KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

ALISHER NAVOIY SHAXSI TALQINIDA BADIIY VA ILMIY DUNYOQARASH XUSUSIYATLARI

Authors: Ткаченко Алла Викторовна

Published: May 10, 2026 • Vol. 15 Issue 11 • Views: 1

Ushbu maqolada Alisher Navoiy shaxsiyatining badiiy talqini L.G.Batning “Hayot bo‘stoni” qissasi va Oybekning “Navoiy” romani misolida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotning maqsadi tarixiy shaxsni badiiy tasvirlash usullariga muallif tafakkur tarzi va dunyoqarashining ta’sirini ochib berishdan iborat. Yozuvchining badiiy va ilmiy tafakkur tarzi bilan Alisher Navoiy obrazining badiiy matndagi talqin xususiyatlari o‘rtasidagi bog‘liqlik ilmiy muammo sifatida qaralgan. Tadqiqotning metodologik asosini qiyosiy -adabiy tahlil, tarixiy - adabiy yondashuv va badiiy matn talq ini usullari tashkil etadi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, L.G. Bat qissasida Navoiy obrazi asosan badiiy lavhalar, psixologik detallar va keng qamrovli tasvirlar orqali ochib berilgan bo‘lib, ular buyuk mutafakkir shaxsiyatining poetik tabiatiga ur g‘u beradi. Oybek romanida esa, aksincha, tarixiy haqiqatga, Navoiyning davlat va jamoat arbobi sifatidagi qiyofasiga urg‘u beriladi. Demak, shoir shaxsining badiiy talqini muallifning tafakkur tarzi bilan belgilanadi. Xulosada L.G.Bat asari dunyoqarashning badiiy tipini aks ettirsa, Oybek romani ilmiy aniqlik va hujjatlilik bilan ajralib turishi ta’kidlanadi. Alisher Navoiy, badiiy talqin, qiyosiy adabiyotshunoslik, badiiy tafakkur, ilmiy tafakkur, tarixiy shaxs obrazi, Oybek, L.G. Bat, adabiy talqin, badi iy matn tahlili.