KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

OʻZBEK MILLIY LINGVISTIK EKSPERTOLOGIYASINING NAZARIY MASALALARI

Authors: Musulmonova Kamola Xusniddin qizi

Published: May 10, 2026 • Vol. 11 Issue 11 • Views: 1

Lingvistik ekspertiza borasidagi qarashlar oʻtgan asrning boshidayoq tilshunoslar diqqatini tortdi. Tildan amaliyotda jinoiy faktni ochuvchi dalil sifatida foydalanish mumkinligi koʻpchilikni taajjubga soldi. Ammo endilikda tilning amaliy funksiyasi nechogʻlik yuqori ekanligi tobora oʻz i sbotini topib bormoqda. Lingvistik ekspertologiya orqali har qanday chigal masalaga yechim topish, dalillarni aniqlashtirish, gumonlanuvchilar doirasini toraytirish imkoniyati paydo boʻldi. Galdagi vazifa esa har bir tilda oʻziga xos lingvistik xususiyatlarni inobatga olgan holda milliy metodologiyani ishlab chiqishdir. Jumladan, oʻzbek milliy lingvistik ekspertologiyasi ham jahon jahon standartlarini inkor etmagan holda, milliy yondashuvlarni qamrab oladi. Shu boisdan oʻzbek milliy lingvistik ekspertologiyasi metodologiyasini ishlab chiqish, amaliyotga tatbiq etish sohaning oʻta muhim va eng dolzarb masalalaridan biridir. Maqolada oʻzbek milliy lingvistik ekspertologiyasiga xos jihatlar, lingvistik ekspertologiya obyektini belgilash, qamrov doirasini aniqlash singari masalalar oʻrin oladi. Lingvistik ekspertiza, ekspertiza, ekspertologiya, til, huquq, matn, dalil, lingvistik tahlil.