BADIIY DISKURSDA ICHKI OLAM KONSEPTLARINING METAFORIK IFODALANISHI
Authors: Rahmatullayeva Guljaxon Normoʻmin qizi
Published: May 10, 2026 • Vol. 12 Issue 11 • Views: 1
Mazkur maqolada ingliz va oʻzbek badiiy matnlarida inson ichki olamini ifodalovchi konseptlarning metaforik ifodalanish xususiyatlari lingvomadaniy va kognitiv yondashuvlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi ichki olam konseptlarining (sevgi, qoʻrquv, umid, qaygʻu) metaforik modellarini aniqlash hamda ularning turli madaniyatlarda qanday talqin qilinishini qiyosiy jihatdan ochib berishdan iborat. Tadqiqot jarayonida kognitiv -metaforik tahlil, lingvomadaniy, diskursiv hamda qiyosiy tahlil metodlaridan foydalanildi. Natijalar shuni koʻrsatadiki, ingliz va oʻzbek tillarida ichki o lam konseptlari asosan universal kognitiv modellar asosida shakllanadi, biroq ularning lingvomadaniy realizatsiyasi turlicha namoyon boʻladi. Ingliz badiiy diskursida emotsiyalar koʻproq tashqi taʼsir etuvchi kuch sifatida konseptuallashtirilsa, oʻzbek bad iiy diskursida ular koʻproq ichki kechinma sifatida ifodalanadi. Metaforalar konseptual tizimning muhim komponenti sifatida emotsional va aksiologik maʼnolarni shakllantirishda asosiy vosita boʻlib xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari lingvomadaniy tahlil, tarjimashunoslik va badiiy diskursni oʻrganishda konseptual moslikni aniqlash uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Konsept, metafora, ichki olam, badiiy diskurs, lingvomadaniyat, emotsiya, qiyosiy tahlil, kognitiv model.