabiyot, postmodernizm, psixologik triller, true crime, ommaviy madaniyat, psixopat obrazlari, badiiy obraz evolyutsiyasi, antiqahramon tipologiyasi.

Article ID: 239
PDF
Open Access | May 2026 | 1 views

MUHABBAT YOʻLDOSHEVA IJODINING ADABIY ERTAK JANRI TARAQQIYOTIDA TUTGAN OʻRNI

By: Xamroqulova Xurshida Quvvatovna

Ushbu maqola oʻzbek bolalar adabiyotiga oʻzining nasriy asarlari bilan muhim hissa qoʻshayotgan yozuvchi Muhabbat Yoʻldosheva hayoti va ijodiy faoliyatini qamrab olgan dastlabki adabiy portretdir. M.Yoʻldosheva 40 yildan ortiq ijodiy faoliyatini bolalar adabiyotiga bagʻishladi. Oʻzining turli mavzudagi yuzlab adabiy ertaklari, nasrning ertak -qissa, ertak-roman janrlarida bitilgan asarlari bilan bugungi bolalar adabiyotining ilmiy fantastika yoʻnalishini boyitib kelayotgan ijodkorning qator adabiy ertakl ari, “Buyuk sut daryosi”, “Sayohatchi pingvincha” kabi ertak-qissalari va “Qoʻhi qof shahzodasi” nomli ertak -romani tahlilga tortildi. Shuningdek, adabiy ertaklarning janriy belgilari, badiiy tafakkur shakllanishida adabiy ertaklarning oʻrni, ertak -qissalarda insoniy tuygʻularning badiiy ifodasi, xalq ogʻzaki ijodidan oziqlanib yaratilgan “Qoʻhiqof shahzodasi” nomli sarguzasht asarning badiiyati haqidagi ayrim mulohazalar bayon etildi. M.Yoʻldosheva ijodi tahlili orqali bolalar adabiyoti rivoji va tara qqiyoti bilan bogʻliq ayrim ilmiy - nazariy xulosalar chiqarishga erishildi. Ertak, adabiy ertak, ertak-qissa, ertak-roman, mifologik qahramonlar, folklor motivi, janr, fantastik olam, sarguzasht fantastika, ilmiy fantastika, sayyor qahramonlar.

Article ID: 240
PDF
Open Access | May 2026 | 1 views

JON STEYNBEK NASRIDA EKOLOGIK MUAMMOLAR: IJTIMOIY TANQIDDAN YAXLIT EKOLOGIK ONG SARI

By: Дворяшина Виктория Сергеевна

Mazkur maqolada Jon Steynbekning “Charli bilan Amerikani izlab” travelogida o‘zining badiiy ifodasini topgan ekologik qarashlari tahlil qilinadi. Maqolada muallif ijodida ekologik muammolarning rivojlanishi kuzatilib, bu uning inson va atrof-muhitning o‘zaro ta’siri masalalariga qiziqishi barqaror bo‘lganidan dalolat beradi. Steynbek ijtimoiy jarayonlar hamda jamiyatning yerga, tabiiy resu rslarga va umuman landshaftga munosabati o‘rtasidagi aloqadorlikni qanday anglashiga alohida e’tibor qaratiladi. Shu maqsadda tadqiqotda qiyosiy-taqqoslash va tavsifiy metodlar, shuningdek, strukturaviy tahlilning bir ko‘rinishi sifatida motiv tahlili usullaridan foydalanilgan. Asarlar matnining tahlili shuni ko‘rsatadiki, Steynbek ijodida ekologik muammolar ijtimoiy adolat, iqtisodiy rivojlanish va madaniy o‘ziga xoslik masalalari bilan chambarchas bog‘liqdir. Yozuvchining ilk asarlarida tabiatdan foydalan ish va resurslarning notekis taqsimlanishining fojiaviy oqibatlariga urg‘u berilgan bo‘lsa, “Charli bilan Amerikani izlab” travelogida murakkab va tahliliy yondashuv aks etgan. Muallif ilmiy -texnik taraqqiyot ta’sirida Amerika jamiyatida yuz berayotgan o‘z garishlarni qayd etibgina qolmay, ularning ekologik ongga ta’sirini anglashga ham intiladi. Shunday qilib, Steynbekning so‘nggi davr ijodida modernizatsiya va iste’mol madaniyatining yuksalishi sharoitida ijtimoiy qadriyatlarning o‘zgarishini aks ettiruvchi yaxlit ekologik motivlar tizimi shakllangan, deyish mumkin. Bu esa Steynbek nasrini XX asr ekologik tafakkuri rivojiga qo‘shilgan muhim hissa sifatida qarash imkonini beradi. Ekologiya, ekologik ong, mikrokosm va makrokosm, tabiat, sivilizatsiya, taraqqi yot, ildizlar, yaxlitlik, motiv.

Article ID: 241
PDF
Open Access | May 2026 | 1 views

OʻTKIR HOSHIMOVNING “TUSHDA KECHGAN UMRLAR” ROMANIDA SHAXS MUAMMOSINING YORITILISHI

By: Yusupova Shodiya Kerimbayevna

Ushbu maqolada Oʻtkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romani siyosiy-tarixiy hamda adabiy-estetik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda asarda aks etgan sovet-afgʻon urushi, qayta qurish davridagi siyosiy inqiroz va SSSR tanazzulining inson hayotiga koʻrsatgan taʼsiri badiiy obrazlar orqali yoritiladi. Roman qahramonlari – Rustam Shomatov, Komissar Soat Gʻaniyev, Rustamning otasi hamda Qurbonoy xola obrazlari orqali totalitar tuzum va shaxs oʻrtasidagi mura kkab munosabatlar ochib beriladi. Maqolada Rustam obrazi urushning begunoh qurboni sifatida talqin qilinib, uning taqdiri orqali sovet -afgʻon urushining maʼnosizligi, inson ruhiyatiga yetkazgan jarohatlari va urushdan keyingi fojeali oqibatlari tahlil qili nadi. Komissar Gʻaniyev obrazi esa sovet mafkurasi shakllantirgan shaxs timsoli sifatida koʻrsatilib, siyosiy tizimning inson ongiga taʼsiri ochib beriladi. Shuningdek, romanda qatagʻon siyosati, “paxta ishi” jarayoni hamda oddiy insonlarning ijtimoiy hayotdagi fojeali taqdiri badiiy talqin asosida koʻrib chiqiladi. Tadqiqotda adabiyotshunoslik nazariyasi hamda sovet -afgʻon urushi va SSSR inqiroziga oid ilmiy manbalardan foydalanilib, romanning tarixiy konteksti bilan badiiy talqini oʻzaro uygʻunlikda tahli l etiladi. Natijada, “Tushda kechgan umrlar” romani nafaqat urush fojeasini, balki totalitar tizim sharoitida inson taqdiri va jamiyatning maʼnaviy inqirozini yorituvchi muhim badiiy asar ekani asoslab beriladi. Afgʻon urushi, SSSR tanazzuli, qayta qurish, qatagʻon, siyosat va shaxs, urushning bemaʼniligi, totalitar tuzum, oʻzbek adabiyoti.

