KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

10-SON JURNAL Muqovasi
Volume 3 | Issue 10 | Aprel 2026
3 issues per year

    “Komparativistika” ilmiy-elektron jurnali 2024-yil mart oyida tashkil qilingan, bir yilda to‘rt marta e’lon qilinadi. Ushbu jurnalda qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik, tarjimashunoslik, jahon adabiyoti, adabiyot nazariyasiga oid eng dolzarb maqolalar e’lon qilinadi. 

   2024-yil 18-aprelda jurnal uchun №258331 raqamli  guvohnoma olingan. 2024-yil 26-iyunda 3060-4559 ISSN raqami berilgan. Jurnal OAK Rayosatining 12-fevral 2025-yildagi 365/7-son qarori bilan filologiya fanlari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Ushbu sondagi maqolalar

Open Access | Aprel 2026

INGLIZ, O‘ZBEK VA RUS TILLARIDAGI FORMULALI IFODALAR LINGUOKOGNITIV VA SEMANTIK JIHATLARI

By: Abdulkhakova Dilafruz Shamsiddinovna

Ushbu tadqiqot ingliz, o‘zbek va rus tillaridagi formulali birliklarning xususiyatlari, tuzilishi hamda kognitiv mexanizmlarini o‘rganadi va tahlil jarayonida korpus lingvistikasi hamda kognitiv lingvistika yondashuvlaridan foydalanadi. Formulali ifodalar barqaror, takrorlanadigan, ko‘p so‘zli birliklar bo‘lib, ular nutqda yaxlit bo‘ladi, analitik birlik sifatida qo‘llanadi va madaniy hamda pragmatik omillar bilan bevosita bog‘liqdir. Tadqiqotda COCA, BNC, Rus milliy korpusi hamda o‘zbek tilining elektron korpuslari kabi manbalar asosida rasmiy, norasmiy va ritual nutqda uchraydigan formulali iboralar tahlil qilinadi. Kognitiv sxemalar va konseptual strukturalar metodologik asos sifatida qo‘llanilgan bo‘lib, natijalar shuni ko‘rsatadiki, formulali til birliklari madaniyat va kommunikatsiyaning uzviy va ravon faoliyatini ta’minlovchi mexanizm sifatida xizmat qiladi. Shu bois formulali ifodalar tilning eng muhim funksional vazifalarini bajarishda asosiy rol o‘ynaydi Formulaviy til, kognitiv lingvistika, semantik tuzilma, mental freymlar, konseptual metaforalar, ko‘p tilli tahlil.

Article ID: 210
PDF
Open Access | Aprel 2026

BADIIY MATNDA “BOLALIK” KONSEPTINING KOGNITIV- SEMANTIK TAHLILI

By: Asadova Gulnoza Yodgor qizi, Solijonov Muhammadjon Zokirjon oʻgʻli

Mazkur maqolada badiiy matnda “bolalik” konseptining kognitiv-semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi “bolalik” konseptining badiiy diskursda qanday konseptual tahlil qilinishini, uning yadro va periferik semantik qatlamlarini hamda emotsional-baholovchi komponentlarini aniqlashdan iborat. Material sifatida oʻzbek, rus va ing liz adabiyotidan tanlangan badiiy matn parchalaridan foydalanildi. Metodologik asos kognitiv lingvistika va kognitiv poetika tamoyillariga tayangan holda kognitiv -semantik, kontekstual hamda konseptual modellashtirish metodlari bilan taʼminlandi. Tahlil na tijalari “bolalik” konseptining yadro qatlamida begʻuborlik, oʻyin, xotira va sogʻinch kabi maʼnolar ustun ekanini, yaqin periferiyada ijtimoiylashuv, oila-muhit, axloqiy shakllanish kabi komponentlar faol ekanini koʻrsatdi. Uzoq periferiyada esa travma, yoʻqotish, nostalgiya va identifikatsiya jarayonlari bilan bogʻliq assotsiatsiyalar kuchaygani koʻrinadi. Xulosa sifatida “bolalik” konsepti badiiy tafakkurda madaniy va muallifiy omillar taʼsirida turlicha modellashtirilishi, metafora va ramzlar orqali koʻ p qatlamli semantik makon hosil qilishi aniqlandi. Bolalik konsepti, kognitiv semantika, badiiy matn, konseptual tahlil, obrazlilik, emotsional baholash, yadro va priferik semantik tahlil, xotira, sogʻinch, travma, nostalgiya.

Article ID: 211
PDF
Open Access | Aprel 2026

QOʻSHMA SOʻZLARNING TAVSIFI VA MOHIYATI

By: Ashirova Madina Toʻrayevna

Mazkur maqolada qoʻshma soʻzlarning tavsifi va mohiyati lingvistik jihatdan batafsil oʻrganiladi. Til taraqqiyoti jarayonida soʻz yasalishning oʻrni alohida ahamiyatga ega boʻlib, qoʻshma soʻzlar tilning lugʻaviy boyligini oshiruvchi eng samarali vositalardan biri sifatida koʻrib chiqiladi. Tadqiqotda qoʻshma soʻz tushunchasining nazariy asoslari, uning semantik va grammatik xususiyatlari ilmiy tahlil qilinadi. Qoʻshma soʻzlarning oddiy soʻz birikmalaridan farqi ularning semantik yaxlitligida va strukturalarining mustahkamligida namoyon boʻladi. Maqolada qoʻshma soʻzlarning tuzilish modellari batafsil yoritiladi. Shu jumladan, ot+ot, sifat+ot va feʼl asosli qoʻshma soʻzlar misollar yordamida tahlil qilinadi. Takroriy qoʻshma soʻzlar, ularning maʼnoni kuchaytirish va umumlashtirishd agi roli, shuningdek, uslubiy imkoniyatlari ham koʻrib chiqiladi. Shuningdek, qoʻshma soʻzlarning imloviy xususiyatlari, yaʼni qoʻshib yozish, chiziqcha bilan yozish yoki ajratib yozish tamoyillari ilmiy asosda tushuntiriladi.Shuningdek, qoʻshma soʻzlarnin g nutqdagi funksional ahamiyati, kommunikativ imkoniyatlari va lingvistik iqtisodiylik tamoyiliga muvofiqligi alohida eʼtibor bilan yoritiladi. Ularning yangi tushunchalarni nomlashdagi roli va lugʻat boyligini kengaytirishdagi ahamiyati ilmiy misollar bil an asoslanadi. Semantik taraqqiyot jarayonida ayrim qoʻshma soʻzlar oʻz tarkibiy qismlarining dastlabki maʼnosini qisman yoki toʻliq yoʻqotib, yangi leksik birlik sifatida paydo boʻlishi ham misollar bilan koʻrsatiladi. Maqolada qoʻshma soʻzlarning tarixiy shakllanishi, zamonaviy tilshunoslikdagi qarashlar va ularning til tizimidagi mustaqil leksik birlik sifatidagi oʻrni tahlil qilinadi. Leksik birlik, soʻz yasalishi, semantik yaxlitlik, grammatik xususiyatlar, struktura, til boyligi, nutq funksiyasi, imlo meʼyorlari, lingvistik tahlil.

Article ID: 212
PDF
Open Access | Aprel 2026

OʻZBEK REKLAMA MATNLARIDA TIL VOSITALARINING FUNKSIONAL-USLUBIY XUSUSIYATLARI

By: Atanazarova Shoxida Baxramovna

Reklama zamonaviy kommunikatsiya tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. U jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida muhim oʻrin egallaydi. Reklama matnlari orqali mahsulot va xizmatlar keng ommaga targʻib qilinadi. Bunda til vositalarining toʻgʻri va samarali qoʻllanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Reklama matni nafaqat axborot berish, balki taʼsir koʻrsatish vazifasini ham bajaradi. Shu sababli reklama tili oʻziga xos lingvistik va uslubiy xususiyatlarga ega. Oʻzbek tilidagi reklama matnlari ham mazkur jihatdan alohida tadqiqotni talab etadi. Soʻnggi yill arda reklama diskursiga boʻlgan ilmiy qiziqish ortib bormoqda. Ayniqsa, til vositalarining funksional - uslubiy imkoniyatlarini oʻrganish dolzarbdir. Reklama matnlarida leksik, morfologik va sintaktik birliklar faol qoʻllaniladi. Ular muayyan kommunikativ ma qsadni amalga oshirishga xizmat qiladi. Har bir til birligi reklama mazmunini kuchaytirishga yoʻnaltiriladi. Stilistik vositalar esa nutqning taʼsirchanligini oshiradi. Obrazlilik, ekspressivlik va emotsionallik reklama matnining muhim belgilaridandir. Shu ningdek, qisqalik va loʻndalik ham reklama tilining asosiy xususiyatidir. Oʻzbek reklama matnlarida milliy mentalitet va madaniy qadriyatlar aks etadi.Bu esa til birliklarining tanlanishida oʻz ifodasini topadi. Reklama diskursida pragmatik omillar muhim r ol oʻynaydi.Matn muallifi auditoriyaga psixologik taʼsir koʻrsatishni koʻzlaydi. Shu bois unda undov, buyruq va ragʻbatlantiruvchi shakllar keng qoʻllanadi. Frazeologizmlar va metaforalar ham reklama samaradorligini oshiradi. Til vositalarining funksional-uslubiy xususiyatlarini tahlil qilish ilmiy ahamiyatga ega. Reklama, oʻzbek tili, lingvistika, stilistika, funksional vositalar, kommunikativ funksiya, pragmatika, til birliklari, obrazlilik, emotsionallik.

