KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

INGLIZ VA OʻZBEK TILLARIDA GEOLOGIK TERMINLARDAGI METAFORIZATSIYANING TARJIMA MUAMMOLARI

Authors: Rixsiyeva Lola Azimjanovna

Published: Aprel 30, 2026 • Vol. 9 Issue 10 • Views: 1

Ushbu maqolada geologik terminologiyada metaforizatsiya hodisasini hamda uning ingliz va oʻzbek tillarida tarjima jarayonidagi muammolari tahlil qil ingan. Maxsus ilmiy matnlarda koʻplab geologik terminlar inson tajribasi va idrokiga asoslangan metaforik maʼnolarga ega b oʻlib, ular boshqa tilga bevosita tarjima qilish jaryonida ilmiy aniqlikni saqlashni qiyinlashtiradi. Tadqiqotda metaforik tushunchalarning terminologik birliklarni shakllantirish va leksik ekvivalent tanlashdagi roli yoritaladi. Masalan, ingliz tilidagi koʻplab terminlar metaforik komponentlarga ega boʻlsa, ularning oʻzbek tili tarjimasida koʻpincha izohli yoki neytral ifodalar ishlatiladi. Metaforaning notoʻgʻri tarjimasi terminning ilmiy mazmunini buzishi va matnning tushunarli boʻlishiga xalaqit beradi. Maqolada tarjimada manba va maqsad konseptual maydonlar, kontekstni chuqur tahlil qilish va tarjima strategiyalarining ahamiyati yoritilgan. Ingliz va oʻzbek geologik terminlari chogʻishtirilib, metaforizatsiyani neytrallashtirish va ekvivalent tanlash kabi muammolar aniqlan gan. Tadqiqot natijalari geologiya sohasidagi ilmiy matnlarni tarjima qilishda terminologik aniqlikni taʼminlash va ilmiy -neytral tarjima usullarini qoʻllashda muhim ahamiyatga ega ekanligini koʻrsatadi. Geologiya, geologik terminlar, metaforizatsiya, kognitiv metafora, metaforik obrazlar, tarjima birligi, tarjima muammosi, terminologik ekvivalentlik, izohli tarjima.