KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

ANTROPOSENTRIK OʻLCHOV VA UNING INGLIZ TILIDAGI TALQINI

Authors: Shamuratova Muborak Muxtarovna

Published: May 10, 2026 • Vol. 12 Issue 11 • Views: 1

Maqola antroposentrik oʻlchov birliklari va ularning ingliz tilida talqin qilinishini lingvistik va kognitiv nuqtayi nazardan tahlil qilishga bagʻishlangan. Antroposentrizm inson tafakkuri tomonidan yaratilgan dunyo manzarasining muhim va ajralmas xususiyati boʻlib, u til orqali atrof -muhitni idrok etish va baholash jarayonida yaqqol namoyon boʻladi. Antroposentrik oʻlchash usullari dastlab inson tanasi va uning imkoniyatlariga asoslangan boʻlib, asosan masofa va hajmni aniqlashda qoʻllanilgan. Ushbu oʻlchovlar hozirgi kungacha til va madaniyatda faol saqlani b qolgan hamda ayrim hollarda vaznni ifodalash uchun ham ishlatiladi. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, antropometrik koʻrsatkichlar nafaqat makoniy oʻlchovlarni, balki vaqt, tezlik, harorat, sigʻim va hatto ritm kabi abstrakt tushunchalarni baholashda ham muhim rol oʻynaydi. Kundalik tafakkurda miqdor koʻpincha aniq hisoblash yoki oʻlchash orqali emas, balki “buyumlashgan” holda subyektiv tarzda baholanadi, bu esa til birliklarida oʻz aksini topadi. Maqolada kundalik nutqda miqdorning aniq oʻlchovdan koʻra subyektiv baholash asosida ifodalanishi masalasi ham koʻrib chiqiladi. Tadqiqot natijalari antroposentrik yondashuvning tilshunoslikdagi ahamiyatini yanada chuqurroq anglashga xizmat qiladi. Antroposentrizm, talqin qilish, koinot, vaqt, oʻlcham, dunyoqarash.