FRANSUZ VA OʻZBEK BOLALAR REKLAMASIDA STEREOTIPIK MODELLAR CHOGʻISHTIRMA TAVSIFI
Authors: Xudayberganova Maxbuba Meylibayevna
Published: Aprel 30, 2026 • Vol. 14 Issue 10 • Views: 1
Mazkur tadqiqot fransuz va oʻzbek tillaridagi bolalar reklama matnlarining lingvokulturologik xususiyatlarini keng qamrovli va tizimli chogʻishtirma tahlil qilishga bagʻishlangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi har ikki madaniyatga mansub bolalar reklamasida qoʻllaniladigan til vositalari, madaniy kontekst va persuaziv strategiyalarni chuqur oʻrganish hamda ularning milliy mentalitet va qadriyatlar tizimi bilan uzviy bogʻliqligini aniqlashdan iborat. Tadqiqot doirasida fransuz va oʻzbek bolalar reklama matnlar ida madaniy stereotiplar va milliy -madaniy kodlarning voqelanishi, persuaziv strategiyalarning madaniy kontekstga bogʻliqligi, gender, yosh va ijtimoiy stereotiplarning ifodalanish xususiyatlari hamda madaniy senariylarning reklama diskursidagi roli tahlil qilindi. Metodalagik asos sifatida leksik -semantik, diskursiv, lingvokulturologik, kognitiv va gender tahlili usullaridan foydalanildi. Tahlil natijalari shuni koʻrsatdiki, fransuz bolalar reklama matnlarida individuallik, ijodkorlik va mustaqillik gʻoyalari ustuvo r boʻlib, bola reklama diskursida mustaqil va avtonom subyekt sifatida pozitsiyalanadi. Oʻzbek bolalar reklamasida esa oilaviy qadriyatlar, jamoa birligi va anʼanaviy maʼnaviy meʼyorlar yetakchi semantik - pragmatik komponent sifatida namoyon boʻladi. Tadqiq otda fransuz va oʻzbek bolalar reklama diskursi oʻziga xos lingvistik va madaniy xususiyatlarga ega ekani, bolalar auditoriyasiga taʼsir koʻrsatish usullari tamoyil jihatdan farqli boʻlsa -da, ayrim umumiy kommunikativ xususiyatlarga ega ekanligi asoslab berildi. Lingvokulturologiya, reklama matni, bolalar reklamasi, fransuz tili, oʻzbek tili, madaniy adaptatsiya, persuaziv strategiya, madaniy stereotip, diskurs tahlili.