MILLIY TARJIMA VA TARJIMASHUNOSLIK: TARIX, TAJRIBA VA MUAMMOLAR
Authors: Joʻraqulov Uzoq Haydarovich
Published: May 10, 2026 • Vol. 25 Issue 11 • Views: 1
Mazkur maqolada oʻzbek tarjimachiligi va tarjimashunosligining tarixiy taraqqiyoti, nazariy asoslari hamda zamonaviy muammolari ilmiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Muallif oʻzbek tarjimachilik maktabining shakllanish jarayonini qadimiy davrlardan boshlab izchil koʻrib chiqadi hamda bu jarayonning ijtimoiy -madaniy rivoj bilan chambarchas bogʻliqligini asoslaydi. Tadqiqotda islom davri dan boshlab arab, fors va boshqa tillardan qilingan ilmiy, diniy va badiiy tarjimalar milliy madaniyat rivojida muhim omil boʻlib xizmat qilgani koʻrsatib beriladi. Ayniqsa, ikki uygʻonish davrida tarjimachilik faoliyatining kengaygani, turkiy tilning adab iy imkoniyatlari boyiganligi alohida taʼkidlanadi. Maqolada XX asr boshlarida jadid ziyolilari faoliyati oʻzbek tarjimachiligining zamonaviy bosqichini boshlab bergani ilmiy dalillar asosida yoritiladi. Jadidlar jahon adabiyoti namunalarini oʻzbek tiliga tarjima qilish orqali milliy maʼrifat va madaniyatni rivojlantirishga katta hissa qoʻshganlari qayd etiladi. Shuningdek, sovet davri tarjimachiligi, bu davrdagi tarjima amaliyoti, nazariy izlanishlar va ularning yutuq hamda kamchiliklari ham batafsil tahlil qilinadi. Muallif oʻzbek tarjima maktabining shakllanishida Choʻlpon, Usmon Nosir, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor, Maqsud Shayxzoda kabi ijodkorlarning tarjimonlik faoliyati muhim oʻrin tutganini koʻrsatadi. Tadqiqotda tarjimashunoslikning nazariy masalala ri, xususan, adekvatlik, kongeniallik, muallif uslubini saqlash, tarjimonning til va madaniyatni chuqur bilishi kabi masalalar ham ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Bundan tashqari, qardosh turkiy xalqlar adabiyotidan qilingan tarjimalar ham milliy adabiy a loqalarni mustahkamlashda muhim rol oʻynagani taʼkidlanadi. Muallif mavjud tarjima tajribalarini umumlashtirib, oʻzbek tarjimachiligining istiqbollari hamda rivojlanish yoʻnalishlari haqida muhim ilmiy xulosalar ilgari suradi. Tarjima, tarjimashunoslik, tarjimon, kongeniallik, realiya, ijodiy tarjima, soʻzma -soʻz tarjima, qardosh tillar asro tarjima, folklor, sheʼriyat, drama, nasriy matn.