Article ID: 213
PDF
Open Access | Aprel 2026

OʻZBEK VA FRANSUZ XALQ ERTAKLARIDA AYOLLAR OBRAZINING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI

By: Babaniyozova Oydin Allaberganovna

Mazkur maqola oʻzbek va fransuz xalq ertaklarida ayol obrazining lingvomadaniy xususiyatlarini qiyosiy -tahliliy yondashuv asosida oʻrganishga bagʻishlanadi. Tadqiqotda ayol obrazining shakllanishida muhim rol egallaydigan leksik -semantik birliklar, badiiy tasvir va ifoda vositalari, ramziy obrazlar hamda madaniy kodlarning oʻzaro aloqasi tahlil qilinadi. Metodologik jihatdan maqolada semantik -pragmatik va diskursiv tahlil, konseptual modellashtirish, shuningdek, syujet va motivlar qiyosi usullaridan kompleks tarzda foydalaniladi. Ertak matnlarida ayol obrazi “ona”, “kelin”, “sehrgar” yoki “pari”, “oqila maslahatgoʻy”, “himoyachi” kabi turli rollarda namoyon boʻlib, mazkur rollar orqali j amiyatning axloqiy-meʼyoriy qarashlari, genderga oid tasavvurlari va milliy qadriyatlari til vositasida ifodalanadi. Qiyosiy tahlil natijalari oʻzbek xalq ertaklarida ayol obrazi koʻproq sabr -toqat, fidoyilik, sadoqat va oilaparvarlik konseptlari bilan bog ʻliq holda talqin etilishini, fransuz xalq ertaklarida esa ayol obrazi mustaqil qaror qabul qiluvchi, faol tanlovga ega va individual aql -zakovat timsoli sifatida aks etishini koʻrsatadi.Tadqiqot natijalari folklorshunoslik, lingvomadaniyatshunoslik va gender tilshunosligi sohalarida olib borilayotgan ilmiy izlanishlarni boyitadi hamda qiyosiy tadqiqotlar uchun nazariy va amaliy asos boʻlib xizmat qiladi. Lingvomadaniyatshun oslik, ayol obrazi, konsept, baholash birliklari, nominatsiya, qiyosiy -tahliliy yondashuv, madaniy kod, emperik material, narrativ model, diskursiv faollik.

Article ID: 214
PDF
Open Access | Aprel 2026

BRITANIYA KUTUBXONASIDAGI TURKIY QO‘LYOZMALAR

By: Emek ÜŞENMEZ, Adambaeva Nargiza Kadambayevna

Britaniya kutubxonasi (Angliya milliy kutubxonasi) ning tashkil etilishi XVIII asrning 50-yillariga to‘g‘ri keladi. Ilgari Britaniya muzeyi tarkibida faoliyat yuritgan kutubxona huquqiy tartibga solish orqali Britaniya muzeyidan ajralib chiqdi va Britaniya kutubxonasi nomi bilan mustaqil tuzilmaga aylandi. 1998-yilda qirolicha tomonidan rasman ochilgan Britaniya kutubxonasida 150 milliondan ortiq hujjat saqlanadi. Britaniya kutubxonasi dunyodagi ikkinchi yirik kutubxona hisoblanadi. Britaniya kutubxonasi binosi London markazida, milliy va xalqaro poyezd qatnovlarining uchrashuv nuqtasi hisoblangan Sent -Pankras- Kings-Kross stantsiyasining yonginasida joylashgan. Britaniya kutubxonasida turk qo‘lyozmalari uchun tayyorlangan va hozirda kutubxon adagi barcha turk qo‘lyozmalarini o‘z ichiga olgan katalog mavjud emas. 1888 va 1958 -yillarda tayyorlangan turk qo‘lyozma kataloglari va risolalari bugungi tadqiqotchilar uchun yetarli emas. Britaniya kutubxonasidagi turk qo‘lyozmalari juda xilma-xildir. Sharqiy turkiy tillarni asos va boshlang‘ich nuqta sifatida ifodalovchi ko‘kturk turkchasidan tortib, g‘arbiy o‘g‘uz turkiy tillarini ifodalovchi qadimgi uyg‘ur turkchasi, qoraxoniy -xorazmiy-qipchoq turkchasi, chig‘atoy turkchasi, ozarbayjon turkchasi, qadi mgi anatoliya turkchasi, usmonli turkchasi, Turkiya turkchasigacha bo‘lgan tillarda yozilgan ko‘plab qo‘lyozmalarga murojaat qilish mumkin. Bulardan tashqari, Britaniya kutubxonasida deyarli barcha turkiy lahjalardagi (boshqird, o‘zbek, tatar, qozoq, qirg‘iz, chuvash va boshqalar) asarlar saqlanadi. Ushbu tadqiqotda Britaniya kutubxonasidagi turk qo‘lyozmalari haqida umumiy ma’lumot berilgan. U kutubxona tarixini taqdim etish orqali mavjud turk qo‘lyozmalarining tarixi va rivojlanishini kuzatishni maqsad qi lgan. Turk qo‘lyozmalari davriga ko‘ra taxminan tasniflangan, tegishli davrga oid ayrim qo‘lyozmalardan namunalar keltirilgan. Turk qo‘lyozmalari ustida olib borilgan katalog va broshyura ishlari, kutubxonadagi turk qo‘lyozmalari qayerdan va qanday qo‘lga kiritilganligi haqidagi qaydlar ham berilgan. Asarlar mazmuniga ko‘ra ham tasniflangan. Devonlar, jurnallar, tarjimayi hollar, farmonlar, tarix kitoblari, adabiyot, musiqa, astronomiya, tafsir, Qur’on va boshqalar kabi keng qamrovli sohalarni qamrab olgan 4000 ga yaqin turkiy qo‘lyozmalar kolleksiyasiga ega Britaniya kutubxonasi shu jihatdan tadqiqotchilar e’tiborini tortadi. Britaniya kutubxonasi, Turk qo‘lyozmalari, London, Angliya, Sharqiy turkcha, G‘arbiy turkcha, Charlz Pyer Genri Riu, Glin Manro Meredit- Owens, Buyuk Britaniya.

Article ID: 215
PDF
Open Access | Aprel 2026

ABDURAUF FITRAT IJODIDA TIMSOL VA RAMZIYLIK

By: Gulimmatova Rashida Samandar qizi

Mazkur maqolada Abdurauf Fitrat ijodida timsol va ramziylik masalasi badiiy-estetik hamda gʻoyaviy jihatdan kompleks tahlil qilinadi. Fitrat jadid adabiyotining yetuk namoyandasi sifatida oʻz asarlarida ramziy obrazlar vositasida milliy uygʻonish, istiqlol, maʼrifatparvarlik va ijtimoiy islohot gʻoyalarini ifodalagan. Maqolada adibning “Abulfayzxon”, “Hind sayyohi qissasi”, “Shaytonning tangriga isyoni” kabi nasriy va dramatik asarlari, shuningdek, sheʼriy hamda publitsistik merosidagi timsollar tizimi semantik, lingvopoetik va kontekstual tahlil asosida oʻrganiladi. Asarlarda qoʻllanilgan ramziy obrazlarning tarixiy voqelik bil an uzviy bogʻliqligi, ularning ijtimoiy -siyosiy mazmuni hamda estetik yuklamasi aniqlanadi. Xususan, “Abulfayzxon” dramasida tarixiy shaxs obrazi orqali tanazzulga yuz tutgan davlat va jamiyat timsoli yaratilgani, “Hind sayyohi qissasi”da esa sayohat motiv i orqali maʼrifiy uygʻonish gʻoyasi ilgari surilgani tahlil qilinadi. “Munozara” asarida Sharq va Gʻarb tafakkuri qarama -qarshiligi ramziy dialog vositasida ifodalanganligi asoslab beriladi. Tarixiy shaxslar, vatan, zulmat va yorugʻlik, zanjir, yoʻl hamda uygʻonish kabi obrazlarning ramziy qatlamlari ochib beriladi. Fitrat ijodida timsol nafaqat badiiy tasvir vositasi, balki mafkuraviy -estetik konsepsiyani ifodalovchi muhim gʻoyaviy mexanizm sifatida namoyon boʻlishi asoslanadi. Xulosa qismida Fitratning ti msol va ramzlardan foydalanishdagi oʻziga xos badiiy yondashuvi uning ijodiy individualligini belgilovchi muhim estetik omil sifatida baholanadi. Timsol, ramziylik, jadid adabiyoti, milliy uygʻonish, maʼrifatparvarlik, istiqlol gʻoyasi, lingvopoetik tahlil , badiiy obraz, ijtimoiy islohot.

