“BOBURNOMA”DA TARIXIY SHAXSLAR QIYOFASINING YORITILISH MEZONLARI
Authors: Muhammadzokirova Mohinur Muhtorjon qizi
Published: May 10, 2026 • Vol. 15 Issue 11 • Views: 1
Mazkur maqolada “Boburnoma” asarida tarixiy shaxslar qiyofasining yoritilish mezonlari badiiy -ilmiy nuqtayi nazardan chuqur tahlil etiladi. Tadqiqotda asarda 500 dan ortiq tarixiy shaxslar haqida mufassal maʼlumot berilgani qayd etilib, ulardan ayrimlarining tasviri muayyan konseptual tizim asosida shakllangani asoslab beriladi. Xususan, tavallud va nasl -nasab, shakl-shamoyil, feʼl-atvor, siyosiy va harbiy faoliyat, jumladan jang va yurishlardagi ishtiroki, egallagan hududlari hamda avlodlari kabi mezonlar shaxs qiyofasini kompleks ochishda muhim omil sifatida talqin etiladi. Shuningdek, maqolada tarixiy obrazlarning asar kompozitsiyasida turli voqea -hodisalar bilan uzviy bogʻliq holda tasvirlanishi, bu orqali ularning individual va ijtimoiy qiyofasi dinamik tarzda ochib berilishi taʼkidlanadi. Ayniqsa, bir obrazni boshqa obrazlar vo sitasida yoritish tamoyili muallifning badiiy tafakkuri mahsuli sifatida baholanib, xarakter yaratishda qiyosiy va kontrast usullar samarali qoʻllangani koʻrsatib oʻtiladi. Natijada, “Boburnoma”dagi tarixiy shaxslar tasviri nafaqat faktologik aniqlik, balki yuksak badiiy-estetik mukammallik bilan ajralib turuvchi hodisa sifatida eʼtirof etiladi. “Boburnoma”, tarixiy shaxslar, xarakter, konseptual tizim, asar kompozitsiyasi, epik asar, qahramonlar portreti.