TEMUR TUZUKLARI MATNINING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI
Authors: Abdullayev Shaxzod Fazliddin oʻgʻli
Published: May 10, 2026 • Vol. 17 Issue 11 • Views: 1
Ushbu maqolada “Temur tuzuklari” matnining lingvistik xususiyatlari tarixiy -filologik hamda lingvopoetik yondashuvlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi shundaki, mazkur asar nafaqat siyosiy -huquqiy va axloqiy -didaktik mazmuni, balki oʻziga xos til qurilishi, uslubiy tizimi , terminologik qatlami va kommunikativ-pragmatik yoʻnalishi bilan ham alohida ilmiy qimmatga ega. Maqolada matnning leksik-semantik tarkibi, tarixiy va arxaik birliklar, ijtimoiy-siyosiy terminlar, rasmiy-uslubiy formulalar, sintaktik qurilmalar, buyruq va nasihat mazmunini ifodalovchi konstruktsiyalar, parallelizm, takror, taʼkid va mantiqiy izchillikni yuzaga chiqaruvchi til vositalari oʻrganiladi. Shuningdek, asarda normativlik, kategoriklik, muallif pozitsiyasi, hukmdor nutqining pragmatik taʼsiri hamda matnning institutsional xarakterini belgilovchi lingvistik belgilar yoritiladi. Tadqiqot natijasida “Temur tuzuklari” matni tili tarixiy davlat boshqaruvi diskursi, rasmiy -idoraviy uslub va didaktik-siyosiy nutq unsurlarining sinkretik birikmasi ekanligi asoslanadi. Maqola natijalari tarixiy matnshunoslik, tarjimashunoslik, diskurs tahlili va lingvostilistika yoʻnalishlaridagi ilmiy izlanishlar uchun nazariy hamda amaliy ahamiyat kasb etadi. Temur Tuzuklari, lingvistik xususiyatlar, tarixiy matn, leksik -semantik qatlam, arxaizmlar, rasmiy uslub, sintaktik qurilma, pragmatik xususiyat, siyosiy diskurs, terminologik birliklar.