Article ID: 216
PDF
Open Access | Aprel 2026

ETHEL LILIAN VOYNICH ASARLARI HAQIDAGI ILMIY ISHLARNING KOMPARATIVISTIKASI

By: Khallieva Gulnoz Iskandarovna, Adamova Farangizbonu Jamol kizi

Qiyosiy adabiyotshunoslik anʼanaviy tarzda madaniyatlararo va tillararo aloqalarga eʼtibor qaratib kelgan, biroq qiyosiy tadqiqot paradigmalarini shakllantirishda poetikaning oʻrni yetarlicha tizimlashtirilmagan. Etel Lilian Voynichning adabiy ijodi, xususan, uning “Soʻna” asari qiyosiy adabiy diskursda poetika, mafkura va retsepsiyaning oʻzaro kesishuvi doiras ida oʻrganish uchun qimmatli namunadir. Ushbu maqolada Etel Lilian Voynich ijodiga doir ilmiy tadqiqotlar qiyoslanadi. Unda Gʻarb, rus va oʻzbek adabiyotshunosligidagi asosiy tadqiqot yoʻnalishlari, metodlari va kamchiliklarini aniqlash maqsad qilingan. Ta dqiqotda tarixiy va nazariy poetika, retseptiv estetika hamda madaniyatlararo adabiy tahlil tamoyillariga tayanilgan holda qiyosiy, tarixiy -adabiy va tahliliy metodlardan foydalanilgan. Ilmiy tendensiyalar va metodologik izchillikni baholash maqsadida tanq idiy tadqiqotlar, tarjimalar va sharhlovchi manbalar tahlil qilingan. Voynich ijodiga bagʻishlangan tadqiqotlarda, ayniqsa, XX asr rus adabiyoti doirasidagi izlanishlarda asosan “Soʻna” romaniga eʼtibor qaratilib, uning mafkuraviy, mifopoetik va psixologik jihatlari taʼkidlanadi. Voynichning boshqa romanlari esa, qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslikda deyarli oʻrganilmagan. Maqola soʻngida Voynichning adabiy merosi fanlararo qiyosiy tadqiqotlar uchun istiqbolli yoʻnalish ekani xulosa qilinadi. Kam oʻrganilgan asarlarni va ularning madaniyatlararo retsepsiyasini tizimli tahlil etish zamonaviy qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik rivojiga salmoqli hissa qoʻshishi mumkin. Qiyosiy adabiyot, poetika, badiiy mahorat, sheʼriy asboblar, tarixiy poetika, nazariy poetika, adabiy tanqid.

Article ID: 217
PDF
Open Access | Aprel 2026

INGLIZ, ISPAN VA OʻZBEK TILLARIDA DIMINUTIVLIKNING SEMANTIK KOMPONENT TAHLILI

By: Mamatqulova Nodira Fayzulla qizi

Mazkur maqolada ingliz, ispan va oʻzbek tillarida kichraytirish maʼnosining semantik komponentlari komponent tahlil metodi asosida qiyosiy jihatdan tadqiq etiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi lugʻaviy birliklar semantik strukturasida kichraytirish semasining qanday ifodalanishini aniqlash hamda uning eksplisit va implisit namoyon boʻlish xususiyatlarini uch til materiallari asosida tahlil qilishdan iborat. Tadqiqot jarayonida izohli lugʻatlar va elektron leksikografik man balardan olingan izohlar asosiy material sifatida tanlandi. Komponent tahlil doirasida arxisema, integral sema va pometalar (koʻrsatkich birliklar) ajratilib, kichraytirish semasining ochiq (small, little, pequeño, kichik va b.) hamda koʻp pogʻonali zanjir yoʻli orqali yashirin ifodalanish holatlari aniqlandi. Tahlil natijalari ingliz tilida kichraytirish semasi koʻproq eksplisit leksik markerlar orqali, oʻzbek va ispan tillarida esa koʻpincha implisit yoʻl bilan ifodalanishini koʻrsatdi. Shuningdek, oʻzbek va ispan tillarida affiksatsiya vositasida hosil boʻlgan kichraytirish shakllari muhim oʻrin tutishi aniqlangan. Maqolada keltirilgan statistik koʻrsatkichlar qiyoslanayotgan tillarda kichraytirish funksional -semantik maydonining oʻziga xos va umumiy jiha tlarini ochib beradi. Tadqiqot natijalari semantik tahlil, qiyosiy tilshunoslik hamda leksikografiya sohalari uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Kichraytirish, komponent tahlil, semantik component tahlil, funksional-semantik maydon, eksplisit maʼno, implisit maʼno, qiyosiy tilshunoslik, leksikografik tahlil.

Article ID: 218
PDF
Open Access | Aprel 2026

JEK LONDON VA NORMUROD NORQOBILOV BADIIY DISKURSIDA ZOONIMLAR BADIIYATI

By: Melibayeva Maʼmura Klichboy qizi

Ushbu maqolada Jek London hamda Normurod Norqobilov asarlarida uchraydigan zoonimlarning adabiy nutqdagi oʻrni va badiiy funksiyasi qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Maʼlumki, zoonimlar faqatgina hayvon nomlarini bildiruvchi oddiy leksik birliklar emas, balki muayyan falsafiy qarashlar, madaniy qadriyatlar hamda milliy dunyoqarashni aks ettiruvchi muhim semantik vosita sifatida ham namoyon boʻladi. Shu bois ular badiiy matnda obraz yaratish, xarakter ochish hamda muallifning gʻoyaviy –estetik niyatini ifodalashda muhim rol oʻynaydi. Tadqiqot jarayonida ikki adibning badiiy uslubidagi oʻxshash va farqli jihatlar ochib beriladi. Jumladan, Jek London asarlarida hayvon obrazlari koʻpincha evolyutsion riv ojlanish taʼsirida shakllangan, tabiat qonunlariga boʻysunuvchi va ontologik jihatdan mustaqil mavjudotlar sifatida tasvirlanadi. Bunday yondashuv hayvonlarning tabiiy instinktlarini, yashash uchun kurash jarayonini va ularning ichki dunyosini realistik naturalizm tasirida yoritishga xizmat qiladi. Aksincha, Normurod Norqobilov ijodida hayvonlar tasviri milliy anʼana va qadriyatlarga yaqin holda talqin qilinib, koʻproq antroposentrik axloqiy meʼyorlar bilan uygʻunlashtiriladi. Tadqiqot natijalari shuni koʻr satadiki, zoonimik tasvirlar badiiy matnda biologik voqelik bilan ramziy maʼno oʻrtasida oʻziga xos semantik koʻprik vazifasini bajaradi hamda mualliflarning estetik qarashlari va madaniy tafakkurini yoritishda muhim poetik vosita boʻlib xizmat qiladi. Adabiy nutq, zoonim, naturalism, oʻzbek nasri, antroposentrik axloq, zoonimik nutq, semiotika, stilistika, ekolingvistika.

