KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

“ALPOMISH” EPOSINING INGLIZCHA TARJIMASIDA MAISHIY LEKSIKA

Authors: Shomuratova Intizor Bekchan qizi

Published: May 10, 2026 • Vol. 11 Issue 11 • Views: 1

Ushbu maqolada “Alpomish” dostonining ingliz tilidagi tarjimasida maishiy leksikaning oʻrni va uni tarjima qilishda qoʻllaniladigan strategiyalar yoritilgan. Dostondagi maishiy leksik birliklarni aniqlash, tasniflash va ularning ingliz tiliga oʻgirilishida qoʻllaniladigan usullarni baholash masalalari koʻrib chiqilgan. Maqolada maishiy leksikaning madaniy lakuna sifatida tarjima nazariyasida alohida oʻrin tutishi tahlil qilingan. Oʻzbek va ingliz tillari oʻrtasidagi lingvistik va madaniy tafovutlar – xususan, doʻppi, kebanak, toʻn, ipak roʻmol va bahma luy kabi soʻzlarning ingliz tilida toʻliq ekvivalentining yoʻqligi muammosi va uning tarjimonlar uchun keltirib chiqaradigan qiyinchiliklari yoritilgan. Tadqiqotda qoʻllaniladigan qi yosiy, kontrastiv va tavsifiy tahlil usullari hamda maishiy leksikani uchta semantik-madaniy toifaga – kiyim-kechak va bezaklar; oziq-ovqat va ichimliklar; turar joy va maishiy buyumlar – ajratish mezonlari asoslab berilgan. Maqolada tahlil natijalari asos ida tarjimonlar tomonidan qoʻllaniladigan asosiy strategiyalar transliteratsiya, tavsifiy tarjima, analog tarjima, kalkalash va tushirib qoldirish kabilar batafsil muhokama qilingan. Har bir strategiyaning oʻziga xos afzalliklari va kamchiliklari, shuningd ek, hech birining madaniy konnotatsiyalarning toʻliq saqlanishini taʼminlay olmasligi masalalari ochib berilgan. Xulosa sifatida maqolada maishiy leksikaning “Alpomish” dostonining madaniy oʻziga xosligini aks ettiruvchi muhim epik asar ekanligi taʼkidlang an hamda uni tarjima qilishda maqsadli auditoriya, matnning kommunikativ maqsadi va madaniy tafovut darajasi asosiy mezon boʻlib xizmat qilishi lozimligi asoslab koʻrsatilgan. “Alpomish” eposi, maishiy leksika, madaniy lakunalar, tarjima strategiyalari, transliteratsiya, tasviriy tarjima, analog, ekvivalentlik, kalka, oʻzbek madaniyati, leksik boʻshliqlar.