KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

FENTEZI ASARLАRI SЕHRLI DUNYОSIDA RЕАLISTIK UNSURLARNING BADIIY TАLQINI

Authors: Tursunova Mohira Ilxomjanovna

Published: Aprel 30, 2026 • Vol. 9 Issue 10 • Views: 1

Mazkur maqolada zamonaviy fentezi janrining badiiy -estetik mohiyati, poetik strukturalari tahlil etiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi J.K. Rouling qalamiga mansub “Harri Potter” turkum asarlari misolida real va fantastik olamlar sintezining estetik mexanizmlarini ochib berishdan iborat. Maqolada fentezi diskursida realizm elementlari va autentik tafsilotlarning funksional zarurati, shuningdek, muallif tomonidan konstruktsiya qilingan xayoliy universumning ichki qonuniyatlari va aksiologik ishonarliligi masalalari ilgari suriladi. Tadqiqot metodologiyasi sifatida M.M. Baxitinning xronotopik konseptlari, poetik tahlil prinsiplari hamda intertekstual yondashuv asosida yondashiladi. Olib borilgan tahlillar shuni koʻrs atmoqdaki, zamonaviy fentezi asarlarining estetik jozibasi aynan realistik komponentlar bilan uygʻunlashgan fantastik makon va zamon konstruksiyasi orqali yuzaga chiqadi.Xulosa tarzida esa, fentezi janrida ishonchli poetik model yaratilishi uchun xayoliy v oqeliklar ichki mantiqining real hayot qonuniyatlari bilan muvozanatli uygʻunlashuvi zarur ekani alohida taʼkidlanadi. Fentezi, xronotop, realizm, mifologiya, “Garri Potter”, J.K. Rowling, sehrli dunyo, real detal, fantastik obraz, oʻquvchi ishonchi.