Article ID: 219
PDF
Open Access | Aprel 2026

FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNI TADQIQ ETISHDA LINGVOPRAGMATIK YONDASHUV

By: Muzaffarova Farangiz Joʻraxon qizi

Maqola frazeologik birliklarni lingvopragmatik yondashuv asosida oʻrganishga bagʻishlangan boʻlib, ularning muloqot jarayonidagi funksional -kommunikativ xususiyatlarini aniqlashni maqsad qiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi frazeologik birliklarning pragmatik potensiali, milliy -madaniy v a baholovchi jihatlarini tahlil qilishdan iboratdir. Ushbu maqsadga erishish uchun frazeologik birliklarning nutq aktlaridagi qoʻllanilishi, kontekstga bogʻliq maʼno oʻzgarishlari, kommunikativ vaziyat bilan aloqadorligi hamda tillararo ekvivalentlik va no muvofiqlik masalalari tadqiq etildi. Tadqiqotning asosiy muammosi frazeologik birliklarning faqat strukturaviy -semantik jihatdan emas, balki real nutq jarayonidagi pragmatik funksiyalari yetarli darajada yoritilmaganligidadir. Shu bois frazeologik birlikla rni antroposentrik, funksional, kontekstual va lingvokulturologik tamoyillar asosida oʻrganish zarurati asoslab berildi. Tadqiqot jarayonida lingvopragmatik tahlil, diskurs tahlili, qiyosiy-tipologik tahlil, semantik va kontekstual tahlil metodlaridan foyd alanildi. Tadqiqot natijasida frazeologik birliklarning yuqori pragmatik potensialga ega ekanligi, ular orqali soʻzlovchining emotsional holati, bahosi va kommunikativ maqsadi ifodalanishi aniqlandi. Shuningdek, zoonim komponentli frazeologik birliklarda milliy va universal stereotiplar tizimi shakllanishi hamda ularning lingvomadaniy ahamiyati asoslab berildi. Xulosa sifatida aytish mumkinki, lingvopragmatik yondashuv frazeologik birliklarning nazariy va amaliy jihatlarini kompleks oʻrganish imkonini beradi hamda tarjima nazariyasi va amaliyotida muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi. Frazeologik birlik, lingvopragmatika, nutq aktlari, pragmatik potensial, zoonim komponent, stereotip, ekvivalentlik, nomuvofiqlik.

Article ID: 220
PDF
Open Access | Aprel 2026

YAPON SHEVALARINING MEDIADAGI IFODALANISHI: TAVSIFI VA MUAMMOLARI

By: Noto Kuniyuki

Ushbu tadqiqot zamonaviy ommaviy axborot vositalarida yapon shevalarining ifodalanishi va qo‘llanishini tahlil qiladi. Yaponiyada standart adabiy til joriy etilgandan so‘ng, shevalar ko‘pincha “me’yoriy bo‘lmagan” nutq sifatida baholanib, shevada so‘zlovchilarga nisbatan kamsitish yoki salbiy stereotiplar shakllangan. So‘nggi yillarda esa shevalarni qayta baholash va saqlash harakatlari kuchayib, ularning ommaviy axborotdagi roli ham o‘zgarib bormoqda. Maqolada kino, kompyuter o‘yinlari hamda anime va manga kabi turli media namunalari ko‘rib chiqiladi. Kinoda standa rt bo‘lmagan nutqni yapon shevalari orqali tarjima qilish obrazni kuchaytirish yoki komedik effect yaratishga xizmat qiladi. Ba’zi kompyuter o‘yinlarida esa shevalar stereotip yaratish vositasi emas, balki qahramonning shaxsiyati yoki hududiy kelib chiqish ini ko‘rsatish uchun qo‘llaniladi. Anime va manga tarjimalarida esa madaniy ma’noni saqlab qolish maqsadida sun’iy shevalar yaratish holatlari uchraydi. Shunga qaramay, shevalarning nozik ma’no va madaniy konnotatsiyalarini tarjimada to‘liq aks ettirish mu rakkab bo‘lib qolmoqda. AI tarjima vositalari ham hozircha shevalarga xos sezgirlikni to‘laqonli yarata olmaydi. Tadqiqot xulosasiga ko‘ra, media makonida shevalarning ijobiy va neytral talqini kuchayib borayotgan bo‘lsa -da, tarjima va tilni qayta ishlash jarayonlarida yechilishi lozim bo‘lgan muammolar hali ham mavjud. Lahjalar, media tasviri, tarjima, adabiy yapon tili (standarttil), stereotiplar, sun’iy intellekt tarjimasi.

Article ID: 221
PDF
Open Access | Aprel 2026

XX ASR BOSHLARIDA OʻZBEK VA TURK SHEʼRIYATIDA MAʼRIFATPARVARLIK RUHIDAGI SHEʼRLARNING USLUBIY KOʻRINISHLARI

By: Noʻmonova Roʻzaxon Noʻmonjon qizi

Ushbu maqolada XX asrga qadar boʻlgan davrda turkiy adabiyotdagi oʻnlab janrlarda, xususan sheʼr, doston, balladalarda erk va maʼrifat gʻoyalarining qanday ifoda etilgani misollar vositasida dalillanadi. XX asr boshlariga kelib esa oʻzbek va turk adabiy aloqalarining oʻziga xosliklari, Tanzimot davri sheʼriyati va jadidlar adabiyotidagi uslubiy oʻzgarishlar, adabiy jarayonlar holati, ularning mushtarak jihatlari, vaznlar va sheʼriy shakllarning yangilanishi haqida bir qator fikrlar yuritilgan. Maqolada, shu ningdek, jadid adabiyoti va Tanzimot adabiyoti vakillari ijodidagi farqlar yaqqol misollar vositasida qiyosiy jihatdan tadqiq etilgan. Erk, maʼrifat mavzularining bosh planga chiqqanligi T.Fikret, N.Kamol, Choʻlpon, Fitrat, Hamza, Avloniy va boshqa ushbu d avr shoirlari ijodidan keltirilgan parchalarning tahlili bilan isbotlangan. Mazkur davr ijodkorlari tomonidan faqat turk va oʻzbek adabiyotiga emas, balki dunyo adabiyotiga olib kirilgan yangi sheʼriy shakllar, sheʼriy vaznlar va obrazlar tizimidagi oʻzg arishlar haqida fikr yuritilgan. Ushbu yangiliklar adabiyot qiyofasini butunlay oʻzgarishiga, sheʼriyatni keyingi bosqichga oʻtishiga sababchi boʻldi va tabiiyki, kelgusi avlod shoirlari uchun mazkur izlanishlar tajriba maktabi vazifasini oʻtaydi. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, zoonimik tasvirlar badiiy matnda biologik voqelik bilan ramziy maʼno oʻrtasida oʻziga xos semantik koʻprik vazifasini bajaradi hamda mualliflarning estetik qarashlari va madaniy tafakkurini yoritishda muhim poetik vosita boʻlib xizmat qiladi. Adabiy jarayon, yangilanishlar, adabiy aloqalar, maʼrifatparvarlik ruhi, jaded adabiyoti, sheʼriyat, sheʼriy vazn, turkiy sheʼriyat.

Article ID: 222
PDF
Open Access | Aprel 2026

JINOYAT KODEKSI MATNLARIDA LEKSIK-SEMANTIK QATLAMLAR

By: Rakhmatova Bahora Ibodulla qizi

Mazkur maqolada Jinoyat kodeksi matnlarining leksik-semantik qatlamlari huquqiy diskurs tizimidagi prototipik normativ janr sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi jinoyat qonunini lingvistik jihatdan aniq talqin qilish zarurati bilan belgilanadi, chunki leksik birliklar jinoyatni kvalifikatsiya qilish va sud amaliyotiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ilmiy yangilik Jinoyat kodeksi mat nidagi leksik -semantik qatlamlarning tizimli tasnifi - umumxalq leksikasi, umumhuquqiy leksika, sohaviy jinoyat -huquqiy terminologiya, baholovchi - kvalifikatsiyalovchi birliklar hamda normativ frazeologik konstruksiyalarni ajratishdan iborat. Tadqiqotning maqsadi mazkur qatlamlarning struktur-semantik xususiyatlarini aniqlash va ularning kommunikativ -pragmatik funksiyasini belgilashdan iborat. Metodologik asos sifatida tavsifiy, struktur-semantik, qiyosiy va kontekstual tahlil usullari qo‘llanildi. Natijalar Jinoyat kodeksi matnlarida terminologik aniqlik, semantik bir ma’nolilik va talqin barqarorligi ta’minlanishini ko‘rsatadi. Xulosa sifatida leksik -semantik qatlamlanish jinoyat qonunining normativ samaradorligini belgilovchi muhim omil ekanligi asoslanadi. Jinoyat kodeksi matni, huquqiy diskurs, leksik-semantik qatlam, huquqiy terminologiya, baholovchi leksika, qonunni talqin qilish, normativ semantika, qonunchilik janri.