Article ID: 242
PDF
Open Access | May 2026 | 1 views

KEYT SHOPEN ROMANLARIDA SYUJET DINAMIKASI MASALASI

By: Ibodullayeva Zilola Jamshid qizi

Ushbu maqola Keyt Shopenning “Uygʻonish” (1899) va “At Fault” (1890) romanlaridagi syujet dinamikasini tahlil qilishga bagʻishlangan. Unda XIX asr oxiri Amerika adabiyotida anʼanaviy voqeaga asoslangan syujetlar oʻrnini qanday qilib asta -sekin qahramonlarning ichki dunyosini tasvirlashga yoʻnaltirilgan syujetlar egallay boshlagani tadqiq etiladi. Tadqiqotning maqsadi Shopenning psixologik tasvir orqali syujetni qay tarzda rivojlantirganini hamda ong oqimi kabi ichki kechinmalarning asar bayonida qanday vazifa bajarganini aniqlashdan iborat. Tadqiqot vazifalariga syujet transformatsiyasi bosqichlarini aniqlash, ichki ziddiyat va oʻz -oʻzini anglash jarayonini tahlil qilish, shuningdek, tashqi voq ealar va subyektiv kechinmalar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatni oʻrganish kiradi. Tadqiqotda asosiy metodlar sifatida narratologik, psixoanalitik va germenevtik yondashuvlardan foydalanilgan. Natijalar shuni koʻrsatadiki, “Bir soatlik voqea”da tashqi hodisal arga asoslangan syujet unsurlari saqlanib qolgan, biroq bu voqealar rivoji qahramonlarning axloqiy prinsiplari va psixologik holatiga tayanadi. “Uygʻonish”da esa syujet butunlay ong oqimiga asoslangan boʻlib, bosh qahramonning ruhiy kamoloti voqealar rivoj ini belgilovchi asosiy harakatlantiruvchi kuch sifatida namoyon boʻladi. Xulosa qilib aytganda, Shopen romanlari muayyan voqealarni tasvirlashdan qahramonlarning ichki dunyosini aks ettirishga yoʻnaltirilgan paradigmaga oʻtishni yaqqol namoyon etib, yozuvc hining zamonaviy adabiyotga qoʻshgan hissasini koʻrsatib beradi. Sujet dinamikasi, psixologik hikoya, ichki ong, narrotologiya, Keyt Shopen, Uygʻonish, Gunoh, subyektivlik.

Article ID: 243
PDF
Open Access | May 2026 | 1 views

“BOBURNOMA”DA TARIXIY SHAXSLAR QIYOFASINING YORITILISH MEZONLARI

By: Muhammadzokirova Mohinur Muhtorjon qizi

Mazkur maqolada “Boburnoma” asarida tarixiy shaxslar qiyofasining yoritilish mezonlari badiiy -ilmiy nuqtayi nazardan chuqur tahlil etiladi. Tadqiqotda asarda 500 dan ortiq tarixiy shaxslar haqida mufassal maʼlumot berilgani qayd etilib, ulardan ayrimlarining tasviri muayyan konseptual tizim asosida shakllangani asoslab beriladi. Xususan, tavallud va nasl -nasab, shakl-shamoyil, feʼl-atvor, siyosiy va harbiy faoliyat, jumladan jang va yurishlardagi ishtiroki, egallagan hududlari hamda avlodlari kabi mezonlar shaxs qiyofasini kompleks ochishda muhim omil sifatida talqin etiladi. Shuningdek, maqolada tarixiy obrazlarning asar kompozitsiyasida turli voqea -hodisalar bilan uzviy bogʻliq holda tasvirlanishi, bu orqali ularning individual va ijtimoiy qiyofasi dinamik tarzda ochib berilishi taʼkidlanadi. Ayniqsa, bir obrazni boshqa obrazlar vo sitasida yoritish tamoyili muallifning badiiy tafakkuri mahsuli sifatida baholanib, xarakter yaratishda qiyosiy va kontrast usullar samarali qoʻllangani koʻrsatib oʻtiladi. Natijada, “Boburnoma”dagi tarixiy shaxslar tasviri nafaqat faktologik aniqlik, balki yuksak badiiy-estetik mukammallik bilan ajralib turuvchi hodisa sifatida eʼtirof etiladi. “Boburnoma”, tarixiy shaxslar, xarakter, konseptual tizim, asar kompozitsiyasi, epik asar, qahramonlar portreti.

Article ID: 244
PDF
Open Access | May 2026 | 1 views

OʻZBEK PUBLITSISTIKASIDA BADIIY-PUBLITSISTIK JANRNING TILI VA TRANSFORMATSIYASI

By: Madiyarov Babur Allambergenovich

Mazkur maqola oʻzbek publitsistikasidagi badiiy -publitsistik janrning zamonaviy oʻzgarish dinamikasini qiyosiy -tipologik va lingvouslubiy tahlil asosida oʻrganishga bagʻishlangan. tadqiqotda uchta yoʻnalish ustuvor oʻrin tutadi: badiiy va publitsistik nutqning differensial belgilarini nazariy -metodologik jihatdan asoslash; korrespondensiya, maqola, taqriz va sharh janrlarining lingvistik - funksional parametrlarini aniqlash; hamda raqamli axborot muhi tida yuzaga kelayotgan janr transformatsiyasining bosqichlari va yoʻnalishlarini tavsiflash. muammoning ilmiy ahamiyati shundaki, zamonaviy media makonida janrlararo chegaralarning noaniqligi va gibrid shakllarning vujudga kelishi anʼanaviy tasnif tizimini qayta koʻrib chiqishni taqozo etadi, tadqiqotda matn tahlili, leksik -semantik va qiyosiy usullardan kompleks tarzda foydalanilgan. Qayt etilgan natijalar shuni koʻrsatadiki, hozirgi oʻzbek badiiy -publitsistik janriga xos polistilizm, muallif subyektivligi ning kuchayishi, dialogik tuzilma, multimedia integratsiyasi va janrlararo diffuziya hodisasi yangi kommunikativ paradigmaning shakllanayotganini tasdiqlaydi. Tadqiqot xulosalari oʻzbek adabiy-publitsistik jarayonini oʻrganuvchi qiyosiy adabiyotshunoslik, medialingvistika va jurnalistika nazariyasi sohasidagi keyingi ilmiy izlanishlar uchun nazariy asos boʻlib xizmat qilishi mumkin. Publitsistika, badiiy - publitsistik janr, janr transformatsiyasi, qiyosiy adabiyotshunoslik, medialingvistika, oʻzbek jurnalistikasi, raqamli media, kommunikativ paradigma.

Article ID: 245
PDF
Open Access | May 2026 | 1 views

GʻARB VA SHARQ ROMANTIZMINING QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLILI VA POETIK QONUNIYATLARI

By: Umarova Maxliyo Yunusovna

Ushbu maqolada Gʻarb va Sharq romantik adabiyotida inson konsepsiyasi, sayohatnoma janri hamda erksevarlikni yuzaga keltiruvchi ijtimoiy -badiiy omillar qiyosiy tahlilga tortilgan. Tadqiqotda J.Bayron, H.Heyne hamda Muqimiy va Choʻlpon asarlaridagi sayohat motivlarining oʻziga xos poetik talqini yoritilgan. Sayohatnoma janri orqali adiblar lirik qahramonning ichki dunyos ini, uning cheksiz erkinlikka intilishini va ijtimoiy hayotni yaxlit anglash masalalarini badiiy tadqiq etganlar. Romantik qahramonning isyonkor tabiati va psixologik holati bevosita olam va odam munosabatlari, makon va zamon uygʻunligi doirasida namoyon b oʻladi. Maqolada erksuvarlik gʻoyasining ifodalanishi ijtimoiy tushunmovchilik, surgunlik va milliy ozodlikka intilish kabi obyektiv sharoitlar tasviriga asoslanishi koʻrsatib berilgan. Mazkur omillar romantik asarning oʻziga xos fojiali manzarasini shakllantirib, voqealar bayoniga dramatizm va haqqoniylik bagʻishlaydi. Natijada adiblar ijodida lirik pafosning kuchayishi hamda badiiy makonning lirik qahramon dunyoqarashini ochishdagi ahamiyati asoslab berilgan. Maqola Gʻarb va Sharq romantizmi oʻrtasidagi tipologik yaqinliklar va poetik qonuniyatlarni aniqlashga xizmat qiladi. Gʻarb va Sharq romantizmi, sayohatnoma janri, erksuvarlik, inson konsepsiyasi, lirik qahramon, badiiy makon, Bayron, Heyne, Muqimiy, Choʻlpon.

