KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

INGLIZ, O‘ZBEK VA RUS TILLARIDAGI FORMULALI IFODALAR LINGUOKOGNITIV VA SEMANTIK JIHATLARI

Authors: Abdulkhakova Dilafruz Shamsiddinovna

Published: Aprel 30, 2026 • Vol. 13 Issue 10 • Views: 1

Ushbu tadqiqot ingliz, o‘zbek va rus tillaridagi formulali birliklarning xususiyatlari, tuzilishi hamda kognitiv mexanizmlarini o‘rganadi va tahlil jarayonida korpus lingvistikasi hamda kognitiv lingvistika yondashuvlaridan foydalanadi. Formulali ifodalar barqaror, takrorlanadigan, ko‘p so‘zli birliklar bo‘lib, ular nutqda yaxlit bo‘ladi, analitik birlik sifatida qo‘llanadi va madaniy hamda pragmatik omillar bilan bevosita bog‘liqdir. Tadqiqotda COCA, BNC, Rus milliy korpusi hamda o‘zbek tilining elektron korpuslari kabi manbalar asosida rasmiy, norasmiy va ritual nutqda uchraydigan formulali iboralar tahlil qilinadi. Kognitiv sxemalar va konseptual strukturalar metodologik asos sifatida qo‘llanilgan bo‘lib, natijalar shuni ko‘rsatadiki, formulali til birliklari madaniyat va kommunikatsiyaning uzviy va ravon faoliyatini ta’minlovchi mexanizm sifatida xizmat qiladi. Shu bois formulali ifodalar tilning eng muhim funksional vazifalarini bajarishda asosiy rol o‘ynaydi Formulaviy til, kognitiv lingvistika, semantik tuzilma, mental freymlar, konseptual metaforalar, ko‘p tilli tahlil.