KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

OʻZBEK REKLAMA MATNLARIDA TIL VOSITALARINING FUNKSIONAL-USLUBIY XUSUSIYATLARI

Authors: Atanazarova Shoxida Baxramovna

Published: Aprel 30, 2026 • Vol. 10 Issue 10 • Views: 1

Reklama zamonaviy kommunikatsiya tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. U jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida muhim oʻrin egallaydi. Reklama matnlari orqali mahsulot va xizmatlar keng ommaga targʻib qilinadi. Bunda til vositalarining toʻgʻri va samarali qoʻllanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Reklama matni nafaqat axborot berish, balki taʼsir koʻrsatish vazifasini ham bajaradi. Shu sababli reklama tili oʻziga xos lingvistik va uslubiy xususiyatlarga ega. Oʻzbek tilidagi reklama matnlari ham mazkur jihatdan alohida tadqiqotni talab etadi. Soʻnggi yill arda reklama diskursiga boʻlgan ilmiy qiziqish ortib bormoqda. Ayniqsa, til vositalarining funksional - uslubiy imkoniyatlarini oʻrganish dolzarbdir. Reklama matnlarida leksik, morfologik va sintaktik birliklar faol qoʻllaniladi. Ular muayyan kommunikativ ma qsadni amalga oshirishga xizmat qiladi. Har bir til birligi reklama mazmunini kuchaytirishga yoʻnaltiriladi. Stilistik vositalar esa nutqning taʼsirchanligini oshiradi. Obrazlilik, ekspressivlik va emotsionallik reklama matnining muhim belgilaridandir. Shu ningdek, qisqalik va loʻndalik ham reklama tilining asosiy xususiyatidir. Oʻzbek reklama matnlarida milliy mentalitet va madaniy qadriyatlar aks etadi.Bu esa til birliklarining tanlanishida oʻz ifodasini topadi. Reklama diskursida pragmatik omillar muhim r ol oʻynaydi.Matn muallifi auditoriyaga psixologik taʼsir koʻrsatishni koʻzlaydi. Shu bois unda undov, buyruq va ragʻbatlantiruvchi shakllar keng qoʻllanadi. Frazeologizmlar va metaforalar ham reklama samaradorligini oshiradi. Til vositalarining funksional-uslubiy xususiyatlarini tahlil qilish ilmiy ahamiyatga ega. Reklama, oʻzbek tili, lingvistika, stilistika, funksional vositalar, kommunikativ funksiya, pragmatika, til birliklari, obrazlilik, emotsionallik.