Article ID: 246
PDF
Open Access | May 2026 | 1 views

“OSIM” VA “PADARKUSH” ASARLARIDA TA’LIM VA YOSHLARGA DOIR QARASHLAR

By: Muhammed İkbâl GÜLER, Cennet GÜLER

Ushbu tadqiqotda XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turk - Islom dunyosi duch kelgan ijtimoiy -siyosiy inqirozlar davrida yashagan ikki buyuk mutafakkir – Mehmed Okif Ersoʻy va Mahmudxoʻja Behbudiyning maorif hamda yoshlar masalasiga doir qarashlarini qiyosiy tahlil etadi. Har ikki ziyoli ham mustamlakachilik va ijtimoiy tanazzulning asosiy sababini jaholatda koʻrib, najot yo ʻli sifatida Gʻarb fanlari va milliy -maʼnaviy qadriyatlar uygʻunligiga asoslangan taʼlim islohotini ilgari surganlar. Maqolada Mehmed Okifning “Safahot” kulliyotidagi “Osim” boʻlimida tasvirlangan ideal avlod modeli bilan Behbudiyning “Padarkush” dramasida gi jaholat qurboni boʻlgan yoshlar taqdiri qiyoslanadi. Tahlillar shuni koʻrsatadiki, Okif “Osim” orqali “maʼrifat va fazilat” sintezini taklif etib, millatning kelajagini qayta “insho” etishni maqsad qilgan boʻlsa, Behbudiy “Padarkush” orqali jaholatning fojiaviy yakunidan jamiyatni keskin “ogohlantirish”ni koʻzlagan. Xulosa oʻrnida, Turk dunyosining istiqboli uchun Toshmurod kabi gʻaflatda emas, balki Osim kabi ilm -maʼrifatli boʻlish zarurati asoslanadi. Mehmed Okif, Mahmudxoʻja Behbudiy, taʼlim, yoshlar, Padarkush, Osim.

Article ID: 247
PDF
Open Access | May 2026 | 1 views

QIYOSIY ADABIYOTSHUNOSLIKNING NAZARIY- METODOLOGIK ASOSLARI

By: Khalliyeva Gulnoz Iskandarovna, Jorakulov Uzoq Haydarovich

Ushbu maqolada qiyosiy adabiyotshunoslik (komparativistika) fanining nazariy asoslari, metodologiyasi va tadqiqot yondashuvlari atroflicha tahlil etiladi. Tadqiqotda klassik va zamonaviy ilmiy manbalarga tayanilgan holda, qiyosiy adabiyotshunoslikning XIX asr Yevropa filologiyasida vujudga kelishidan to uning hozirgi zamon global koʻrinishlarigacha boʻlgan tarixiy shakllanish bosqi chlari oʻrganiladi. Maqolada qiyosiy tahlilning obyekti, vazifalari va asosiy bosqichlari; tarixiy -qiyosiy va chogʻishtirma metodlarning oʻzaro munosabati, shuningdek adabiy taraqqiyotni tushunishda tipologik oʻxshashliklar hamda adabiyotlararo aloqalarnin g oʻrni va tarjimaning qiyosiy adabiyotshunoslikdagi mavqeyi izchil yoritiladi. Shuningdek, Gyote tomonidan ilgari surilgan hamda David Damrosh, Franko Moretti va Paskal Kazanova kabi zamonaviy olimlar tomonidan qayta talqin qilingan jahon adabiyoti konsepsiyasiga, yevropatsentrik paradigmalar va adabiyot tarixiga oid multikultural yondashuvlar oʻrtasidagi ziddiyatga alohida eʼtibor qaratiladi. Tadqiqot qiyosiy adabiyotshunoslik tor ixtisoslikdagi fan boʻlibgina qolmay, balki turli tarixiy davrlar va sivili zatsiyalar kesimida badiiy tafakkur, madaniy almashinuv hamda adabiy taʼsirning global dinamikasini anglash uchun ajralmas asos ekani haqidagi xulosa bilan yakunlanadi. Qiyosiy adabiyotshunoslik, komparativistika, tarixiy - qiyosiy metod, chogʻishtirma metod, tipologiya, adabiyotlararo aloqalar, jahon adabiyoti, tarjimashunoslik, poetika, multikulturalizm, yevropatsentrizm, adabiy taʼsir.

Article ID: 248
PDF
Open Access | May 2026 | 1 views

ALISHER NAVOIY SHAXSI TALQINIDA BADIIY VA ILMIY DUNYOQARASH XUSUSIYATLARI

By: Ткаченко Алла Викторовна

Ushbu maqolada Alisher Navoiy shaxsiyatining badiiy talqini L.G.Batning “Hayot bo‘stoni” qissasi va Oybekning “Navoiy” romani misolida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotning maqsadi tarixiy shaxsni badiiy tasvirlash usullariga muallif tafakkur tarzi va dunyoqarashining ta’sirini ochib berishdan iborat. Yozuvchining badiiy va ilmiy tafakkur tarzi bilan Alisher Navoiy obrazining badiiy matndagi talqin xususiyatlari o‘rtasidagi bog‘liqlik ilmiy muammo sifatida qaralgan. Tadqiqotning metodologik asosini qiyosiy -adabiy tahlil, tarixiy - adabiy yondashuv va badiiy matn talq ini usullari tashkil etadi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, L.G. Bat qissasida Navoiy obrazi asosan badiiy lavhalar, psixologik detallar va keng qamrovli tasvirlar orqali ochib berilgan bo‘lib, ular buyuk mutafakkir shaxsiyatining poetik tabiatiga ur g‘u beradi. Oybek romanida esa, aksincha, tarixiy haqiqatga, Navoiyning davlat va jamoat arbobi sifatidagi qiyofasiga urg‘u beriladi. Demak, shoir shaxsining badiiy talqini muallifning tafakkur tarzi bilan belgilanadi. Xulosada L.G.Bat asari dunyoqarashning badiiy tipini aks ettirsa, Oybek romani ilmiy aniqlik va hujjatlilik bilan ajralib turishi ta’kidlanadi. Alisher Navoiy, badiiy talqin, qiyosiy adabiyotshunoslik, badiiy tafakkur, ilmiy tafakkur, tarixiy shaxs obrazi, Oybek, L.G. Bat, adabiy talqin, badi iy matn tahlili.

