KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

“OSIM” VA “PADARKUSH” ASARLARIDA TA’LIM VA YOSHLARGA DOIR QARASHLAR

Authors: Muhammed İkbâl GÜLER, Cennet GÜLER

Published: May 10, 2026 • Vol. 12 Issue 11 • Views: 1

Ushbu tadqiqotda XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turk - Islom dunyosi duch kelgan ijtimoiy -siyosiy inqirozlar davrida yashagan ikki buyuk mutafakkir – Mehmed Okif Ersoʻy va Mahmudxoʻja Behbudiyning maorif hamda yoshlar masalasiga doir qarashlarini qiyosiy tahlil etadi. Har ikki ziyoli ham mustamlakachilik va ijtimoiy tanazzulning asosiy sababini jaholatda koʻrib, najot yo ʻli sifatida Gʻarb fanlari va milliy -maʼnaviy qadriyatlar uygʻunligiga asoslangan taʼlim islohotini ilgari surganlar. Maqolada Mehmed Okifning “Safahot” kulliyotidagi “Osim” boʻlimida tasvirlangan ideal avlod modeli bilan Behbudiyning “Padarkush” dramasida gi jaholat qurboni boʻlgan yoshlar taqdiri qiyoslanadi. Tahlillar shuni koʻrsatadiki, Okif “Osim” orqali “maʼrifat va fazilat” sintezini taklif etib, millatning kelajagini qayta “insho” etishni maqsad qilgan boʻlsa, Behbudiy “Padarkush” orqali jaholatning fojiaviy yakunidan jamiyatni keskin “ogohlantirish”ni koʻzlagan. Xulosa oʻrnida, Turk dunyosining istiqboli uchun Toshmurod kabi gʻaflatda emas, balki Osim kabi ilm -maʼrifatli boʻlish zarurati asoslanadi. Mehmed Okif, Mahmudxoʻja Behbudiy, taʼlim, yoshlar, Padarkush, Osim.