KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

EPISTOLYAR MANBALARDA ADABIY-ESTETIK QARASHLAR

Authors: Xalliyeva Gulnoz Iskandarovna, Sapaeva Feruza Davlatovna

Published: Aprel 30, 2026 • Vol. 10 Issue 10 • Views: 1

Ushbu maqolada epistolyar janrning oʻziga xos xususiyatlari va sharqshunoslarning badiiy mahoratini belgilovchi adabiy-estetik qarashlar tahlil qilingan. Epistolyar manbalar – ilmiy yozishmalar va maktublar shunchaki muloqot vositasi emas, balki ijodkorning adabiy jarayon, til, uslub va davrning estetik talablariga boʻlgan munosabatini ifodalovchi muhim manba sifatida tadqiq etiladi. Tadqiqot davomida taniqli sharqshunoslarning oʻzaro yozishmalari misolida ularning ijodiy laboratoriyasi, asar ustida ishlash jarayoni va estetik prinsiplari ochib berilgan. Maqolada epistolyar nutqning subyektiv va obyektiv jihatlari, ilmiy yozishmalarning janriy tabiati hamda ularning badiiy matn bilan bogʻliqligi ilmiy asoslangan. Muallif badiiy maktublarda muallif “men”i va davr ruhining aks etishi masalasiga alohida toʻxtalib, epistolyar merosning adabiyotshunoslikdagi oʻ rnini belgilashga harakat qiladi. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, ilmiy yozishmalar rus sharqshunoslarining nazariy qarashlari va badiiy ideallarini tizimli oʻrganishda birlamchi hujjat vazifasini oʻtaydi. Epistolyar janr, adabiy-estetik qarash, rus sharqshunoslari, maktub, ilmiy yozishmalar, badiiy mahorat, ijodiy laboratoriya, muallif konsepsiyasi, uslub, adabiy tanqid, muloqot madaniyati