KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

TEODOR DRAYZERNING “AMERIKA FOJEASI” ASARIDA IJTIMOIY- MADANIY KODLAR VA LISONIY DUNYOQARASH MUTANOSIBLIGI

Authors: Aktamova Visola Baxtiyor qiz

Published: May 10, 2026 • Vol. 11 Issue 11 • Views: 1

Ushbu maqolada XX asr Amerika adabiyotining yirik namunalaridan biri Teodor Drayzerning “Amerika fojeasi” romani asosida amerika orzusi diskursi va transmilliy identitet tushunchalari lingvokulturologik yondashuv orqali tahlil qilinadi. Maqolaning asosiy maqsadi shaxs va jamiyat oʻrtasida vujudga kelgan munosabatlarni badiiy talqin qilish hamda lisoniy birliklar orqali qahramonning ichki inqirozini yoritishdir. Tadqiqotda asosan lingvokulturologik, qiyosiy - tarixiy va badiiy tahlil metodlaridan foydalanilib, milliy va individual identitetning badiiy jihatdan qanday namoyon boʻlishi, “amerika orzusi” konseptining matn orqali yoritib berilishi oʻrganiladi. Griffits obrazidagi transmilliy identitetning shakllanishi uning ijtimoiy muhitga moslashish istagi va moddiy farovonlikka intilishi kontekstida tahlil etildi. Natijalar shuni koʻrsatadiki, asardagi lingvomadaniy birliklar nafaqat qahramon xarakterini, balki davrning madaniy - ijtimoiy kodlarini ham ochib berdi. Tadqiqotning natijalari lingvokulturologiya, tarjimashunoslik va adabiyotshunoslik sohalarida nazariy manba sifatida xizmat qilishi mumkin. Teodor Drayzer ijodi, ijtimoiy-madaniy kodlar, badiiy talqin, oʻzlikni anglash, Klayd Griffits obrazi, ijtimoiy muhit, globallashuv jarayoni, maʼnaviy qadriyatlar, lisoniy dunyoqarash, moddiy farovonlik.