ABDURAUF FITRAT IJODIDA TIMSOL VA RAMZIYLIK
Authors: Gulimmatova Rashida Samandar qizi
Published: Aprel 30, 2026 • Vol. 9 Issue 10 • Views: 1
Mazkur maqolada Abdurauf Fitrat ijodida timsol va ramziylik masalasi badiiy-estetik hamda gʻoyaviy jihatdan kompleks tahlil qilinadi. Fitrat jadid adabiyotining yetuk namoyandasi sifatida oʻz asarlarida ramziy obrazlar vositasida milliy uygʻonish, istiqlol, maʼrifatparvarlik va ijtimoiy islohot gʻoyalarini ifodalagan. Maqolada adibning “Abulfayzxon”, “Hind sayyohi qissasi”, “Shaytonning tangriga isyoni” kabi nasriy va dramatik asarlari, shuningdek, sheʼriy hamda publitsistik merosidagi timsollar tizimi semantik, lingvopoetik va kontekstual tahlil asosida oʻrganiladi. Asarlarda qoʻllanilgan ramziy obrazlarning tarixiy voqelik bil an uzviy bogʻliqligi, ularning ijtimoiy -siyosiy mazmuni hamda estetik yuklamasi aniqlanadi. Xususan, “Abulfayzxon” dramasida tarixiy shaxs obrazi orqali tanazzulga yuz tutgan davlat va jamiyat timsoli yaratilgani, “Hind sayyohi qissasi”da esa sayohat motiv i orqali maʼrifiy uygʻonish gʻoyasi ilgari surilgani tahlil qilinadi. “Munozara” asarida Sharq va Gʻarb tafakkuri qarama -qarshiligi ramziy dialog vositasida ifodalanganligi asoslab beriladi. Tarixiy shaxslar, vatan, zulmat va yorugʻlik, zanjir, yoʻl hamda uygʻonish kabi obrazlarning ramziy qatlamlari ochib beriladi. Fitrat ijodida timsol nafaqat badiiy tasvir vositasi, balki mafkuraviy -estetik konsepsiyani ifodalovchi muhim gʻoyaviy mexanizm sifatida namoyon boʻlishi asoslanadi. Xulosa qismida Fitratning ti msol va ramzlardan foydalanishdagi oʻziga xos badiiy yondashuvi uning ijodiy individualligini belgilovchi muhim estetik omil sifatida baholanadi. Timsol, ramziylik, jadid adabiyoti, milliy uygʻonish, maʼrifatparvarlik, istiqlol gʻoyasi, lingvopoetik tahlil , badiiy obraz, ijtimoiy islohot.