OʻZBEKISTON TOPONIMIKASINING ZAMONAVIY RIVOJLANISHI IJTIMOIY-MADANIY JIHATLAR
Authors: Xudaybergenova Umida Komildjanovna
Published: Aprel 30, 2026 • Vol. 11 Issue 10 • Views: 1
Ushbu maqolada Oʻzbekiston toponimikasining zamonaviy rivojlanishi jamiyatda kechayotgan ijtimoiy -siyosiy, madaniy va iqtisodiy jarayonlar bilan uzviy bogʻliqlikda tadqiq etiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi mustaqillik davrida toponimik tizimda yuz bergan oʻzgarishlarni ijtimoiy -madaniy jihatdan tahlil qilish hamda joy nomlarining milliy oʻzlikni shakllantirishdagi rolini aniqlashdan iborat. Maqolada tarixiy toponimlarning qayta tiklanishi, yangi toponimlarning shakllanishi va ularning jamiyat ongidagi maʼnaviy -maʼrifiy ahamiyati muammo sifatida qoʻyiladi. Tadqiqot jarayonida qiyosiy -tarixiy, semantik va sotsiolingvistik tahlil met odlaridan foydalanildi. S. Qorayev, E. Begmatov, T. Nafasov va boshqa olimlarning ilmiy qarashlariga tayangan holda toponimlarning etnolisoniy xususiyatlari, ijtimoiy funksiyalari hamda lingvomadaniy mazmuni ochib berildi. Oʻtkazilgan tahlillar natijasida toponimlar nafaqat geografik orientatsiya vositasi, balki tarixiy xotira, madaniy meros va milliy identitetning muhim koʻrsatkichi ekanligi aniqlandi. Xulosa qilib aytganda, Oʻzbekiston toponimikasining zamonaviy taraqqiyoti ijtimoiy -madaniy omillar bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, ularni ilmiy asosda oʻrganish va tartibga solish muhim ahamiyat kasb etadi. Toponimika, tarixiy xotira, milliy oʻzlik, etnomadaniy anʼana, mustaqillik davri, toponimik siyosat, geografik obyekt nomlari, lingvomadaniyat, nominatsiya.