MUALLIF USLUBI TUSHUNCHASI VA UNING ASOSIY NAZARIY ASOSLARI TAHLILI
Authors: Kurbanbayeva Dilnoza Sheripbay qizi
Published: May 10, 2026 • Vol. 12 Issue 11 • Views: 1
Ushbu maqola muallif uslubi tushunchasining nazariy asoslarini keng qamrovli tahlil qilishga bagʻishlangan. Tadqiqotda muallif uslubi tilshunoslik, adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik kesishmasida shakllanadigan murakkab estetik -lingvistik hodisa sifatida talqin etiladi. Maqolada uslub fenomenining tarixiy rivojlanishi, unga berilgan turli nazariy yondashuvlar hamda muallif uslubini an iqlashga xizmat qiluvchi asosiy komponentlar tizimli ravishda yoritiladi. Xususan, muallif uslubining leksik, sintaktik, ritmik-intonatsion hamda obrazli-metaforik qatlamlari ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi va idiostilistik dominant tushunchasining muallif individualligini ifodalashdagi ahamiyati ochib beriladi. Tadqiqot jarayonida ingliz va oʻzbek adabiyoti vakillari ijodi misolida muallif uslubining milliy, madaniy va estetik xususiyatlari qiyosiy jihatdan koʻrib chiqiladi. Shuningdek, badiiy matn tarjimasida muallif uslubini saqlash masalalari, leksik neytrallashtirish, sintaktik oʻzgarishlar hamda metaforik ekvivalentlik muammolari muhokama qilinadi. Tadqiqotda kontrastiv stilistika, tarjima stilistikasi va korpus stilistikasi metodlaridan foydala nilgan. Olingan natijalar muallif uslubini kompleks oʻrganish, badiiy matnning stilistik tahlilini chuqurlashtirish hamda tarjimada uslubiy xususiyatlarni saqlash muammolarini ilmiy asosda tushuntirishga xizmat qiladi. Muallif uslubi, idiostilistika, leksi k stilistika, sintaktik stilistika, obrazlilik, stilistik dominant, qiyosiy tahlil, ingliz tili, oʻzbek tili, badiiy matn.