AKSILQAHRAMON OHANGRABOSI
Authors: Axmedova Aziza Komilovna
Published: May 10, 2026 • Vol. 12 Issue 11 • Views: 1
Mazkur maqolada zamonaviy adabiyot va ommaviy madaniyatda aksilqahramon (antiqahramon) obrazining shakllanishi, evolyutsiyasi hamda badiiy talqini tahlil qilinadi. Tadqiqotda badiiy qahramon obrazining turli ijodiy metodlar – romantizm, realizm, naturalizm, modernizm va postmodernizm doirasida qanday oʻzgarib borgani koʻrib chiqiladi. Ayniqsa, XX–XXI asr adabiyotida anʼanaviy qahramon modelin ing oʻrnini murakkab psixologiyaga ega, axloqiy jihatdan ambivalent aksilqahramonlar egallab borayotgani taʼkidlanadi. Maqolada detektiv romanlar, true crime janri, psixologik triller va modernistik hamda postmodernistik adabiyotdagi aksilqahramonlar misol lar orqali yoritiladi. Jumladan, Mario Pyuzoning Maykl Korleone obrazi, Tomas Harrisning Gannibal Lekteri, Patrik Zyuskindning Jan -Batist Grenuyi, Albert Kamyuning Merso obrazi kabi qahramonlar tahlil qilinadi. Shuningdek, aksilqahramon obrazining komiksla r, teleseriallar va animatsiyadagi naʼmunalari ham koʻrib chiqilib, ularning ommaviy madaniyatdagi jozibasi evolyutsion psixologiya nuqtayi nazaridan izohlanadi. Tadqiqot natijalariga koʻra, zamonaviy adabiyot va sanʼatda aksilqahramon inson tabiatining mu rakkab, ziddiyatli va qorongʻi qatlamlarini ochib beruvchi muhim badiiy obrazga aylangan. Aksilqahramon, zamonaviy adabiyot, postmodernizm, psixologik triller, true crime, ommaviy madaniyat, psixopat obrazlari, badiiy obraz evolyutsiyasi, antiqahramon tipologiyasi.