OʻZBEK VA FRANSUZ XALQ ERTAKLARIDA AYOLLAR OBRAZINING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI
Authors: Babaniyozova Oydin Allaberganovna
Published: Aprel 30, 2026 • Vol. 12 Issue 10 • Views: 1
Mazkur maqola oʻzbek va fransuz xalq ertaklarida ayol obrazining lingvomadaniy xususiyatlarini qiyosiy -tahliliy yondashuv asosida oʻrganishga bagʻishlanadi. Tadqiqotda ayol obrazining shakllanishida muhim rol egallaydigan leksik -semantik birliklar, badiiy tasvir va ifoda vositalari, ramziy obrazlar hamda madaniy kodlarning oʻzaro aloqasi tahlil qilinadi. Metodologik jihatdan maqolada semantik -pragmatik va diskursiv tahlil, konseptual modellashtirish, shuningdek, syujet va motivlar qiyosi usullaridan kompleks tarzda foydalaniladi. Ertak matnlarida ayol obrazi “ona”, “kelin”, “sehrgar” yoki “pari”, “oqila maslahatgoʻy”, “himoyachi” kabi turli rollarda namoyon boʻlib, mazkur rollar orqali j amiyatning axloqiy-meʼyoriy qarashlari, genderga oid tasavvurlari va milliy qadriyatlari til vositasida ifodalanadi. Qiyosiy tahlil natijalari oʻzbek xalq ertaklarida ayol obrazi koʻproq sabr -toqat, fidoyilik, sadoqat va oilaparvarlik konseptlari bilan bog ʻliq holda talqin etilishini, fransuz xalq ertaklarida esa ayol obrazi mustaqil qaror qabul qiluvchi, faol tanlovga ega va individual aql -zakovat timsoli sifatida aks etishini koʻrsatadi.Tadqiqot natijalari folklorshunoslik, lingvomadaniyatshunoslik va gender tilshunosligi sohalarida olib borilayotgan ilmiy izlanishlarni boyitadi hamda qiyosiy tadqiqotlar uchun nazariy va amaliy asos boʻlib xizmat qiladi. Lingvomadaniyatshun oslik, ayol obrazi, konsept, baholash birliklari, nominatsiya, qiyosiy -tahliliy yondashuv, madaniy kod, emperik material, narrativ model, diskursiv faollik.