Article ID: 249
PDF
Open Access | May 2026

OʻZBEK VA INGLIZ MUMTOZ ADABIYOTIDA KOʻZ TIMSOLINING SEMANTIK VA QIYOSIY-GNOSEOLOGIK TAHLILI

By: Sapaeva Feruza Davlatovna, Xidirboyeva Rohila Saparboy qizi

Mazkur maqolada ingliz va oʻzbek mumtoz adabiy manbalariga tayanilgan holda koʻz timsolining semantik hamda gnoseologik xususiyatlari qiyosiy adabiyotshunoslik doirasida tahlil qilinadi. Tadqiqot ishining maqsadi Sharq (xususan, Alisher Navoiy ijodi) va Gʻarb (Uygʻonish davri adabiyoti, ayniqsa Shekspir asarlari) anʼanalarida koʻz timsolining maʼnaviy hamda psixologik mazmunini aniqlab berish va ularning oʻzaro oʻxshash hamda farqli jihatlarini yoritib berishdan iborat. Ushbu tadqiqotda komparativ, semantik, arxitepik va kontekstual tahlil metodlaridan foydalanildi. Tahlil natijalari shuni korstadiki, oʻzbek mumtoz sheʼriyatida koʻz timsoli asosan basirat, tasavvufiy maʼrifat hamda ilohiy idrok bilan bogʻliq holda talqin qilinadi, ingliz mumtoz adabiyotida esa u vijdon, inson ruhiyati, ehtiros hamda dramatik ziddiyatlarni belgilab b eruvchi muhim badiiy vosita sifatida talqin qilinadi. Shuningdek, har ikkala Sharq va Gʻarb mumtoz sheʼriyati tizimida ham koʻz timsoli bilish va oʻzlikni anglashning universal ramzi sifatida namoyon boʻladi. Tadqiqot natijalariga koʻra, koʻz timsoli madan iyatlararo universal gnoseologik timsol sifatida insoniyat ongining tashqi idrok va ichki anglash oʻrtasidagi bogʻlovchi unsur ekanligini koʻrsatadi. Koʻz timsoli, mumtoz adabiyot, komparativistika, semantika, gnoseologiya Navoiy, Shekspir, tasavvuf, arxitep.

Article ID: 250
PDF
Open Access | May 2026

OʻTKIR HOSHIMOVNING “DUNYONING ISHLARI” VA AHMAD LUTFIY QOZONCHINING “QAYNONA” ASARLARINING QIYOSIY TAHLILI

By: Rasulmuxamedova Dilfuza Zokirovna

Ushbu maqolada oʻzbek adibining Oʻtkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissa -hikoyalar toʻplami va turk yozuvchisi Ahmad Lutfiy Qozonchining “Qaynona” romani qiyosiy -tipologik metod asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi esa, ikkala asardagi ayol obrazi, xususan, ona va qaynona timsolining milliy - maʼnaviy, ijtimoiy -psixologik jihatlarini komparativistik aspektda oʻrganishdan iborat. Ikki adibning ijodiy laboratoriyasi, badiiy uslubi, sujet qurilishi va obrazlar tizimi batafsil qiyosiy aspektda tahlil etiladi. Maqolada turk va oʻzbek adabiyotlarining tarixiy -madaniy mushtarakligi, turkiy xalqlar dunyoqarashida oilaning tutgan oʻrni, din va maʼnaviyat masalalarining badiiy talqini ham koʻrib chiqiladi. Tadqiqot natijasida ikkala asarda ham ona va qaynona obrazining milliy-maʼnaviy qadriyatlar timsoli sifatida gavdalantirilgani, oila va jamiyat munosabatlarining badiiy ifo dasida oʻzbek va turk adabiyotlarining mazmuniy yaqinligi aniqlanadi. Maqola adabiyotshunoslik, komparativistika va turkologiya sohasidagi tadqiqotchilar uchun nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. qiyosiy adabiyotshunoslik, komparativistika, “Dunyoning ishlari”, “Qaynona”, ayol obrazi, qaynona va ona, turkiy xalqlar adabiyoti, badiiy qiyoslash, mikro va makro makon, milliy-maʼnaviy qadriyatlar.

Article ID: 251
PDF
Open Access | May 2026 | 1 views

IVAN TURGENEVNING “DVORYANLAR UYI” VA ORXON PAMUKNING “MENING ISMIM QIRMIZI” ASARLARIDA JANR SINTEZI VA DUNYONING BADIIY MODELI

By: Шелале Рамазанова, Бахар Гюнеш

Maqolaning maqsadi – alohida taqdirlar misolida millatlar va mamlakatlarning tarixiy yo‘llari roman janri tuzilmasi darajasida qanday idrok etilishini kuzatish hamda bir -biridan vaqt nuqtayi nazaridan uzoq bo‘lgan matnlarni janrlararo sintez darajasida tahlil qilishdir. Tadqiqot obyek ti sifatida I.S. Turgenevning "Dvoryanlar uyi" va Orxan Pamukning "Mening ismim Qirmizi" romanlari olingan. Tadqiqot predmeti esa milliy -madaniy jarayonlarning janriy belgilari, millat taraqqiyot yo‘llarining matniy ifoda uslubi va usullaridir. Maqolada s haxsiy, sevgi va detektiv voqealar tarixiy, madaniy, siyosiy hodisalar bilan chatishib ketgan asarlar tahlil qilingan. Bu – XIX asrda rus nosiri va zamonaviy adabiy jarayonda turk yozuvchisi, Nobel mukofoti sovrindori tomonidan amalga oshirilgan o‘ziga xos epik-dramatik sintezdir. Turgenevning turli tabiatga ega unsurlarni badiiy yaxlitlik doirasida muvozanatli, uyg‘un tarzda birlashtira olgan romanining yangi janriy tuzilmasidagi sifat jihatlariga alohida urg‘u berilgan. Bu o‘tgan asrning o‘rtalari, ya’ni Shahar matni, janr sintezi, intermedialilik, dunyoning milliy -madaniy modeli, badiiy yaxlitlik, shahar tadqiqotlari.

Article ID: 252
PDF
Open Access | May 2026 | 1 views

BOBURIYLAR SAROYIDA TURKIY TIL MAQOMI: MARK TOUTANT TALQINIDA

By: Nasirdinova Yorkinoy Abdumuxtarovna

Ushbu maqolada Mark Toutantning “Le turk est la langue des rois. Un lexique chaghatay-persan à la cour moghole” nomli tadqiqoti asosida Boburiylar saroyida turkiy tilning ijtimoiy -siyosiy va ramziy maqomi tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi Mark Toutant maqolasining asosiy dalillari va xulosalarini oʻzbek ilmiy muhitida sharhlash, ularni Boburiylar saroyining koʻp tilli muhiti bilan bogʻliq holda tizimlashtirish hamda til, sulolaviy xotira va legit imatsiya oʻrtasidagi munosabatni koʻrsatishdan iborat. Maqolada tarixiy - qiyosiy, matnshunoslik, filologik va diskursiv tahlil usullari qoʻllanib, Lugʻoti turkiy muqaddimasi, grammatik qurilishi va leksik tarkibi Boburiylarning temuriy -barlos nasabini eslat ish bilan bogʻliq holda oʻrganildi. Natijalar shuni koʻrsatadiki, Boburdan Akbargacha fors tili saroyning amaliy va rasmiy tili sifatida tobora ustunlashgan, biroq turkiy til ajdodlar merosi, hukmdorlik shaʼni va shahzodalar tarbiyasi bilan bogʻliq sulolaviy til sifatida saqlanib qolgan. Lugʻoti turkiy oddiy pedagogik qoʻllanma emas, balki turkiy tilning ilmiy tavsifini berish va uning siyosiy -madaniy nufuzini qayta taʼkidlashga qaratilgan filologik-saroy matni sifatida namoyon boʻladi. Xulosa sifatida, Boburiylar saroyida turkiy til “yoʻqolgan til” emas, balki vazifasi oʻzgargan, xotira va legitimatsiya bilan bogʻlangan til ekani asoslanadi. Boburiylar, Mark Toutant, chigʻatoy tili, Lugʻoti turkiy, Avrangzeb, Barlos, til siyosati, temuriy meros, saroy filologiyasi.

