KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

KEYT SHOPEN ROMANLARIDA SYUJET DINAMIKASI MASALASI

Authors: Ibodullayeva Zilola Jamshid qizi

Published: May 10, 2026 • Vol. 10 Issue 11 • Views: 1

Ushbu maqola Keyt Shopenning “Uygʻonish” (1899) va “At Fault” (1890) romanlaridagi syujet dinamikasini tahlil qilishga bagʻishlangan. Unda XIX asr oxiri Amerika adabiyotida anʼanaviy voqeaga asoslangan syujetlar oʻrnini qanday qilib asta -sekin qahramonlarning ichki dunyosini tasvirlashga yoʻnaltirilgan syujetlar egallay boshlagani tadqiq etiladi. Tadqiqotning maqsadi Shopenning psixologik tasvir orqali syujetni qay tarzda rivojlantirganini hamda ong oqimi kabi ichki kechinmalarning asar bayonida qanday vazifa bajarganini aniqlashdan iborat. Tadqiqot vazifalariga syujet transformatsiyasi bosqichlarini aniqlash, ichki ziddiyat va oʻz -oʻzini anglash jarayonini tahlil qilish, shuningdek, tashqi voq ealar va subyektiv kechinmalar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatni oʻrganish kiradi. Tadqiqotda asosiy metodlar sifatida narratologik, psixoanalitik va germenevtik yondashuvlardan foydalanilgan. Natijalar shuni koʻrsatadiki, “Bir soatlik voqea”da tashqi hodisal arga asoslangan syujet unsurlari saqlanib qolgan, biroq bu voqealar rivoji qahramonlarning axloqiy prinsiplari va psixologik holatiga tayanadi. “Uygʻonish”da esa syujet butunlay ong oqimiga asoslangan boʻlib, bosh qahramonning ruhiy kamoloti voqealar rivoj ini belgilovchi asosiy harakatlantiruvchi kuch sifatida namoyon boʻladi. Xulosa qilib aytganda, Shopen romanlari muayyan voqealarni tasvirlashdan qahramonlarning ichki dunyosini aks ettirishga yoʻnaltirilgan paradigmaga oʻtishni yaqqol namoyon etib, yozuvc hining zamonaviy adabiyotga qoʻshgan hissasini koʻrsatib beradi. Sujet dinamikasi, psixologik hikoya, ichki ong, narrotologiya, Keyt Shopen, Uygʻonish, Gunoh, subyektivlik.