KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

SUD LINGVISTIKASI VA TARJIMA QIYINCHILIKLARI

Authors: Turaeva Umida Shukhratovna

Published: Aprel 30, 2026 • Vol. 13 Issue 10 • Views: 1

Mazkur maqolada ingliz tilidagi sud -huquq va kriminalistik terminlarning oʻzbek tiliga tarjima qilish jarayoni lingvistik va tarjimashunoslik nuqtayi nazaridan tadqiq etiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi ingliz va oʻzbek tillaridagi huquqiy terminlarning semantik, strukturaviy va funksional xususiyatlarini qiyosiy tahlil qilish hamda tarjima jarayonida yuzaga keladigan muammolarni aniqlashdan iborat. Shuningdek, maqolada terminologik nomuvofiqliklar, muqobilsiz leksika va neologizmlarning tarjimasi bilan bogʻliq masalalar muammo sifatida qoʻyilgan. Tadqiqot metodologiyasi sifatida tavsifiy, qiyosiy, kontent -tahlil hamda kontrastiv lingvistik tahlil usullaridan foydalanildi. Empirik material sifatida autentik huquqiy hujjatl ar, sud materiallari, ikki tilli va maxsus yuridik lugʻatlar tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, ingliz va oʻzbek huquq tizimlari oʻrtasidagi konseptual farqlar termin tarjimasida semantik siljishlarga sabab boʻladi. Bu holat tarjimada transkripsiya, transliteratsiya, kalkalash va taʼrifiy tarjima kabi usullardan kontekstga mos foydalanishni talab etadi. Xulosa sifatida aytish mumkinki, sud -huquq terminlarini tarjima qilishda lingvistik bilim bilan bir qatorda huquqiy va madaniy kompetensiya ham muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot natijalari ingliz-oʻzbek huquqiy tarjimasini takomillashtirishga xizmat qiladi. Forensik tilshunoslik, termin tarjimasi, semantic ekvivalentlik, huquqiy diskurs, neologism, ikki tilli lugʻat, morfologik tafovut , ingliz -oʻzbek tarjimasi.