Article ID: 253
PDF
Open Access | May 2026 | 1 views

LOTIN AMERIKASI SLENGINING METAFORIK TIZIMIGA TUB XALQLAR TILLARI VA MADANIYATLARINING TA’SIRI

By: Абдуллаев Маркс Камильжанович

Lotin Amerikasi ispan tili Yevropa, tub xalqlar va Afrika an’analarining o‘zaro ta’siri natijasida yuzaga kelgan noyob madaniy sintez sharoitida shakllangan. Amerika qit’asining tub xalqlari tillaridan kirib kelgan leksik o‘zlashmalar keng o‘rganilganiga qaramay, zamonaviy yoshlar slengida tub tillar subst ratlarining metafora hosil qiluvchi roli deyarli tadqiq etilmagan. Mazkur maqola tub xalqlar tillari va madaniy arxetiplar zamonaviy Lotin Amerikasi slengida konseptual metaforalarni qanday mexanizmlar orqali shakllantirishini aniqlashga qaratilgan. Nazari y asos sifatida konseptual metafora nazariyasi hamda metaforalarning madaniy variativligi konsepsiyasi qo‘llaniladi. Empirik baza Lotin Amerikasining yetti til arealidan olingan 343 ta mintaqaviy sleng birligidan iborat. Tadqiqot metodlari sifatida konseptual tahlil, manba domenlarining madaniy-tarixiy rekonstruksiyasi hamda ispan tilining Pireney va Lotin Amerikasi variantlarini qiyosiy tahlil qilish usullari qo‘llanildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, tub xalqlar tillari (Nahuatl, Quechua, Guaraní, Aymara, Maya-K'iche', Mapuche) nafaqat leksik o‘zlashmalar manbai bo‘lib xizmat qiladi, balki mustaqil konseptual domenlarni ham shakllantiradi. Kolumbgacha bo‘lgan davriga oid madaniy arxetiplarga borib taqaluvchi yettita mintaqaviy metaforik model aniqlangan. S huningdek, asosiy ta’sir mexanizmlari sifatida tabiiy-mifologik qayta talqin, ijtimoiy -etnik atributiv model hamda Kolumbgacha bo‘lgan davri obrazli sxemalarining Yevropa til shakliga sinkretik qo‘shilishi belgilandi. Konseptual metafora, Lotin Amerikasi s lengi, til substrati, naxuatl, kechua, guarani, aymara, maya -kiche, kognitiv lingvistika, lingvokulturologiya, metafora variativligi, dokolumb madaniyatlari, mestisaj.

Article ID: 254
PDF
Open Access | May 2026 | 1 views

OʻZBEK MILLIY LINGVISTIK EKSPERTOLOGIYASINING NAZARIY MASALALARI

By: Musulmonova Kamola Xusniddin qizi

Lingvistik ekspertiza borasidagi qarashlar oʻtgan asrning boshidayoq tilshunoslar diqqatini tortdi. Tildan amaliyotda jinoiy faktni ochuvchi dalil sifatida foydalanish mumkinligi koʻpchilikni taajjubga soldi. Ammo endilikda tilning amaliy funksiyasi nechogʻlik yuqori ekanligi tobora oʻz i sbotini topib bormoqda. Lingvistik ekspertologiya orqali har qanday chigal masalaga yechim topish, dalillarni aniqlashtirish, gumonlanuvchilar doirasini toraytirish imkoniyati paydo boʻldi. Galdagi vazifa esa har bir tilda oʻziga xos lingvistik xususiyatlarni inobatga olgan holda milliy metodologiyani ishlab chiqishdir. Jumladan, oʻzbek milliy lingvistik ekspertologiyasi ham jahon jahon standartlarini inkor etmagan holda, milliy yondashuvlarni qamrab oladi. Shu boisdan oʻzbek milliy lingvistik ekspertologiyasi metodologiyasini ishlab chiqish, amaliyotga tatbiq etish sohaning oʻta muhim va eng dolzarb masalalaridan biridir. Maqolada oʻzbek milliy lingvistik ekspertologiyasiga xos jihatlar, lingvistik ekspertologiya obyektini belgilash, qamrov doirasini aniqlash singari masalalar oʻrin oladi. Lingvistik ekspertiza, ekspertiza, ekspertologiya, til, huquq, matn, dalil, lingvistik tahlil.

Article ID: 255
PDF
Open Access | May 2026 | 1 views

TEODOR DRAYZERNING “AMERIKA FOJEASI” ASARIDA IJTIMOIY- MADANIY KODLAR VA LISONIY DUNYOQARASH MUTANOSIBLIGI

By: Aktamova Visola Baxtiyor qiz

Ushbu maqolada XX asr Amerika adabiyotining yirik namunalaridan biri Teodor Drayzerning “Amerika fojeasi” romani asosida amerika orzusi diskursi va transmilliy identitet tushunchalari lingvokulturologik yondashuv orqali tahlil qilinadi. Maqolaning asosiy maqsadi shaxs va jamiyat oʻrtasida vujudga kelgan munosabatlarni badiiy talqin qilish hamda lisoniy birliklar orqali qahramonning ichki inqirozini yoritishdir. Tadqiqotda asosan lingvokulturologik, qiyosiy - tarixiy va badiiy tahlil metodlaridan foydalanilib, milliy va individual identitetning badiiy jihatdan qanday namoyon boʻlishi, “amerika orzusi” konseptining matn orqali yoritib berilishi oʻrganiladi. Griffits obrazidagi transmilliy identitetning shakllanishi uning ijtimoiy muhitga moslashish istagi va moddiy farovonlikka intilishi kontekstida tahlil etildi. Natijalar shuni koʻrsatadiki, asardagi lingvomadaniy birliklar nafaqat qahramon xarakterini, balki davrning madaniy - ijtimoiy kodlarini ham ochib berdi. Tadqiqotning natijalari lingvokulturologiya, tarjimashunoslik va adabiyotshunoslik sohalarida nazariy manba sifatida xizmat qilishi mumkin. Teodor Drayzer ijodi, ijtimoiy-madaniy kodlar, badiiy talqin, oʻzlikni anglash, Klayd Griffits obrazi, ijtimoiy muhit, globallashuv jarayoni, maʼnaviy qadriyatlar, lisoniy dunyoqarash, moddiy farovonlik.

Article ID: 256
PDF
Open Access | May 2026 | 1 views

ANTROPOSENTRIK OʻLCHOV VA UNING INGLIZ TILIDAGI TALQINI

By: Shamuratova Muborak Muxtarovna

Maqola antroposentrik oʻlchov birliklari va ularning ingliz tilida talqin qilinishini lingvistik va kognitiv nuqtayi nazardan tahlil qilishga bagʻishlangan. Antroposentrizm inson tafakkuri tomonidan yaratilgan dunyo manzarasining muhim va ajralmas xususiyati boʻlib, u til orqali atrof -muhitni idrok etish va baholash jarayonida yaqqol namoyon boʻladi. Antroposentrik oʻlchash usullari dastlab inson tanasi va uning imkoniyatlariga asoslangan boʻlib, asosan masofa va hajmni aniqlashda qoʻllanilgan. Ushbu oʻlchovlar hozirgi kungacha til va madaniyatda faol saqlani b qolgan hamda ayrim hollarda vaznni ifodalash uchun ham ishlatiladi. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, antropometrik koʻrsatkichlar nafaqat makoniy oʻlchovlarni, balki vaqt, tezlik, harorat, sigʻim va hatto ritm kabi abstrakt tushunchalarni baholashda ham muhim rol oʻynaydi. Kundalik tafakkurda miqdor koʻpincha aniq hisoblash yoki oʻlchash orqali emas, balki “buyumlashgan” holda subyektiv tarzda baholanadi, bu esa til birliklarida oʻz aksini topadi. Maqolada kundalik nutqda miqdorning aniq oʻlchovdan koʻra subyektiv baholash asosida ifodalanishi masalasi ham koʻrib chiqiladi. Tadqiqot natijalari antroposentrik yondashuvning tilshunoslikdagi ahamiyatini yanada chuqurroq anglashga xizmat qiladi. Antroposentrizm, talqin qilish, koinot, vaqt, oʻlcham, dunyoqarash.