Article ID: 223
PDF
Open Access | Aprel 2026

INGLIZ VA OʻZBEK TILLARIDA GEOLOGIK TERMINLARDAGI METAFORIZATSIYANING TARJIMA MUAMMOLARI

By: Rixsiyeva Lola Azimjanovna

Ushbu maqolada geologik terminologiyada metaforizatsiya hodisasini hamda uning ingliz va oʻzbek tillarida tarjima jarayonidagi muammolari tahlil qil ingan. Maxsus ilmiy matnlarda koʻplab geologik terminlar inson tajribasi va idrokiga asoslangan metaforik maʼnolarga ega b oʻlib, ular boshqa tilga bevosita tarjima qilish jaryonida ilmiy aniqlikni saqlashni qiyinlashtiradi. Tadqiqotda metaforik tushunchalarning terminologik birliklarni shakllantirish va leksik ekvivalent tanlashdagi roli yoritaladi. Masalan, ingliz tilidagi koʻplab terminlar metaforik komponentlarga ega boʻlsa, ularning oʻzbek tili tarjimasida koʻpincha izohli yoki neytral ifodalar ishlatiladi. Metaforaning notoʻgʻri tarjimasi terminning ilmiy mazmunini buzishi va matnning tushunarli boʻlishiga xalaqit beradi. Maqolada tarjimada manba va maqsad konseptual maydonlar, kontekstni chuqur tahlil qilish va tarjima strategiyalarining ahamiyati yoritilgan. Ingliz va oʻzbek geologik terminlari chogʻishtirilib, metaforizatsiyani neytrallashtirish va ekvivalent tanlash kabi muammolar aniqlan gan. Tadqiqot natijalari geologiya sohasidagi ilmiy matnlarni tarjima qilishda terminologik aniqlikni taʼminlash va ilmiy -neytral tarjima usullarini qoʻllashda muhim ahamiyatga ega ekanligini koʻrsatadi. Geologiya, geologik terminlar, metaforizatsiya, kognitiv metafora, metaforik obrazlar, tarjima birligi, tarjima muammosi, terminologik ekvivalentlik, izohli tarjima.

Article ID: 224
PDF
Open Access | Aprel 2026

INGLIZ TILINI SAMARALI O‘RGANISH UCHUN TALABALARNI RIVOJLANTIRUVCHI SUN’IY INTELLEKT: “SAYLESS” ILOVASI

By: Sholpan Torgayeva, Nasirov Abdurakhim Abdimutalipovich

Uzluksiz ta’lim o‘quvchilarning turli xil ehtiyojlarini qondirishga qodir, ayni vaqtda resurs talab qiluvchi o‘qitish modellariga qaramlikni kamaytiradigan keng ko‘lamli, hamyonbop va shaxsiylashtirilgan yechimlarni talab etadi. Ushbu maqolada talabalar tomonidan ishlab c hiqilgan, sun’iy intellektga (SI) asoslangan va ingliz tilini barqaror o‘rganishni qo‘llab -quvvatlashga mo‘ljallangan “SayLess” mobil ilovasi taqdim etiladi. Ilova adaptiv shaxsiylashtirish hamda o‘quvchining mustaqil ta’lim olishini rag‘batlantirishga qaratilgan. U o‘qish, tinglash, gapirish va yozish uchun SI vositalarini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, kontentni foydalanuvchining bilim darajasi, sur’ati va yutuqlariga real vaqt rejimida moslashtirish imkonini beradi. Ilova interfeysi Figmada loyihalashtiri lgan, backend arxitekturasi esa Visual Studio yordamida yaratilgan. Hozirgi versiyasi iOS qurilmalarida ishga tushirilgan bo‘lib, qulaylikni oshirish maqsadida uni Android platformasiga ham kengaytirish rejalashtirilgan. Universitet talabalari ishtirokidag i tajriba sinovida ilovaning foydalanishga qulayligi, qiziqarliligi va tilni rivojlantirishdagi samaradorligi baholandi. Natijalar motivatsiyaning oshgani, yozma nutq aniqligining yaxshilangani, mustaqil o‘qish xulq- atvorining rivojlangani hamda an’anaviy repetitorlikka bo‘lgan ehtiyoj kamayganini ko‘rsatdi. Olingan xulosalar talabalar yetakchiligidagi SI innovatsiyalari global barqaror rivojlanish maqsadlariga mos keladigan barqaror ta’lim amaliyotlariga hissa qo‘sha olishini namoyon etadi. Ta’limda sun’iy intellekt, barqaror ta’lim, adaptiv tizimlar, mobil ta’lim, shaxsiylashtirilgan ingliz tili o‘rganish, EdTech innovatsiyalari.

Article ID: 225
PDF
Open Access | Aprel 2026

INTERTEKSTUALLIK NAZARIYASI VA MATNLARARO MUNOSABATLAR KONSEPSIYASI

By: Sodiqova Baxtigul Ibodullayevna

Ushbu maqolada XX asr adabiyotshunosligida shakllangan intertekstualik nazariyasi va matnlararo munosabatlar konsepsiyasi batafsil oʻrganilgan. Intertekstualik nazariyasi badiiy matnni mustaqil va yopiq tizim sifatida emas, balki boshqa matnlar bilan uzviy bogʻlangan, ochiq semantik maydon sifatida talqin qiladi. Mazkur yondashuvga koʻra, har bir matn oldingi matnlarning ele mentlarini singdiradi, ularni qayta ishlaydi va yangi kontekstda taqdim etadi. Shu tariqa, intertekstualik badiiy ijodning asosiy qonuniyatlaridan biri sifatida namoyon boʻladi, chunki u matnning semantik qatlamlarini boyitadi va uning talqin imkoniyatlari ni kengaytiradi. Maqolada dialogiklik konsepsiyasi intertekstualikning markaziy tamoyili sifatida koʻrib chiqilgan. Shuningdek, maqolada intertekstualikning asosiy vositalari – sitata, alluziya, reministsensiya va matn ichida matn – nazariy jihatdan tahlil qilingan. Sitata orqali muallif boshqa matnlarning aniq parchalarini oʻz asariga kiritadi va shu yoʻl bilan gʻoyani mustahkamlaydi. Alluziya esa yashirin yoki ochiq ishora orqali boshqa matn, voqea yoki tarixiy manbaga murojaat qiladi. Reministsensiya esa avvalgi adabiy yoki madaniy tajribani ongli yoki ongsiz tarzda yangi matnga moslashtirishdir. Matn ichida matn modeli esa, ayniqsa postmodern adabiyotda, asarning murakkab kompozitsion qatlamlarini yaratadi va oʻquvchini matn bilan intellektual oʻyinga ja lb qiladi. Postmodern adabiyotda intertekstualik nafaqat matnlararo aloqani, balki matn va oʻquvchi oʻrtasidagi intellektual oʻyin mexanizmini ham tashkil qiladi. Mualliflar tarixiy, diniy yoki adabiy matnlarni qayta talqin qiladi, ularni ironik yoki oʻyin li uslubda yangilaydi, shu orqali matnning semantik imkoniyatlarini kengaytiradi va oʻquvchini faol interpretatorga aylantiradi. Xulosa qilib aytganda, intertekstualik nazariyasi badiiy matnni boshqa matnlar bilan uzviy bogʻlangan, koʻp qatlamli va ochiq tizim sifatida oʻrganishga imkon beradi. Intertekstuali, matnlararo munosabat, dialogiklik, sitata, alluziya, reministsensiya, postmodern adabiyot, matn ichida matn.

Article ID: 226
PDF
Open Access | Aprel 2026

SUD LINGVISTIKASI VA TARJIMA QIYINCHILIKLARI

By: Turaeva Umida Shukhratovna

Mazkur maqolada ingliz tilidagi sud -huquq va kriminalistik terminlarning oʻzbek tiliga tarjima qilish jarayoni lingvistik va tarjimashunoslik nuqtayi nazaridan tadqiq etiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi ingliz va oʻzbek tillaridagi huquqiy terminlarning semantik, strukturaviy va funksional xususiyatlarini qiyosiy tahlil qilish hamda tarjima jarayonida yuzaga keladigan muammolarni aniqlashdan iborat. Shuningdek, maqolada terminologik nomuvofiqliklar, muqobilsiz leksika va neologizmlarning tarjimasi bilan bogʻliq masalalar muammo sifatida qoʻyilgan. Tadqiqot metodologiyasi sifatida tavsifiy, qiyosiy, kontent -tahlil hamda kontrastiv lingvistik tahlil usullaridan foydalanildi. Empirik material sifatida autentik huquqiy hujjatl ar, sud materiallari, ikki tilli va maxsus yuridik lugʻatlar tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, ingliz va oʻzbek huquq tizimlari oʻrtasidagi konseptual farqlar termin tarjimasida semantik siljishlarga sabab boʻladi. Bu holat tarjimada transkripsiya, transliteratsiya, kalkalash va taʼrifiy tarjima kabi usullardan kontekstga mos foydalanishni talab etadi. Xulosa sifatida aytish mumkinki, sud -huquq terminlarini tarjima qilishda lingvistik bilim bilan bir qatorda huquqiy va madaniy kompetensiya ham muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot natijalari ingliz-oʻzbek huquqiy tarjimasini takomillashtirishga xizmat qiladi. Forensik tilshunoslik, termin tarjimasi, semantic ekvivalentlik, huquqiy diskurs, neologism, ikki tilli lugʻat, morfologik tafovut , ingliz -oʻzbek tarjimasi.

