KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

MILLIY-MADANIY KONSEPSIYA TUSHUNCHASI: LINGVOMADANIY, SEMANTIK VA SEMIOTIK YONDASHUVLAR

Authors: Xolmirzayev Baxtiyor Mirzamaxmudovich

Published: Aprel 30, 2026 • Vol. 12 Issue 10 • Views: 1

Ushbu maqolada “milliy-madaniy konsepsiya” tushunchasi til, tafakkur va madaniyatning integrativ mahsuli sifatida talqin qilinib, uning lingvomadaniy, semantik va semiotik yondashuvlar doirasidagi nazariy asoslari tizimli yoritiladi. Tadqiqotning maqsadi milliy ong, tarixiy tajriba va qadriyatlar tizimining til vositasida konseptual modellashtirilish mexanizmlarini ochish hamda milliy -madaniy konsepsiyaning yadro -periferiya tuzilishini aniqlashdan iborat. . Maqolada muammo milliy -madaniy konseptlarning koʻp qatlamli tabiatini faqat formal -semantik moslik bilan izohlashning yetarli emasligi, ayniqsa tarjimada ekvivalentlik va adekvatlikni taʼminlashda konseptual hamda aksiologik komponentlar yoʻqolishi xavfi mavjudligi sifatida qoʻyiladi. Metodologik asos sifatida integrativ yondashuv tanlanib, konseptni denotativ yadro va periferik qatlamlarga ajratish, lingvomadaniy tahlilning uch bosqichi h amda semantik differensiallashtirish qoʻllanadi. Muhokama qismida milliy- madaniy konsepsiyaning til tizimining turli sathlarida namoyon boʻlishi koʻrsatilib, “dasturxon”, “mehmon”, “or-nomus” kabi birliklar misolida denotativ maʼno bilan aksiologik -ramziy qatlamning farqi asoslanadi. Natijada milliy -madaniy konseptlarni tahlil qilish va tarjima qilishda konseptual yadro va periferiyani ajratish, baholovchi komponentni pragmatik ekvivalentlik orqali tiklash, izohli tarjima, kompensatsiya va pragmatik moslash tirish strategiyalarini qoʻllash zarurligi xulosalanadi. Milliy-madaniy konsepsiya, kognitivlingvistika, semantik yondashuv, madaniyat, til va madaniyat oʻzaro taʼsiri, tarixiy-madaniy qatlam, shaxsiy - emotsional qatlam, tarjimashunoslik, adekvatlik, semantic muqobillik, intersemiotikmoslik.