Article ID: 257
PDF
Open Access | May 2026

OʻRTA VA ILK YANGI DAVR INGLIZ ARBOBLARINING INGLIZ TILI LЕKSIK TARKIBINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHIDAGI ROLI

By: Xamzayev Sobir Amirovich

Mazkur maqolada ingliz tili tarixining oʻrta va yangi davrlarida faoliyat yuritgan ingliz maʼrifatparvarlari, yozuvchilari va jamoat arboblarining ingliz adabiy tili leksik tarkibining shakllanishi va rivojlanishidagi oʻrni ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda ingliz adabiy tilining taraqqiyotida ijtimoiy -madaniy muhit, adabiy anʼanalar v a ilmiy -maʼrifiy harakatlarning taʼsiri yoritiladi. Shuningdek, oʻrta asrlardan yangi davrgacha boʻlgan tarixiy jarayonda ayrim ingliz adiblari va mutafakkirlarining ijodi orqali tilning leksik boyishi, yangi soʻz va maʼnolarning shakllanishi, adabiy uslub ning mukammallashuvi kabi masalalar koʻrib chiqiladi. Tadqiqot natijalari ingliz adabiy tilining shakllanishida shaxsiy ijodiy omillar, ijtimoiy - madaniy jarayonlar hamda adabiy merosning oʻzaro uygʻunligi muhim ahamiyat kasb etishini koʻrsatadi. Tadqiqot n atijasida ingliz adabiy tilining zamonaviy koʻrinishi turli tarixiy bosqichlardagi ijtimoiy - siyosiy va madaniy jarayonlar, shuningdek, buyuk shaxslarning ijodiy va ilmiy faoliyati natijasida shakllangan murakkab va koʻpqirrali tizim sifatida namoyon boʻladi. Ingliz adabiy tili, leksik tarkib, til taraqqiyoti, ingliz adiblari, maʼrifatparvarlar, til tarixi, oʻrta davr ingliz tili, yangi davr ingliz tili, til va jamiyat.

Article ID: 258
PDF
Open Access | May 2026 | 1 views

TURIZM SOHASIGA OID TERMINLARNING LEKSIK-SEMANTIK KATEGORIYASI

By: Abduxalilova Gulbaxor Karabayevna

Ushbu maqola turizm atamalarining leksik va semantik kategoriyalarini oʻrganishga bagʻishlangan boʻlib, unda muallif umumisteʼmol soʻzlarning polisemantik va cheksiz qoʻllanilishini, ixtisoslashgan leksik birliklar sifatida atamalar esa maʼlum bir tushunchani ifodalash qobiliyati, maʼlum bir sohaga aloqadorligi va qoʻllanilishi cheklanganligini tahlil qilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi turizm sohaga xos lugʻatda tushunchalar nomi sifatida xizmat qiladigan atamalar umumisteʼmol soʻzlaridan tashkil topgan va turizm atamalari umumisteʼmol soʻzlariga yangi terminologik maʼnolar berishi orqali paydo boʻlganligini aniqlashdan iborat. Shuningdek, muallif sohaga oid atamalarni soʻz yasovchi qoʻshimchalar va terminologik elementlar yordamida hosil qilinishini oʻrgan gan. Tadqiqotda terminlarning shakllanish jarayoni tilning ichki imkoniyatlari bilan bir qatorda tashqi omillar – ijtimoiy, madaniy va texnologik taraqqiyot bilan ham bevosita bogʻliqligi, yangi terminlarning paydo boʻlishi hamda terminlarning universallas huviga olib keluvchi sabablar muhokama qilingan. T adqiqotchi oʻzbekcha turistik matnlarda umumisteʼmoldagi soʻzlardan yasalgan milliy xarakter kasb etuvchi terminlarni tahlil qilgan. Maqolada keltirilgan tadqiqot natijalari turizm leksikasini oʻrganishda, matnlarni tahlil qilish va tarjima ishlarida foydali manba boʻlib xizmat qiladi. Leksik-semantik kategoriyalar, umumisteʼmoldagi soʻzlar, leksikografik talqin, semantik xususiyatlar, atamalar, maxsus leksika, terminologiya, semantik usul.

Article ID: 259
PDF
Open Access | May 2026 | 1 views

INGLIZ VA RUS DISKURSLARIDA EMPATIYANING LINGVOMADANIY ASPEKTDA IFODALANISHI

By: Бабаева Ирада Сабировна

Ushbu maqola ingliz va rus tillari diskurslarida empatiyani ifodalashning lisoniy vositalarini lingvomadaniy jihatdan qiyosiy tahlil qilishga bag‘ishlangan. Unda empatiyaviy muloqot til jamoalarining milliy-madaniy o‘ziga xosligi bilan belgilanadi gan hamda til egalarining asosiy qadriyatlarini aks ettiruvchi murakkab, ko‘p bosqichli hodisa sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda har ikki tilda empatiyani ifodalashning leksik, grammatik va pragmatik vositalari tahlil qilinib, ularning maishiy, kasbiy va institutsional kabi turli diskurslardagi qo‘llanilishi o‘rganiladi. Lingvomadaniyatshunoslik, kommunikativ pragmatika va diskurs nazariyasi tamoyillari tadqiqotning metodologik asosini tashkil etadi. Empatiyaviy mulohazalarni talqin qilish va ifodalashdagi madaniyatlararo farqlarga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, bu madaniyatlararo muloqot nazariyasi va amaliyoti uchun muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot natijasida rus tilidagi diskurs hamdardlik va ishtirokni bevosita, hissiy to‘yingan holda ifodalashga m oyil ekani, ingliz tilidagi diskurs esa an’anaviylik, bilvositalik va kommunikativ masofani saqlashga ko‘proq intilishi aniqlandi. Olingan natijalar lingvomadaniyatshunoslik, pragmatika va diskurs nazariyasining rivojlanishiga hissa qo‘shadi, shuningdek, c het tillarini o‘qitish va madaniyatlararo muloqotga o‘rgatishda amaliy ahamiyat kasb etishi mumkin. empatiyaviy muloqot, lingvomadaniyatshunoslik, til va madaniyat, kommunikativ xulq-atvor, madaniyatlararo muloqot, pragmatika, diskurs, milliy-madaniy o‘ziga xoslik, qadriyatlar.