Article ID: 227
PDF
Open Access | Aprel 2026

FENTEZI ASARLАRI SЕHRLI DUNYОSIDA RЕАLISTIK UNSURLARNING BADIIY TАLQINI

By: Tursunova Mohira Ilxomjanovna

Mazkur maqolada zamonaviy fentezi janrining badiiy -estetik mohiyati, poetik strukturalari tahlil etiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi J.K. Rouling qalamiga mansub “Harri Potter” turkum asarlari misolida real va fantastik olamlar sintezining estetik mexanizmlarini ochib berishdan iborat. Maqolada fentezi diskursida realizm elementlari va autentik tafsilotlarning funksional zarurati, shuningdek, muallif tomonidan konstruktsiya qilingan xayoliy universumning ichki qonuniyatlari va aksiologik ishonarliligi masalalari ilgari suriladi. Tadqiqot metodologiyasi sifatida M.M. Baxitinning xronotopik konseptlari, poetik tahlil prinsiplari hamda intertekstual yondashuv asosida yondashiladi. Olib borilgan tahlillar shuni koʻrs atmoqdaki, zamonaviy fentezi asarlarining estetik jozibasi aynan realistik komponentlar bilan uygʻunlashgan fantastik makon va zamon konstruksiyasi orqali yuzaga chiqadi.Xulosa tarzida esa, fentezi janrida ishonchli poetik model yaratilishi uchun xayoliy v oqeliklar ichki mantiqining real hayot qonuniyatlari bilan muvozanatli uygʻunlashuvi zarur ekani alohida taʼkidlanadi. Fentezi, xronotop, realizm, mifologiya, “Garri Potter”, J.K. Rowling, sehrli dunyo, real detal, fantastik obraz, oʻquvchi ishonchi.

Article ID: 228
PDF
Open Access | Aprel 2026

EPISTOLYAR MANBALARDA ADABIY-ESTETIK QARASHLAR

By: Xalliyeva Gulnoz Iskandarovna, Sapaeva Feruza Davlatovna

Ushbu maqolada epistolyar janrning oʻziga xos xususiyatlari va sharqshunoslarning badiiy mahoratini belgilovchi adabiy-estetik qarashlar tahlil qilingan. Epistolyar manbalar – ilmiy yozishmalar va maktublar shunchaki muloqot vositasi emas, balki ijodkorning adabiy jarayon, til, uslub va davrning estetik talablariga boʻlgan munosabatini ifodalovchi muhim manba sifatida tadqiq etiladi. Tadqiqot davomida taniqli sharqshunoslarning oʻzaro yozishmalari misolida ularning ijodiy laboratoriyasi, asar ustida ishlash jarayoni va estetik prinsiplari ochib berilgan. Maqolada epistolyar nutqning subyektiv va obyektiv jihatlari, ilmiy yozishmalarning janriy tabiati hamda ularning badiiy matn bilan bogʻliqligi ilmiy asoslangan. Muallif badiiy maktublarda muallif “men”i va davr ruhining aks etishi masalasiga alohida toʻxtalib, epistolyar merosning adabiyotshunoslikdagi oʻ rnini belgilashga harakat qiladi. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, ilmiy yozishmalar rus sharqshunoslarining nazariy qarashlari va badiiy ideallarini tizimli oʻrganishda birlamchi hujjat vazifasini oʻtaydi. Epistolyar janr, adabiy-estetik qarash, rus sharqshunoslari, maktub, ilmiy yozishmalar, badiiy mahorat, ijodiy laboratoriya, muallif konsepsiyasi, uslub, adabiy tanqid, muloqot madaniyati

Article ID: 229
PDF
Open Access | Aprel 2026

MILLIY-MADANIY KONSEPSIYA TUSHUNCHASI: LINGVOMADANIY, SEMANTIK VA SEMIOTIK YONDASHUVLAR

By: Xolmirzayev Baxtiyor Mirzamaxmudovich

Ushbu maqolada “milliy-madaniy konsepsiya” tushunchasi til, tafakkur va madaniyatning integrativ mahsuli sifatida talqin qilinib, uning lingvomadaniy, semantik va semiotik yondashuvlar doirasidagi nazariy asoslari tizimli yoritiladi. Tadqiqotning maqsadi milliy ong, tarixiy tajriba va qadriyatlar tizimining til vositasida konseptual modellashtirilish mexanizmlarini ochish hamda milliy -madaniy konsepsiyaning yadro -periferiya tuzilishini aniqlashdan iborat. . Maqolada muammo milliy -madaniy konseptlarning koʻp qatlamli tabiatini faqat formal -semantik moslik bilan izohlashning yetarli emasligi, ayniqsa tarjimada ekvivalentlik va adekvatlikni taʼminlashda konseptual hamda aksiologik komponentlar yoʻqolishi xavfi mavjudligi sifatida qoʻyiladi. Metodologik asos sifatida integrativ yondashuv tanlanib, konseptni denotativ yadro va periferik qatlamlarga ajratish, lingvomadaniy tahlilning uch bosqichi h amda semantik differensiallashtirish qoʻllanadi. Muhokama qismida milliy- madaniy konsepsiyaning til tizimining turli sathlarida namoyon boʻlishi koʻrsatilib, “dasturxon”, “mehmon”, “or-nomus” kabi birliklar misolida denotativ maʼno bilan aksiologik -ramziy qatlamning farqi asoslanadi. Natijada milliy -madaniy konseptlarni tahlil qilish va tarjima qilishda konseptual yadro va periferiyani ajratish, baholovchi komponentni pragmatik ekvivalentlik orqali tiklash, izohli tarjima, kompensatsiya va pragmatik moslash tirish strategiyalarini qoʻllash zarurligi xulosalanadi. Milliy-madaniy konsepsiya, kognitivlingvistika, semantik yondashuv, madaniyat, til va madaniyat oʻzaro taʼsiri, tarixiy-madaniy qatlam, shaxsiy - emotsional qatlam, tarjimashunoslik, adekvatlik, semantic muqobillik, intersemiotikmoslik.

Article ID: 230
PDF
Open Access | Aprel 2026

FRANSUZ VA OʻZBEK BOLALAR REKLAMASIDA STEREOTIPIK MODELLAR CHOGʻISHTIRMA TAVSIFI

By: Xudayberganova Maxbuba Meylibayevna

Mazkur tadqiqot fransuz va oʻzbek tillaridagi bolalar reklama matnlarining lingvokulturologik xususiyatlarini keng qamrovli va tizimli chogʻishtirma tahlil qilishga bagʻishlangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi har ikki madaniyatga mansub bolalar reklamasida qoʻllaniladigan til vositalari, madaniy kontekst va persuaziv strategiyalarni chuqur oʻrganish hamda ularning milliy mentalitet va qadriyatlar tizimi bilan uzviy bogʻliqligini aniqlashdan iborat. Tadqiqot doirasida fransuz va oʻzbek bolalar reklama matnlar ida madaniy stereotiplar va milliy -madaniy kodlarning voqelanishi, persuaziv strategiyalarning madaniy kontekstga bogʻliqligi, gender, yosh va ijtimoiy stereotiplarning ifodalanish xususiyatlari hamda madaniy senariylarning reklama diskursidagi roli tahlil qilindi. Metodalagik asos sifatida leksik -semantik, diskursiv, lingvokulturologik, kognitiv va gender tahlili usullaridan foydalanildi. Tahlil natijalari shuni koʻrsatdiki, fransuz bolalar reklama matnlarida individuallik, ijodkorlik va mustaqillik gʻoyalari ustuvo r boʻlib, bola reklama diskursida mustaqil va avtonom subyekt sifatida pozitsiyalanadi. Oʻzbek bolalar reklamasida esa oilaviy qadriyatlar, jamoa birligi va anʼanaviy maʼnaviy meʼyorlar yetakchi semantik - pragmatik komponent sifatida namoyon boʻladi. Tadqiq otda fransuz va oʻzbek bolalar reklama diskursi oʻziga xos lingvistik va madaniy xususiyatlarga ega ekani, bolalar auditoriyasiga taʼsir koʻrsatish usullari tamoyil jihatdan farqli boʻlsa -da, ayrim umumiy kommunikativ xususiyatlarga ega ekanligi asoslab berildi. Lingvokulturologiya, reklama matni, bolalar reklamasi, fransuz tili, oʻzbek tili, madaniy adaptatsiya, persuaziv strategiya, madaniy stereotip, diskurs tahlili.

