KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

JINOYAT KODEKSI MATNLARIDA LEKSIK-SEMANTIK QATLAMLAR

Authors: Rakhmatova Bahora Ibodulla qizi

Published: Aprel 30, 2026 • Vol. 10 Issue 10 • Views: 1

Mazkur maqolada Jinoyat kodeksi matnlarining leksik-semantik qatlamlari huquqiy diskurs tizimidagi prototipik normativ janr sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi jinoyat qonunini lingvistik jihatdan aniq talqin qilish zarurati bilan belgilanadi, chunki leksik birliklar jinoyatni kvalifikatsiya qilish va sud amaliyotiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ilmiy yangilik Jinoyat kodeksi mat nidagi leksik -semantik qatlamlarning tizimli tasnifi - umumxalq leksikasi, umumhuquqiy leksika, sohaviy jinoyat -huquqiy terminologiya, baholovchi - kvalifikatsiyalovchi birliklar hamda normativ frazeologik konstruksiyalarni ajratishdan iborat. Tadqiqotning maqsadi mazkur qatlamlarning struktur-semantik xususiyatlarini aniqlash va ularning kommunikativ -pragmatik funksiyasini belgilashdan iborat. Metodologik asos sifatida tavsifiy, struktur-semantik, qiyosiy va kontekstual tahlil usullari qo‘llanildi. Natijalar Jinoyat kodeksi matnlarida terminologik aniqlik, semantik bir ma’nolilik va talqin barqarorligi ta’minlanishini ko‘rsatadi. Xulosa sifatida leksik -semantik qatlamlanish jinoyat qonunining normativ samaradorligini belgilovchi muhim omil ekanligi asoslanadi. Jinoyat kodeksi matni, huquqiy diskurs, leksik-semantik qatlam, huquqiy terminologiya, baholovchi leksika, qonunni talqin qilish, normativ semantika, qonunchilik janri.