Article ID: 260
PDF
Open Access | May 2026 | 1 views

BADIIY DISKURSDA ICHKI OLAM KONSEPTLARINING METAFORIK IFODALANISHI

By: Rahmatullayeva Guljaxon Normoʻmin qizi

Mazkur maqolada ingliz va oʻzbek badiiy matnlarida inson ichki olamini ifodalovchi konseptlarning metaforik ifodalanish xususiyatlari lingvomadaniy va kognitiv yondashuvlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi ichki olam konseptlarining (sevgi, qoʻrquv, umid, qaygʻu) metaforik modellarini aniqlash hamda ularning turli madaniyatlarda qanday talqin qilinishini qiyosiy jihatdan ochib berishdan iborat. Tadqiqot jarayonida kognitiv -metaforik tahlil, lingvomadaniy, diskursiv hamda qiyosiy tahlil metodlaridan foydalanildi. Natijalar shuni koʻrsatadiki, ingliz va oʻzbek tillarida ichki o lam konseptlari asosan universal kognitiv modellar asosida shakllanadi, biroq ularning lingvomadaniy realizatsiyasi turlicha namoyon boʻladi. Ingliz badiiy diskursida emotsiyalar koʻproq tashqi taʼsir etuvchi kuch sifatida konseptuallashtirilsa, oʻzbek bad iiy diskursida ular koʻproq ichki kechinma sifatida ifodalanadi. Metaforalar konseptual tizimning muhim komponenti sifatida emotsional va aksiologik maʼnolarni shakllantirishda asosiy vosita boʻlib xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari lingvomadaniy tahlil, tarjimashunoslik va badiiy diskursni oʻrganishda konseptual moslikni aniqlash uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Konsept, metafora, ichki olam, badiiy diskurs, lingvomadaniyat, emotsiya, qiyosiy tahlil, kognitiv model.

Article ID: 261
PDF
Open Access | May 2026 | 1 views

TEMUR TUZUKLARI MATNINING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI

By: Abdullayev Shaxzod Fazliddin oʻgʻli

Ushbu maqolada “Temur tuzuklari” matnining lingvistik xususiyatlari tarixiy -filologik hamda lingvopoetik yondashuvlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi shundaki, mazkur asar nafaqat siyosiy -huquqiy va axloqiy -didaktik mazmuni, balki oʻziga xos til qurilishi, uslubiy tizimi , terminologik qatlami va kommunikativ-pragmatik yoʻnalishi bilan ham alohida ilmiy qimmatga ega. Maqolada matnning leksik-semantik tarkibi, tarixiy va arxaik birliklar, ijtimoiy-siyosiy terminlar, rasmiy-uslubiy formulalar, sintaktik qurilmalar, buyruq va nasihat mazmunini ifodalovchi konstruktsiyalar, parallelizm, takror, taʼkid va mantiqiy izchillikni yuzaga chiqaruvchi til vositalari oʻrganiladi. Shuningdek, asarda normativlik, kategoriklik, muallif pozitsiyasi, hukmdor nutqining pragmatik taʼsiri hamda matnning institutsional xarakterini belgilovchi lingvistik belgilar yoritiladi. Tadqiqot natijasida “Temur tuzuklari” matni tili tarixiy davlat boshqaruvi diskursi, rasmiy -idoraviy uslub va didaktik-siyosiy nutq unsurlarining sinkretik birikmasi ekanligi asoslanadi. Maqola natijalari tarixiy matnshunoslik, tarjimashunoslik, diskurs tahlili va lingvostilistika yoʻnalishlaridagi ilmiy izlanishlar uchun nazariy hamda amaliy ahamiyat kasb etadi. Temur Tuzuklari, lingvistik xususiyatlar, tarixiy matn, leksik -semantik qatlam, arxaizmlar, rasmiy uslub, sintaktik qurilma, pragmatik xususiyat, siyosiy diskurs, terminologik birliklar.

Article ID: 262
PDF
Open Access | May 2026 | 1 views

MILLIY TARJIMA VA TARJIMASHUNOSLIK: TARIX, TAJRIBA VA MUAMMOLAR

By: Joʻraqulov Uzoq Haydarovich

Mazkur maqolada oʻzbek tarjimachiligi va tarjimashunosligining tarixiy taraqqiyoti, nazariy asoslari hamda zamonaviy muammolari ilmiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Muallif oʻzbek tarjimachilik maktabining shakllanish jarayonini qadimiy davrlardan boshlab izchil koʻrib chiqadi hamda bu jarayonning ijtimoiy -madaniy rivoj bilan chambarchas bogʻliqligini asoslaydi. Tadqiqotda islom davri dan boshlab arab, fors va boshqa tillardan qilingan ilmiy, diniy va badiiy tarjimalar milliy madaniyat rivojida muhim omil boʻlib xizmat qilgani koʻrsatib beriladi. Ayniqsa, ikki uygʻonish davrida tarjimachilik faoliyatining kengaygani, turkiy tilning adab iy imkoniyatlari boyiganligi alohida taʼkidlanadi. Maqolada XX asr boshlarida jadid ziyolilari faoliyati oʻzbek tarjimachiligining zamonaviy bosqichini boshlab bergani ilmiy dalillar asosida yoritiladi. Jadidlar jahon adabiyoti namunalarini oʻzbek tiliga tarjima qilish orqali milliy maʼrifat va madaniyatni rivojlantirishga katta hissa qoʻshganlari qayd etiladi. Shuningdek, sovet davri tarjimachiligi, bu davrdagi tarjima amaliyoti, nazariy izlanishlar va ularning yutuq hamda kamchiliklari ham batafsil tahlil qilinadi. Muallif oʻzbek tarjima maktabining shakllanishida Choʻlpon, Usmon Nosir, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor, Maqsud Shayxzoda kabi ijodkorlarning tarjimonlik faoliyati muhim oʻrin tutganini koʻrsatadi. Tadqiqotda tarjimashunoslikning nazariy masalala ri, xususan, adekvatlik, kongeniallik, muallif uslubini saqlash, tarjimonning til va madaniyatni chuqur bilishi kabi masalalar ham ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Bundan tashqari, qardosh turkiy xalqlar adabiyotidan qilingan tarjimalar ham milliy adabiy a loqalarni mustahkamlashda muhim rol oʻynagani taʼkidlanadi. Muallif mavjud tarjima tajribalarini umumlashtirib, oʻzbek tarjimachiligining istiqbollari hamda rivojlanish yoʻnalishlari haqida muhim ilmiy xulosalar ilgari suradi. Tarjima, tarjimashunoslik, tarjimon, kongeniallik, realiya, ijodiy tarjima, soʻzma -soʻz tarjima, qardosh tillar asro tarjima, folklor, sheʼriyat, drama, nasriy matn.