Article ID: 231
PDF
Open Access | Aprel 2026

OʻZBEKISTON TOPONIMIKASINING ZAMONAVIY RIVOJLANISHI IJTIMOIY-MADANIY JIHATLAR

By: Xudaybergenova Umida Komildjanovna

Ushbu maqolada Oʻzbekiston toponimikasining zamonaviy rivojlanishi jamiyatda kechayotgan ijtimoiy -siyosiy, madaniy va iqtisodiy jarayonlar bilan uzviy bogʻliqlikda tadqiq etiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi mustaqillik davrida toponimik tizimda yuz bergan oʻzgarishlarni ijtimoiy -madaniy jihatdan tahlil qilish hamda joy nomlarining milliy oʻzlikni shakllantirishdagi rolini aniqlashdan iborat. Maqolada tarixiy toponimlarning qayta tiklanishi, yangi toponimlarning shakllanishi va ularning jamiyat ongidagi maʼnaviy -maʼrifiy ahamiyati muammo sifatida qoʻyiladi. Tadqiqot jarayonida qiyosiy -tarixiy, semantik va sotsiolingvistik tahlil met odlaridan foydalanildi. S. Qorayev, E. Begmatov, T. Nafasov va boshqa olimlarning ilmiy qarashlariga tayangan holda toponimlarning etnolisoniy xususiyatlari, ijtimoiy funksiyalari hamda lingvomadaniy mazmuni ochib berildi. Oʻtkazilgan tahlillar natijasida toponimlar nafaqat geografik orientatsiya vositasi, balki tarixiy xotira, madaniy meros va milliy identitetning muhim koʻrsatkichi ekanligi aniqlandi. Xulosa qilib aytganda, Oʻzbekiston toponimikasining zamonaviy taraqqiyoti ijtimoiy -madaniy omillar bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, ularni ilmiy asosda oʻrganish va tartibga solish muhim ahamiyat kasb etadi. Toponimika, tarixiy xotira, milliy oʻzlik, etnomadaniy anʼana, mustaqillik davri, toponimik siyosat, geografik obyekt nomlari, lingvomadaniyat, nominatsiya.

Article ID: 232
PDF
Open Access | Aprel 2026

GLOBAL AMALIYOTDA FARMATSEVTIK TERMINOLOGIYANING RIVOJLANISHI

By: Yusupova Shakhnoza Axrol kizi

Ushbu maqolada global farmatsevtik amaliyotda farmatsevtik terminologiyaning rivojlanishini tahlil qilinadi hamda uning samarali professional aloqa, normativ muvofiqlik va bemor xavfsizligini ta’minlashdagi o‘rniga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot farmatsevtik terminlarning ilk tajribaviy nomlash amaliyotlaridan to zamonaviy standartlashtirilgan terminologik tizimlargacha bo‘lgan tarixiy rivojlanishini kuzatadi. Xalqaro tashkilotlar, normativ - huquqiy me’yorlar va standartlashtirish mexanizmlari xususan, Xalqaro patentlanmagan nomlar (INN) tizimi ning terminologik muvofiqlashtirishga ta’siriga alohida e’tibor qaratilgan. Maqola farmatsevtik terminologiyaning tarixiy rivojlanishi va global evolyutsiyasini o‘rganadi. Tibbiy va farmatsevtik terminlar qanday paydo bo‘lgani, standartlashtirilgani va turli mamlakatlar hamda tillarda qanday moslashtirilgani tahlil qilinadi. Tadqiqotda barqaror terminologiyani shakllantirishda xalqaro tashkilotlar, ilmiy nashrlar va texnologik rivojlanishlar roli ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, tarjima, muvofiqlashtirish va yangi terminlarni global farmatsevtik amaliyotga integratsiya qilishdagi muammolar muhokama qilingan. Tadqiqot natijalari standartlashtirilgan terminologiya samarali aloqa, bemor xavfsizligi va xalqaro hamkorlik uchun muhim ekanini ko‘rsatadi. Tadqiqot shuningdek standartlashtirilgan terminologiyaning sog‘liqni saqlash mutaxassislari o‘rtasida aloqa xatolarini kamaytirish, bemor xavfsizligini yaxshilash va xalqaro normativ-huquqiy talablarga muvofiqlikni ta’minlashdagi t a’sirini tahlil qiladi. Bundan tashqari, tadqiqot raqamli bazalar, elektron tibbiy ma’lumotlar va global hamkorlikning yangi farmatsevtik terminlarni tez tarqatish va qabul qilishga ta’sirini ham ko‘rib chiqadi. Natijalar standartlashtirilgan terminologiya nafaqat samarali aloqa va bemor xavfsizligi uchun, balki innovatsiya, ilmiy hamkorlik va tibbiy bilimlarning global almashinuvi uchun ham muhim ekanini ko‘rsatadi. Farmatsevtik terminologiya, INN, standartlashtirish, normativ - huquqiy asoslar, global amali yot, terminologik rivojlanish, ko‘p tilli moslashuv.

Article ID: 233
PDF
Open Access | Aprel 2026

INGLIZ TILINING OʻZBEK YOSHLAR JARGONIGA TAʼSIRI

By: Zamira Hakimova Xurram qizi

Ushbu ilmiy maqolada ingliz tilining zamonaviy oʻzbek yoshlar jargoniga koʻrsatgan lingvistik va ijtimoiy -madaniy taʼsiri sotsiolingvistik yondashuv asosida oʻrganilgan va tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy maqsadi, inglizcha soʻz va iboralarning oʻzbek yoshlarining nutq madaniyatiga qanday shaklda kirib kelayotganini aniqlash, ularning maʼno, shakl va uslubiy xususiyatlarini izohlash, shuningdek bu jarayonning ijobiy va salbiy oqibatlarini baholashdan iborat. Tadqiqot vazifalari sifatida ingliz tilidagi koʻp qoʻllaniluvchi til birliklarining ishlatilish chastotasi, semantik yuklamasi, ijtimoiy-madaniy taʼsirlari, nutqda foydalanilish holatlari, fonetik va morfologik moslashuv mexanizmlarini aniqlash kabilar belgilandi. Tadqiqot doirasida Toshkent, Andijon, Termiz, Navoiy va Fargʻona shaharlaridagi 11-35 yosh oraligʻidagi 51 nafar respondent oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazildi, shuningdek zamonaviy oʻzbek yoshlari koʻp foydalanadigan Instagram ijtimoiy tarmogʻidagi 40 dan ortiq post va izohlar tahlil qilindi. T adqiqotni amalga oshirishda yordam beruvchi metodlar sifatida empirik kuzatuv, sotsiolingvistik yondashuv, kontent tahlili va tilshunoslik nazariyalariga tayanuvchi interpretatsiya usullari qoʻllanildi. Tadqiqot natijalarga koʻra, ingliz tilidagi global qo ʻllaniluvchi leksik birliklar oʻzbek yoshlar orasida zamonaviylik, emotsional ifoda, tejamkorlik va ijtimoiy oʻzini namoyon qilish vositasi sifatida faol ishlatilmoqda. Ayniqsa, “like”, “chill”, “relax”, “bro”, “sorry”, “repost” kabi soʻzlar fonetik jihatd an minimal oʻzgarish bilan nutqqa singmoqda. Shu bilan birga, bu jarayon adabiy til meʼyorlarining buzilishi, lingvodegradatsiya xavfi va milliy tilning ijtimoiy obroʻsiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkinligi aniqlandi. Maqolada tilga kirib kelayotgan yan gi unsurlarni inkor etmasdan, ularni ongli tarzda tahlil qilish va sogʻlom muvozanatni taʼminlash zarurligi asoslab berilgan. Xulosa oʻrnida, ingliz tilining oʻzbek yoshlar jargoniga taʼsiri globallashuv, texnalogik taraqqiyot va xalqaro nufuz bilan bogʻli q boʻlib, bu soʻzlar til tizimiga moslashmoqda. Oʻzlashmalar tilni boyituvchi omil sifatida qaralayotgan boʻlsada, madaniyat va milliy tilni asrash muhimligicha qolmoqda. Shu sababdan, bu jarayonni ilmiy kuzatish, til siyosatini shakllantirish va inglizcha soʻzlarga oʻzbekcha muqobillar yaratish davlat darajasidagi muhim vazifa boʻlib qolmoqda. Fonetik moslashuv, globallashuv, ingliz tili, lingvodegredatsiya, morfologik moslashuv, yoshlar jargon, lingvoekologiya, neologizm, zamonaviy koʻrinish, til siyosati.

