KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

INGLIZ VA OʻZBEK TILLARIDA FUTBOL TERMINLARINING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI

Authors: Otaboyev Axmadullo Jumaqoʻzi oʻgʻli

Published: May 10, 2026 • Vol. 14 Issue 11 • Views: 2

Ushbu maqolada ingliz va oʻzbek tillarida futbol terminlarining leksik-semantik xususiyatlari qiyosiy aspektda tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi futbol diskursida qoʻllanadigan terminlarni semantik mazmuni, nomlash vazifasi, qoʻllanish sohasi va funksional xususiyatlariga koʻra guruhlash hamda ularning ikki tildagi ifodalanish usullarini aniqlashdan iborat. Maqolada terminologik tasnifga oid nazariy qarashlar umumlashtirilib, futbol terminlari nominativ, protsessual, reglamentativ, natija-statistik va strategik mezonlar asosida izohlanadi. Tadqiqot jarayonida qiyosiy-tahliliy, tavsifiy, leksik-semantik va komponent tahlil metodlaridan foydalanildi. Natijalar shuni koʻrsatadiki, ingliz tilidagi futbol terminlari koʻpincha ixcham, xalqaro va standartlashgan shaklda qoʻllansa, oʻzbek tilida ular oʻzlashma, kalkalash, izohli birikma va parallel variantlar orqali ifodalanadi. Maqola futbol terminologiyasining ichki semantik maydonini belgilash, inglizcha terminlarning oʻzbek tilidagi muqobillarini tizimlashtirish va sport diskursida termin qoʻllash meʼyorlarini aniqlashtirishga xizmat qiladi.