OʻZBEK VA INGLIZ MUMTOZ ADABIYOTIDA KOʻZ TIMSOLINING SEMANTIK VA QIYOSIY-GNOSEOLOGIK TAHLILI
Authors: Sapaeva Feruza Davlatovna, Xidirboyeva Rohila Saparboy qizi
Published: May 10, 2026 • Vol. 10 Issue 11 • Views: 1
Mazkur maqolada ingliz va oʻzbek mumtoz adabiy manbalariga tayanilgan holda koʻz timsolining semantik hamda gnoseologik xususiyatlari qiyosiy adabiyotshunoslik doirasida tahlil qilinadi. Tadqiqot ishining maqsadi Sharq (xususan, Alisher Navoiy ijodi) va Gʻarb (Uygʻonish davri adabiyoti, ayniqsa Shekspir asarlari) anʼanalarida koʻz timsolining maʼnaviy hamda psixologik mazmunini aniqlab berish va ularning oʻzaro oʻxshash hamda farqli jihatlarini yoritib berishdan iborat. Ushbu tadqiqotda komparativ, semantik, arxitepik va kontekstual tahlil metodlaridan foydalanildi. Tahlil natijalari shuni korstadiki, oʻzbek mumtoz sheʼriyatida koʻz timsoli asosan basirat, tasavvufiy maʼrifat hamda ilohiy idrok bilan bogʻliq holda talqin qilinadi, ingliz mumtoz adabiyotida esa u vijdon, inson ruhiyati, ehtiros hamda dramatik ziddiyatlarni belgilab b eruvchi muhim badiiy vosita sifatida talqin qilinadi. Shuningdek, har ikkala Sharq va Gʻarb mumtoz sheʼriyati tizimida ham koʻz timsoli bilish va oʻzlikni anglashning universal ramzi sifatida namoyon boʻladi. Tadqiqot natijalariga koʻra, koʻz timsoli madan iyatlararo universal gnoseologik timsol sifatida insoniyat ongining tashqi idrok va ichki anglash oʻrtasidagi bogʻlovchi unsur ekanligini koʻrsatadi. Koʻz timsoli, mumtoz adabiyot, komparativistika, semantika, gnoseologiya Navoiy, Shekspir, tasavvuf, arxitep.