Article ID: 234
PDF
Open Access | Aprel 2026

OLIY TA’LIM TIZIMIDA INGLIZ TILINI O‘QITISHDA “MUVAFFAQIYAT” KONSEPTINI SHAKLLANTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR

By: Абдуллаева Лола Тохировна

Ushbu tadqiqotning maqsadi oily ta’lim tizimida ingliz tilini o‘rganish jarayonida 3 -kurs talabalari orasida “muvaffaqiyat” konseptini shakllanishiga raqamli texnologiyalarning ta’sirini aniqlashdan iborat. Tadqiqotda aralash yondashuv qo‘llanilgan, jumladan miqdoriy usullar (so‘rovnomalar, motivatsiya va o‘z -o‘zini baholash testlari) hamda sifatli usullar (yarim tuzilgan intervyular va talabalar yozma refleksiyalarini tahlil qilish). Natijalar shuni ko‘rsatdiki, raqamli vositalarni o‘quv jarayoniga integratsiyalash muvaffaqiyatni yanada ijobiy va aniq qabul qilishga yordam beradi, talabalar motivatsiyasini va ingliz tilini o‘rganishdagi i shonchini oshiradi. Sifatli tahlil muvaffaqiyatni qabul qilishning asosiy tematik kategoriyalarini aniqladi: o‘quv maqsadlariga erishish, til ko‘nikmalarini rivojlantirish va o‘quv jarayonidan shaxsiy qoniqish. Tadqiqot o‘qituvchilar va raqamli ta’lim plat formalari ishlab chiquvchilari uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, talabalar orasida “muvaffaqiyat” tushunchasini shakllantirishda texnologiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalarni taqdim etadi. Raqamli texnologiyalar, “muvaffaqiyat” konsepti, ingliz tilini o‘qitish, aralash tadqiqot usuli, oliy ta’lim.

Article ID: 235
PDF
Open Access | Aprel 2026

NEMIS SHOIRLARI ASARLARIDA HOFIZ VA SA’DIY SHE’RIYATI MOTIVLARI

By: Искандарова Нодира Бахрамбековна

Maqolada XVIII–XIX asrlardagi nemis shoirlari ijodida Hofiz va Sa’diy she’riyati motivlarining resepsiyasi hamda badiiy o‘zlashtirilish xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot Sharq poetik an’anasining nemis adabiyoti kontekstida transformatsiyalanish mexanizmlarini aniqlashga, shuningdek fors mumtoz she’riyati bilan Yevropa lirikasi o‘rtasidagi intertekstual bog‘lan ishlar va tipologik parallellarni tahlil etishga qaratilgan. Ushbu tadqiqotda Hofiz va Sa’diyning asarlari Germaniyada qanday qabul qilingani hamda tarjima orqali talqin etilishi tarixi yoritiladi, ularning poetik merosi motivlar asosida tahlil qilinadi, n emis shoirlari ijodida aks etgan asosiy sharqona obraz va ramzlar aniqlanadi. Asosiy e’tibor sevgi, taqdir, ma’naviy izlanish, donishmandlik va sufiyona ramziylik mavzularining badiiy talqinida o‘xshashlik va farqlarni belgilash imkonini beruvchi qiyosiy -tipologik tahlilga qaratiladi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi motivlarni tizimlashtirish, yangi intertekstual bog‘lanishlarni aniqlash hamda nemis she’riy an’anasida sufiyona obrazlar transformatsiyasini chuqurlashtirilgan tarzda tahlil qilishdan iborat. Tadqiqot natijalari Sharq va G‘arb madaniyatlari o‘rtasidagi muloqot jarayonlarini yanada to‘liqroq anglashga xizmat qiladi hamda fors she’riyatining nemis adabiyotining estetik va falsafiy yo‘nalishlari shakllanishidagi o‘rni haqidagi tasavvurlarni kengaytiradi. Hofiz, Sa’diy, nemis she’riyati, orientalizm, resepsiya, intertekstuallik, motiv, sufiyona ramziylik, madaniyatlar dialogi, qiyosiy-tipologik tahlil.

Article ID: 236
PDF
Open Access | Aprel 2026

TILSHUNOSLIK TIL HAQIDAGI FAN SIFATIDA

By: Метьякубов Жуманазар

Lingvistika — tilni ma’lum bir jamoa tomonidan muloqot uchun qo‘llaniladigan belgilar tizimi sifatida o‘rganadigan ilmiy fandir. U tilning tuzilishi, funksiyalari va rivojlanish qonuniyatlarini, shuningdek, uni o‘rganish va o‘qitish tamoyillarini tadqiq etadi. Bu fan keng sohalarni: fonetika, morfologiya, sintaksis, semantika, pragmatika va leksikologiyani o‘z ichiga oladi. Ushbu maqolada tilshunoslikning fan sifatidagi asosiy jihatlari, uning gumanitar fanlar orasidagi o‘rni, til va nutqni tushunishdagi asosiy yondashuvlar ko‘rib chiqiladi. “Til” va “nutq” tushunchalarini farqlashga alohida e’tibor qaratiladi: til tizimli kod sifatida talqin qilinadi, nutq esa uning aniq muloqot a ktlarida amalga oshirilishi hisoblanadi. Zamonaviy tilshunoslik tilni nafaqat axborot uzatish vositasi, balki xalqning tarixiy tajribasi, qadriyatlari va dunyoqarashini aks ettiruvchi eng muhim madaniyat unsuri sifatida ham ko‘rib chiqadi. Til va tafakkurning o‘zaro ta’siri, muloqotning turli sohalarida tilning amal qilishi muammolari, shuningdek, madaniyatlararo muloqot masalalari alohida dolzarblik kasb etmoqda. Zamonaviy jamiyatda ko‘p tilli kompetensiya tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda, chunki ikki va undan ortiq tillarda muloqot qilish qobiliyati muvaffaqiyatli madaniyatlararo o‘zaro ta’sir va kasbiy faoliyatning zaruriy shartiga aylanmoqda. Tilshunoslik, til, til tizimi, tilni o‘rganish, muloqot, ko‘p tillilik.

Article ID: 237
PDF
Open Access | Aprel 2026

RUS VA O‘ZBEK TILLARI DIPLOMATIK TERMINLARINING SHAKLIY STRUKTURASI TAHLILI

By: Хасанов Илёсбек Иброхимжонович

Ushbu maqola rus va o‘zbek tillaridagi diplomatik terminlarning qiyosiy shakily strukturasi tahliliga bag‘ishlangan. Tadqiqotning dolzarbligi global integratsiya sharoitida tipologik jihatdan turlicha bo‘lgan til tizimlarida xalqaro -huquqiy tushunchalarning leksikalizatsiya mexanizmlarini aniqlash zarurati bilan belgil anadi. Ishning maqsadi termin hosil qiluvchi unumli modellarni aniqlash va diplomatik diskursning unifikatsiyalashuv darajasini ko‘rsatib berishdan iborat. Tadqiqot metodologiyasi dolzarb leksikografik manbalar va xalqaro-huquqiy hujjatlardan olingan ekviv alent juftliklar tahliliga asoslangan. Morfemik dekompozitsiya hamda birliklarni mikrotarkibiy, derivatsion va makrotarkibiy darajalarda tasniflashni o‘z ichiga olgan kompleks yondashuvdan foydalanildi. Tahlil natijalari har ikki tizimda ko‘p komponentli terminlarning yaqqol ustunligini ko‘rsatadi, bu tushunchalarni yuqori darajada batafsil ifodalash ehtiyoji bilan izohlanadi. Lotincha termin - bloklar va internatsional derivatlardan faol foydalanish hisobiga sezilarli tarkibiy parallellik aniqlandi. O‘zbek t erminologik tizimida atributiv konstruktsiyalarning o‘ziga xos transformatsiyasida namoyon bo‘ladigan analitizmga moyillik kuzatildi. Ishning ilmiy yangiligi shundan iboratki, tipologik farqlarga qaramay, har ikki terminologik tizim yuqori darajadagi tizim lilik va funktsional muvofiqlikni namoyish etadi. Tadqiqot xalqaro standartlashtirish ta’siri ostida milliy diplomatik tillarning yaqinlashuvini tasdiqlaydi. termin, terminologiya, termin yasalishi, ko‘p komponentli termin, xalqarolashuv, agglyutinatsiya, fleksiya, leksikalizatsiya, sintagma.

Article ID: 238
PDF