OʻTKIR HOSHIMOVNING “TUSHDA KECHGAN UMRLAR” ROMANIDA SHAXS MUAMMOSINING YORITILISHI
Authors: Yusupova Shodiya Kerimbayevna
Published: May 10, 2026 • Vol. 13 Issue 11 • Views: 1
Ushbu maqolada Oʻtkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romani siyosiy-tarixiy hamda adabiy-estetik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda asarda aks etgan sovet-afgʻon urushi, qayta qurish davridagi siyosiy inqiroz va SSSR tanazzulining inson hayotiga koʻrsatgan taʼsiri badiiy obrazlar orqali yoritiladi. Roman qahramonlari – Rustam Shomatov, Komissar Soat Gʻaniyev, Rustamning otasi hamda Qurbonoy xola obrazlari orqali totalitar tuzum va shaxs oʻrtasidagi mura kkab munosabatlar ochib beriladi. Maqolada Rustam obrazi urushning begunoh qurboni sifatida talqin qilinib, uning taqdiri orqali sovet -afgʻon urushining maʼnosizligi, inson ruhiyatiga yetkazgan jarohatlari va urushdan keyingi fojeali oqibatlari tahlil qili nadi. Komissar Gʻaniyev obrazi esa sovet mafkurasi shakllantirgan shaxs timsoli sifatida koʻrsatilib, siyosiy tizimning inson ongiga taʼsiri ochib beriladi. Shuningdek, romanda qatagʻon siyosati, “paxta ishi” jarayoni hamda oddiy insonlarning ijtimoiy hayotdagi fojeali taqdiri badiiy talqin asosida koʻrib chiqiladi. Tadqiqotda adabiyotshunoslik nazariyasi hamda sovet -afgʻon urushi va SSSR inqiroziga oid ilmiy manbalardan foydalanilib, romanning tarixiy konteksti bilan badiiy talqini oʻzaro uygʻunlikda tahli l etiladi. Natijada, “Tushda kechgan umrlar” romani nafaqat urush fojeasini, balki totalitar tizim sharoitida inson taqdiri va jamiyatning maʼnaviy inqirozini yorituvchi muhim badiiy asar ekani asoslab beriladi. Afgʻon urushi, SSSR tanazzuli, qayta qurish, qatagʻon, siyosat va shaxs, urushning bemaʼniligi, totalitar tuzum, oʻzbek adabiyoti.