KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

HILDA HUKHEMNING “YETTI IQLIM SULTONI” ASARIDA MUALLIF OBRAZI

Authors: Ахунбабаева Наргиза Хамиджановна

Published: May 10, 2026 • Vol. 15 Issue 11 • Views: 1

Maqola Hilda Hukhemning “Yetti iqlim sultoni” asarida muallif obrazi hamda muallif nutqining madaniy -pragmatik xususiyatlarini va ularning o‘zbek hamda rus tarjimalarida ifodalanishini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotning maqsadi badiiy-tarixiy matnda muallif obrazining shakllanish usullarini aniqlash hamda muallif nutqining madaniy -pragmatik elementlari tarjimada qanday ifodalanishini tahlil qilishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilandi: muallif obrazining badiiy matndagi pragma tik kategoriya sifatidagi o‘rnini aniqlash; muallif pozitsiyasini ifodalovchi til va uslubiy vositalarni aniqlash; madaniy jihatdan belgilangan leksika, metafora va tarixiy realiyalar tarjimasini tahlil qilish. Muammoning qo‘yilishi shundan iboratki, badiiy matndagi muallif nutqi nafaqat axborot beruvchi, balki baholovchi va pragmatik ta’sir ko‘rsatuvchi elementlarni ham o‘z ichiga oladi hamda tarjima jarayonida bu elementlar o‘zgarishi mumkin. Tadqiqot metodologiyasi lingvopragmatik, qiyosiy - taqqoslash va kontekstual tahlil usullariga asoslanadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, muallif o‘z obrazini metaforalar, tarixiy terminlar, madaniy jihatdan belgilangan leksika va baholovchi konstruktsiyalar orqali shakllantiradi. Tarjimalar tahlili turli tarjima strategi yalarini ko‘rsatdi. Asar, muallif obrazi, usullar, aniqlash, tahlil qilish, muallif nutqi.