OʻZBEK ADIBLARI ASARI TARJIMASIDA AYOL OBRAZINI QAYTA YARATISHDA METAMORFOZA VA TRANSFORMATSIYANING TAʼSIRI
Authors: Rаximovа Gulsаnаm Ashirbekovna
Published: May 10, 2026 • Vol. 10 Issue 11 • Views: 1
Ushbu maqolada oʻzbek adiblari asarlarining tarjimasida ayol obrazini qayta yaratish jarayonida metamorfoza va transformatsiyaning oʻrni ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi tarjima jarayonida ayol obrazining madaniy, ijtimoiy va lingvistik omillar taʼsirida qanday oʻzgarishini aniqlash hamda mazkur oʻzgarishlarning badiiy mazmun, estetik taʼsir va milliy - madaniy yuklamaga koʻrsatadigan taʼsirini ochib berishdan iboratdir. Muammo sifatida ayol obrazining milliy xususiyatlari boshqa tilga koʻchirilganda semantik, pragmatik va stilistik yoʻqotishlar yuzaga kelishi taʼkidlanadi. Tadqiqotda qiyosiy -tahliliy, tavsifiy va interpretatsion metodlardan foydalanilgan. Natijalar shuni koʻrsatadiki, metamorfoza obrazning maʼnoviy siljishiga sabab boʻlsa, transformatsiya uning til birliklari va ifoda shaklining qayta qurilishiga olib keladi. Ayrim milliy -diniy va axloqiy qatlamlar soddala shsa-da, tarjimon maqsadli auditoriyaga mazmunni yetkazishda yangi estetik muvozanat yaratadi. Oʻzbek adabiyotidagi mashhur asarlarda qahramon ayol sabrli, sadoqatli va ichki kuchga ega shaxs sifatida tasvirlanadi. Originalda uning xarakteri koʻproq haraka tlari va ichki kechinmalari orqali ochib beriladi. Xulosa qilib aytganda, ayol obrazini tarjimada qayta yaratish til, madaniyat va badiiy tafsir uygʻunligida kechadigan murakkab ijodiy jarayondir. Metamorfoza, transformatsiya, asar, tarjima, ayol obrazi, tarjimon, interpretatsiya.