KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

GʻARB VA SHARQ ROMANTIZMINING QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLILI VA POETIK QONUNIYATLARI

Authors: Umarova Maxliyo Yunusovna

Published: May 10, 2026 • Vol. 12 Issue 11 • Views: 1

Ushbu maqolada Gʻarb va Sharq romantik adabiyotida inson konsepsiyasi, sayohatnoma janri hamda erksevarlikni yuzaga keltiruvchi ijtimoiy -badiiy omillar qiyosiy tahlilga tortilgan. Tadqiqotda J.Bayron, H.Heyne hamda Muqimiy va Choʻlpon asarlaridagi sayohat motivlarining oʻziga xos poetik talqini yoritilgan. Sayohatnoma janri orqali adiblar lirik qahramonning ichki dunyos ini, uning cheksiz erkinlikka intilishini va ijtimoiy hayotni yaxlit anglash masalalarini badiiy tadqiq etganlar. Romantik qahramonning isyonkor tabiati va psixologik holati bevosita olam va odam munosabatlari, makon va zamon uygʻunligi doirasida namoyon b oʻladi. Maqolada erksuvarlik gʻoyasining ifodalanishi ijtimoiy tushunmovchilik, surgunlik va milliy ozodlikka intilish kabi obyektiv sharoitlar tasviriga asoslanishi koʻrsatib berilgan. Mazkur omillar romantik asarning oʻziga xos fojiali manzarasini shakllantirib, voqealar bayoniga dramatizm va haqqoniylik bagʻishlaydi. Natijada adiblar ijodida lirik pafosning kuchayishi hamda badiiy makonning lirik qahramon dunyoqarashini ochishdagi ahamiyati asoslab berilgan. Maqola Gʻarb va Sharq romantizmi oʻrtasidagi tipologik yaqinliklar va poetik qonuniyatlarni aniqlashga xizmat qiladi. Gʻarb va Sharq romantizmi, sayohatnoma janri, erksuvarlik, inson konsepsiyasi, lirik qahramon, badiiy makon, Bayron, Heyne, Muqimiy, Choʻlpon.