KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

OʻTKIR HOSHIMOVNING “DUNYONING ISHLARI” VA AHMAD LUTFIY QOZONCHINING “QAYNONA” ASARLARINING QIYOSIY TAHLILI

Authors: Rasulmuxamedova Dilfuza Zokirovna

Published: May 10, 2026 • Vol. 8 Issue 11 • Views: 1

Ushbu maqolada oʻzbek adibining Oʻtkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissa -hikoyalar toʻplami va turk yozuvchisi Ahmad Lutfiy Qozonchining “Qaynona” romani qiyosiy -tipologik metod asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi esa, ikkala asardagi ayol obrazi, xususan, ona va qaynona timsolining milliy - maʼnaviy, ijtimoiy -psixologik jihatlarini komparativistik aspektda oʻrganishdan iborat. Ikki adibning ijodiy laboratoriyasi, badiiy uslubi, sujet qurilishi va obrazlar tizimi batafsil qiyosiy aspektda tahlil etiladi. Maqolada turk va oʻzbek adabiyotlarining tarixiy -madaniy mushtarakligi, turkiy xalqlar dunyoqarashida oilaning tutgan oʻrni, din va maʼnaviyat masalalarining badiiy talqini ham koʻrib chiqiladi. Tadqiqot natijasida ikkala asarda ham ona va qaynona obrazining milliy-maʼnaviy qadriyatlar timsoli sifatida gavdalantirilgani, oila va jamiyat munosabatlarining badiiy ifo dasida oʻzbek va turk adabiyotlarining mazmuniy yaqinligi aniqlanadi. Maqola adabiyotshunoslik, komparativistika va turkologiya sohasidagi tadqiqotchilar uchun nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. qiyosiy adabiyotshunoslik, komparativistika, “Dunyoning ishlari”, “Qaynona”, ayol obrazi, qaynona va ona, turkiy xalqlar adabiyoti, badiiy qiyoslash, mikro va makro makon, milliy-maʼnaviy qadriyatlar.