FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNI TADQIQ ETISHDA LINGVOPRAGMATIK YONDASHUV
Authors: Muzaffarova Farangiz Joʻraxon qizi
Published: Aprel 30, 2026 • Vol. 13 Issue 10 • Views: 1
Maqola frazeologik birliklarni lingvopragmatik yondashuv asosida oʻrganishga bagʻishlangan boʻlib, ularning muloqot jarayonidagi funksional -kommunikativ xususiyatlarini aniqlashni maqsad qiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi frazeologik birliklarning pragmatik potensiali, milliy -madaniy v a baholovchi jihatlarini tahlil qilishdan iboratdir. Ushbu maqsadga erishish uchun frazeologik birliklarning nutq aktlaridagi qoʻllanilishi, kontekstga bogʻliq maʼno oʻzgarishlari, kommunikativ vaziyat bilan aloqadorligi hamda tillararo ekvivalentlik va no muvofiqlik masalalari tadqiq etildi. Tadqiqotning asosiy muammosi frazeologik birliklarning faqat strukturaviy -semantik jihatdan emas, balki real nutq jarayonidagi pragmatik funksiyalari yetarli darajada yoritilmaganligidadir. Shu bois frazeologik birlikla rni antroposentrik, funksional, kontekstual va lingvokulturologik tamoyillar asosida oʻrganish zarurati asoslab berildi. Tadqiqot jarayonida lingvopragmatik tahlil, diskurs tahlili, qiyosiy-tipologik tahlil, semantik va kontekstual tahlil metodlaridan foyd alanildi. Tadqiqot natijasida frazeologik birliklarning yuqori pragmatik potensialga ega ekanligi, ular orqali soʻzlovchining emotsional holati, bahosi va kommunikativ maqsadi ifodalanishi aniqlandi. Shuningdek, zoonim komponentli frazeologik birliklarda milliy va universal stereotiplar tizimi shakllanishi hamda ularning lingvomadaniy ahamiyati asoslab berildi. Xulosa sifatida aytish mumkinki, lingvopragmatik yondashuv frazeologik birliklarning nazariy va amaliy jihatlarini kompleks oʻrganish imkonini beradi hamda tarjima nazariyasi va amaliyotida muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi. Frazeologik birlik, lingvopragmatika, nutq aktlari, pragmatik potensial, zoonim komponent, stereotip, ekvivalentlik, nomuvofiqlik.