BADIIY MATNDA “BOLALIK” KONSEPTINING KOGNITIV- SEMANTIK TAHLILI
Authors: Asadova Gulnoza Yodgor qizi, Solijonov Muhammadjon Zokirjon oʻgʻli
Published: Aprel 30, 2026 • Vol. 9 Issue 10 • Views: 1
Mazkur maqolada badiiy matnda “bolalik” konseptining kognitiv-semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi “bolalik” konseptining badiiy diskursda qanday konseptual tahlil qilinishini, uning yadro va periferik semantik qatlamlarini hamda emotsional-baholovchi komponentlarini aniqlashdan iborat. Material sifatida oʻzbek, rus va ing liz adabiyotidan tanlangan badiiy matn parchalaridan foydalanildi. Metodologik asos kognitiv lingvistika va kognitiv poetika tamoyillariga tayangan holda kognitiv -semantik, kontekstual hamda konseptual modellashtirish metodlari bilan taʼminlandi. Tahlil na tijalari “bolalik” konseptining yadro qatlamida begʻuborlik, oʻyin, xotira va sogʻinch kabi maʼnolar ustun ekanini, yaqin periferiyada ijtimoiylashuv, oila-muhit, axloqiy shakllanish kabi komponentlar faol ekanini koʻrsatdi. Uzoq periferiyada esa travma, yoʻqotish, nostalgiya va identifikatsiya jarayonlari bilan bogʻliq assotsiatsiyalar kuchaygani koʻrinadi. Xulosa sifatida “bolalik” konsepti badiiy tafakkurda madaniy va muallifiy omillar taʼsirida turlicha modellashtirilishi, metafora va ramzlar orqali koʻ p qatlamli semantik makon hosil qilishi aniqlandi. Bolalik konsepti, kognitiv semantika, badiiy matn, konseptual tahlil, obrazlilik, emotsional baholash, yadro va priferik semantik tahlil, xotira, sogʻinch, travma, nostalgiya.