KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

OʻRTA VA ILK YANGI DAVR INGLIZ ARBOBLARINING INGLIZ TILI LЕKSIK TARKIBINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHIDAGI ROLI

Authors: Xamzayev Sobir Amirovich

Published: May 10, 2026 • Vol. 14 Issue 11 • Views: 1

Mazkur maqolada ingliz tili tarixining oʻrta va yangi davrlarida faoliyat yuritgan ingliz maʼrifatparvarlari, yozuvchilari va jamoat arboblarining ingliz adabiy tili leksik tarkibining shakllanishi va rivojlanishidagi oʻrni ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda ingliz adabiy tilining taraqqiyotida ijtimoiy -madaniy muhit, adabiy anʼanalar v a ilmiy -maʼrifiy harakatlarning taʼsiri yoritiladi. Shuningdek, oʻrta asrlardan yangi davrgacha boʻlgan tarixiy jarayonda ayrim ingliz adiblari va mutafakkirlarining ijodi orqali tilning leksik boyishi, yangi soʻz va maʼnolarning shakllanishi, adabiy uslub ning mukammallashuvi kabi masalalar koʻrib chiqiladi. Tadqiqot natijalari ingliz adabiy tilining shakllanishida shaxsiy ijodiy omillar, ijtimoiy - madaniy jarayonlar hamda adabiy merosning oʻzaro uygʻunligi muhim ahamiyat kasb etishini koʻrsatadi. Tadqiqot n atijasida ingliz adabiy tilining zamonaviy koʻrinishi turli tarixiy bosqichlardagi ijtimoiy - siyosiy va madaniy jarayonlar, shuningdek, buyuk shaxslarning ijodiy va ilmiy faoliyati natijasida shakllangan murakkab va koʻpqirrali tizim sifatida namoyon boʻladi. Ingliz adabiy tili, leksik tarkib, til taraqqiyoti, ingliz adiblari, maʼrifatparvarlar, til tarixi, oʻrta davr ingliz tili, yangi davr ingliz tili, til va jamiyat.