MUHABBAT YOʻLDOSHEVA IJODINING ADABIY ERTAK JANRI TARAQQIYOTIDA TUTGAN OʻRNI
Authors: Xamroqulova Xurshida Quvvatovna
Published: May 10, 2026 • Vol. 20 Issue 11 • Views: 1
Ushbu maqola oʻzbek bolalar adabiyotiga oʻzining nasriy asarlari bilan muhim hissa qoʻshayotgan yozuvchi Muhabbat Yoʻldosheva hayoti va ijodiy faoliyatini qamrab olgan dastlabki adabiy portretdir. M.Yoʻldosheva 40 yildan ortiq ijodiy faoliyatini bolalar adabiyotiga bagʻishladi. Oʻzining turli mavzudagi yuzlab adabiy ertaklari, nasrning ertak -qissa, ertak-roman janrlarida bitilgan asarlari bilan bugungi bolalar adabiyotining ilmiy fantastika yoʻnalishini boyitib kelayotgan ijodkorning qator adabiy ertakl ari, “Buyuk sut daryosi”, “Sayohatchi pingvincha” kabi ertak-qissalari va “Qoʻhi qof shahzodasi” nomli ertak -romani tahlilga tortildi. Shuningdek, adabiy ertaklarning janriy belgilari, badiiy tafakkur shakllanishida adabiy ertaklarning oʻrni, ertak -qissalarda insoniy tuygʻularning badiiy ifodasi, xalq ogʻzaki ijodidan oziqlanib yaratilgan “Qoʻhiqof shahzodasi” nomli sarguzasht asarning badiiyati haqidagi ayrim mulohazalar bayon etildi. M.Yoʻldosheva ijodi tahlili orqali bolalar adabiyoti rivoji va tara qqiyoti bilan bogʻliq ayrim ilmiy - nazariy xulosalar chiqarishga erishildi. Ertak, adabiy ertak, ertak-qissa, ertak-roman, mifologik qahramonlar, folklor motivi, janr, fantastik olam, sarguzasht fantastika, ilmiy fantastika, sayyor qahramonlar.