INGLIZ TILINING OʻZBEK YOSHLAR JARGONIGA TAʼSIRI
Authors: Zamira Hakimova Xurram qizi
Published: Aprel 30, 2026 • Vol. 27 Issue 10 • Views: 1
Ushbu ilmiy maqolada ingliz tilining zamonaviy oʻzbek yoshlar jargoniga koʻrsatgan lingvistik va ijtimoiy -madaniy taʼsiri sotsiolingvistik yondashuv asosida oʻrganilgan va tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy maqsadi, inglizcha soʻz va iboralarning oʻzbek yoshlarining nutq madaniyatiga qanday shaklda kirib kelayotganini aniqlash, ularning maʼno, shakl va uslubiy xususiyatlarini izohlash, shuningdek bu jarayonning ijobiy va salbiy oqibatlarini baholashdan iborat. Tadqiqot vazifalari sifatida ingliz tilidagi koʻp qoʻllaniluvchi til birliklarining ishlatilish chastotasi, semantik yuklamasi, ijtimoiy-madaniy taʼsirlari, nutqda foydalanilish holatlari, fonetik va morfologik moslashuv mexanizmlarini aniqlash kabilar belgilandi. Tadqiqot doirasida Toshkent, Andijon, Termiz, Navoiy va Fargʻona shaharlaridagi 11-35 yosh oraligʻidagi 51 nafar respondent oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazildi, shuningdek zamonaviy oʻzbek yoshlari koʻp foydalanadigan Instagram ijtimoiy tarmogʻidagi 40 dan ortiq post va izohlar tahlil qilindi. T adqiqotni amalga oshirishda yordam beruvchi metodlar sifatida empirik kuzatuv, sotsiolingvistik yondashuv, kontent tahlili va tilshunoslik nazariyalariga tayanuvchi interpretatsiya usullari qoʻllanildi. Tadqiqot natijalarga koʻra, ingliz tilidagi global qo ʻllaniluvchi leksik birliklar oʻzbek yoshlar orasida zamonaviylik, emotsional ifoda, tejamkorlik va ijtimoiy oʻzini namoyon qilish vositasi sifatida faol ishlatilmoqda. Ayniqsa, “like”, “chill”, “relax”, “bro”, “sorry”, “repost” kabi soʻzlar fonetik jihatd an minimal oʻzgarish bilan nutqqa singmoqda. Shu bilan birga, bu jarayon adabiy til meʼyorlarining buzilishi, lingvodegradatsiya xavfi va milliy tilning ijtimoiy obroʻsiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkinligi aniqlandi. Maqolada tilga kirib kelayotgan yan gi unsurlarni inkor etmasdan, ularni ongli tarzda tahlil qilish va sogʻlom muvozanatni taʼminlash zarurligi asoslab berilgan. Xulosa oʻrnida, ingliz tilining oʻzbek yoshlar jargoniga taʼsiri globallashuv, texnalogik taraqqiyot va xalqaro nufuz bilan bogʻli q boʻlib, bu soʻzlar til tizimiga moslashmoqda. Oʻzlashmalar tilni boyituvchi omil sifatida qaralayotgan boʻlsada, madaniyat va milliy tilni asrash muhimligicha qolmoqda. Shu sababdan, bu jarayonni ilmiy kuzatish, til siyosatini shakllantirish va inglizcha soʻzlarga oʻzbekcha muqobillar yaratish davlat darajasidagi muhim vazifa boʻlib qolmoqda. Fonetik moslashuv, globallashuv, ingliz tili, lingvodegredatsiya, morfologik moslashuv, yoshlar jargon, lingvoekologiya, neologizm, zamonaviy koʻrinish, til siyosati.