KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

ZAMONAVIY TILSHUNOSLIKDA NOVERBAL VOSITALARNING KOMMUNIKATIV-SEMIOTIK TABIATI

Authors: Kurbanov Muzaffar Abdumutalibovich

Published: May 10, 2026 • Vol. 14 Issue 11 • Views: 2

Ushbu maqolada zamonaviy tilshunoslikda noverbal vositalarning kommunikativ-semiotik tabiati tahlil qilinadi. Noverbal birliklarning muloqot jarayonidagi axborot uzatish, emotsional holatlarni ifodalash hamda kommunikativ munosabatlarni tartibga solishdagi oʻrni yoritiladi. Tadqiqotda noverbal kommunikatsiyaning asosiy shakllari, xususan, kinesika, mimika, okulesika, gaptika, proksemika, xronemika va paralingvistik vositalarning semiotik hamda funksional xususiyatlari koʻrib chiqiladi. Shuningdek, noverbal belgilar mazmunining kommunikativ vaziyat, madaniy meʼyor va ijtimoiy omillar bilan bogʻliqligi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari noverbal vositalarning verbal nutq bilan uzviy bogʻlangan holda kommunikativ maʼno hosil qilishdagi muhim ahamiyatini koʻrsatadi.