KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

TURIZM SOHASIGA OID TERMINLARNING LEKSIK-SEMANTIK KATEGORIYASI

Authors: Abduxalilova Gulbaxor Karabayevna

Published: May 10, 2026 • Vol. 11 Issue 11 • Views: 1

Ushbu maqola turizm atamalarining leksik va semantik kategoriyalarini oʻrganishga bagʻishlangan boʻlib, unda muallif umumisteʼmol soʻzlarning polisemantik va cheksiz qoʻllanilishini, ixtisoslashgan leksik birliklar sifatida atamalar esa maʼlum bir tushunchani ifodalash qobiliyati, maʼlum bir sohaga aloqadorligi va qoʻllanilishi cheklanganligini tahlil qilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi turizm sohaga xos lugʻatda tushunchalar nomi sifatida xizmat qiladigan atamalar umumisteʼmol soʻzlaridan tashkil topgan va turizm atamalari umumisteʼmol soʻzlariga yangi terminologik maʼnolar berishi orqali paydo boʻlganligini aniqlashdan iborat. Shuningdek, muallif sohaga oid atamalarni soʻz yasovchi qoʻshimchalar va terminologik elementlar yordamida hosil qilinishini oʻrgan gan. Tadqiqotda terminlarning shakllanish jarayoni tilning ichki imkoniyatlari bilan bir qatorda tashqi omillar – ijtimoiy, madaniy va texnologik taraqqiyot bilan ham bevosita bogʻliqligi, yangi terminlarning paydo boʻlishi hamda terminlarning universallas huviga olib keluvchi sabablar muhokama qilingan. T adqiqotchi oʻzbekcha turistik matnlarda umumisteʼmoldagi soʻzlardan yasalgan milliy xarakter kasb etuvchi terminlarni tahlil qilgan. Maqolada keltirilgan tadqiqot natijalari turizm leksikasini oʻrganishda, matnlarni tahlil qilish va tarjima ishlarida foydali manba boʻlib xizmat qiladi. Leksik-semantik kategoriyalar, umumisteʼmoldagi soʻzlar, leksikografik talqin, semantik xususiyatlar, atamalar, maxsus leksika, terminologiya, semantik usul.