KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

INTERTEKSTUALLIK NAZARIYASI VA MATNLARARO MUNOSABATLAR KONSEPSIYASI

Authors: Sodiqova Baxtigul Ibodullayevna

Published: Aprel 30, 2026 • Vol. 10 Issue 10 • Views: 1

Ushbu maqolada XX asr adabiyotshunosligida shakllangan intertekstualik nazariyasi va matnlararo munosabatlar konsepsiyasi batafsil oʻrganilgan. Intertekstualik nazariyasi badiiy matnni mustaqil va yopiq tizim sifatida emas, balki boshqa matnlar bilan uzviy bogʻlangan, ochiq semantik maydon sifatida talqin qiladi. Mazkur yondashuvga koʻra, har bir matn oldingi matnlarning ele mentlarini singdiradi, ularni qayta ishlaydi va yangi kontekstda taqdim etadi. Shu tariqa, intertekstualik badiiy ijodning asosiy qonuniyatlaridan biri sifatida namoyon boʻladi, chunki u matnning semantik qatlamlarini boyitadi va uning talqin imkoniyatlari ni kengaytiradi. Maqolada dialogiklik konsepsiyasi intertekstualikning markaziy tamoyili sifatida koʻrib chiqilgan. Shuningdek, maqolada intertekstualikning asosiy vositalari – sitata, alluziya, reministsensiya va matn ichida matn – nazariy jihatdan tahlil qilingan. Sitata orqali muallif boshqa matnlarning aniq parchalarini oʻz asariga kiritadi va shu yoʻl bilan gʻoyani mustahkamlaydi. Alluziya esa yashirin yoki ochiq ishora orqali boshqa matn, voqea yoki tarixiy manbaga murojaat qiladi. Reministsensiya esa avvalgi adabiy yoki madaniy tajribani ongli yoki ongsiz tarzda yangi matnga moslashtirishdir. Matn ichida matn modeli esa, ayniqsa postmodern adabiyotda, asarning murakkab kompozitsion qatlamlarini yaratadi va oʻquvchini matn bilan intellektual oʻyinga ja lb qiladi. Postmodern adabiyotda intertekstualik nafaqat matnlararo aloqani, balki matn va oʻquvchi oʻrtasidagi intellektual oʻyin mexanizmini ham tashkil qiladi. Mualliflar tarixiy, diniy yoki adabiy matnlarni qayta talqin qiladi, ularni ironik yoki oʻyin li uslubda yangilaydi, shu orqali matnning semantik imkoniyatlarini kengaytiradi va oʻquvchini faol interpretatorga aylantiradi. Xulosa qilib aytganda, intertekstualik nazariyasi badiiy matnni boshqa matnlar bilan uzviy bogʻlangan, koʻp qatlamli va ochiq tizim sifatida oʻrganishga imkon beradi. Intertekstuali, matnlararo munosabat, dialogiklik, sitata, alluziya, reministsensiya, postmodern adabiyot, matn ichida matn.