Article ID: 263
PDF
Open Access | May 2026 | 1 views

“ALPOMISH” EPOSINING INGLIZCHA TARJIMASIDA MAISHIY LEKSIKA

By: Shomuratova Intizor Bekchan qizi

Ushbu maqolada “Alpomish” dostonining ingliz tilidagi tarjimasida maishiy leksikaning oʻrni va uni tarjima qilishda qoʻllaniladigan strategiyalar yoritilgan. Dostondagi maishiy leksik birliklarni aniqlash, tasniflash va ularning ingliz tiliga oʻgirilishida qoʻllaniladigan usullarni baholash masalalari koʻrib chiqilgan. Maqolada maishiy leksikaning madaniy lakuna sifatida tarjima nazariyasida alohida oʻrin tutishi tahlil qilingan. Oʻzbek va ingliz tillari oʻrtasidagi lingvistik va madaniy tafovutlar – xususan, doʻppi, kebanak, toʻn, ipak roʻmol va bahma luy kabi soʻzlarning ingliz tilida toʻliq ekvivalentining yoʻqligi muammosi va uning tarjimonlar uchun keltirib chiqaradigan qiyinchiliklari yoritilgan. Tadqiqotda qoʻllaniladigan qi yosiy, kontrastiv va tavsifiy tahlil usullari hamda maishiy leksikani uchta semantik-madaniy toifaga – kiyim-kechak va bezaklar; oziq-ovqat va ichimliklar; turar joy va maishiy buyumlar – ajratish mezonlari asoslab berilgan. Maqolada tahlil natijalari asos ida tarjimonlar tomonidan qoʻllaniladigan asosiy strategiyalar transliteratsiya, tavsifiy tarjima, analog tarjima, kalkalash va tushirib qoldirish kabilar batafsil muhokama qilingan. Har bir strategiyaning oʻziga xos afzalliklari va kamchiliklari, shuningd ek, hech birining madaniy konnotatsiyalarning toʻliq saqlanishini taʼminlay olmasligi masalalari ochib berilgan. Xulosa sifatida maqolada maishiy leksikaning “Alpomish” dostonining madaniy oʻziga xosligini aks ettiruvchi muhim epik asar ekanligi taʼkidlang an hamda uni tarjima qilishda maqsadli auditoriya, matnning kommunikativ maqsadi va madaniy tafovut darajasi asosiy mezon boʻlib xizmat qilishi lozimligi asoslab koʻrsatilgan. “Alpomish” eposi, maishiy leksika, madaniy lakunalar, tarjima strategiyalari, transliteratsiya, tasviriy tarjima, analog, ekvivalentlik, kalka, oʻzbek madaniyati, leksik boʻshliqlar.

Article ID: 264
PDF
Open Access | May 2026 | 1 views

MUALLIF USLUBI TUSHUNCHASI VA UNING ASOSIY NAZARIY ASOSLARI TAHLILI

By: Kurbanbayeva Dilnoza Sheripbay qizi

Ushbu maqola muallif uslubi tushunchasining nazariy asoslarini keng qamrovli tahlil qilishga bagʻishlangan. Tadqiqotda muallif uslubi tilshunoslik, adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik kesishmasida shakllanadigan murakkab estetik -lingvistik hodisa sifatida talqin etiladi. Maqolada uslub fenomenining tarixiy rivojlanishi, unga berilgan turli nazariy yondashuvlar hamda muallif uslubini an iqlashga xizmat qiluvchi asosiy komponentlar tizimli ravishda yoritiladi. Xususan, muallif uslubining leksik, sintaktik, ritmik-intonatsion hamda obrazli-metaforik qatlamlari ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi va idiostilistik dominant tushunchasining muallif individualligini ifodalashdagi ahamiyati ochib beriladi. Tadqiqot jarayonida ingliz va oʻzbek adabiyoti vakillari ijodi misolida muallif uslubining milliy, madaniy va estetik xususiyatlari qiyosiy jihatdan koʻrib chiqiladi. Shuningdek, badiiy matn tarjimasida muallif uslubini saqlash masalalari, leksik neytrallashtirish, sintaktik oʻzgarishlar hamda metaforik ekvivalentlik muammolari muhokama qilinadi. Tadqiqotda kontrastiv stilistika, tarjima stilistikasi va korpus stilistikasi metodlaridan foydala nilgan. Olingan natijalar muallif uslubini kompleks oʻrganish, badiiy matnning stilistik tahlilini chuqurlashtirish hamda tarjimada uslubiy xususiyatlarni saqlash muammolarini ilmiy asosda tushuntirishga xizmat qiladi. Muallif uslubi, idiostilistika, leksi k stilistika, sintaktik stilistika, obrazlilik, stilistik dominant, qiyosiy tahlil, ingliz tili, oʻzbek tili, badiiy matn.

Article ID: 265
PDF
Open Access | May 2026 | 1 views

HILDA HUKHEMNING “YETTI IQLIM SULTONI” ASARIDA MUALLIF OBRAZI

By: Ахунбабаева Наргиза Хамиджановна

Maqola Hilda Hukhemning “Yetti iqlim sultoni” asarida muallif obrazi hamda muallif nutqining madaniy -pragmatik xususiyatlarini va ularning o‘zbek hamda rus tarjimalarida ifodalanishini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotning maqsadi badiiy-tarixiy matnda muallif obrazining shakllanish usullarini aniqlash hamda muallif nutqining madaniy -pragmatik elementlari tarjimada qanday ifodalanishini tahlil qilishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilandi: muallif obrazining badiiy matndagi pragma tik kategoriya sifatidagi o‘rnini aniqlash; muallif pozitsiyasini ifodalovchi til va uslubiy vositalarni aniqlash; madaniy jihatdan belgilangan leksika, metafora va tarixiy realiyalar tarjimasini tahlil qilish. Muammoning qo‘yilishi shundan iboratki, badiiy matndagi muallif nutqi nafaqat axborot beruvchi, balki baholovchi va pragmatik ta’sir ko‘rsatuvchi elementlarni ham o‘z ichiga oladi hamda tarjima jarayonida bu elementlar o‘zgarishi mumkin. Tadqiqot metodologiyasi lingvopragmatik, qiyosiy - taqqoslash va kontekstual tahlil usullariga asoslanadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, muallif o‘z obrazini metaforalar, tarixiy terminlar, madaniy jihatdan belgilangan leksika va baholovchi konstruktsiyalar orqali shakllantiradi. Tarjimalar tahlili turli tarjima strategi yalarini ko‘rsatdi. Asar, muallif obrazi, usullar, aniqlash, tahlil qilish, muallif nutqi.

Article ID: 266
PDF
Open Access | May 2026 | 1 views

OʻZBEK ADIBLARI ASARI TARJIMASIDA AYOL OBRAZINI QAYTA YARATISHDA METAMORFOZA VA TRANSFORMATSIYANING TAʼSIRI

By: Rаximovа Gulsаnаm Ashirbekovna

Ushbu maqolada oʻzbek adiblari asarlarining tarjimasida ayol obrazini qayta yaratish jarayonida metamorfoza va transformatsiyaning oʻrni ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi tarjima jarayonida ayol obrazining madaniy, ijtimoiy va lingvistik omillar taʼsirida qanday oʻzgarishini aniqlash hamda mazkur oʻzgarishlarning badiiy mazmun, estetik taʼsir va milliy - madaniy yuklamaga koʻrsatadigan taʼsirini ochib berishdan iboratdir. Muammo sifatida ayol obrazining milliy xususiyatlari boshqa tilga koʻchirilganda semantik, pragmatik va stilistik yoʻqotishlar yuzaga kelishi taʼkidlanadi. Tadqiqotda qiyosiy -tahliliy, tavsifiy va interpretatsion metodlardan foydalanilgan. Natijalar shuni koʻrsatadiki, metamorfoza obrazning maʼnoviy siljishiga sabab boʻlsa, transformatsiya uning til birliklari va ifoda shaklining qayta qurilishiga olib keladi. Ayrim milliy -diniy va axloqiy qatlamlar soddala shsa-da, tarjimon maqsadli auditoriyaga mazmunni yetkazishda yangi estetik muvozanat yaratadi. Oʻzbek adabiyotidagi mashhur asarlarda qahramon ayol sabrli, sadoqatli va ichki kuchga ega shaxs sifatida tasvirlanadi. Originalda uning xarakteri koʻproq haraka tlari va ichki kechinmalari orqali ochib beriladi. Xulosa qilib aytganda, ayol obrazini tarjimada qayta yaratish til, madaniyat va badiiy tafsir uygʻunligida kechadigan murakkab ijodiy jarayondir. Metamorfoza, transformatsiya, asar, tarjima, ayol obrazi, tarjimon, interpretatsiya.

Article ID: 267
PDF