KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

XX ASR BOSHLARIDA OʻZBEK VA TURK SHEʼRIYATIDA MAʼRIFATPARVARLIK RUHIDAGI SHEʼRLARNING USLUBIY KOʻRINISHLARI

Authors: Noʻmonova Roʻzaxon Noʻmonjon qizi

Published: Aprel 30, 2026 • Vol. 13 Issue 10 • Views: 1

Ushbu maqolada XX asrga qadar boʻlgan davrda turkiy adabiyotdagi oʻnlab janrlarda, xususan sheʼr, doston, balladalarda erk va maʼrifat gʻoyalarining qanday ifoda etilgani misollar vositasida dalillanadi. XX asr boshlariga kelib esa oʻzbek va turk adabiy aloqalarining oʻziga xosliklari, Tanzimot davri sheʼriyati va jadidlar adabiyotidagi uslubiy oʻzgarishlar, adabiy jarayonlar holati, ularning mushtarak jihatlari, vaznlar va sheʼriy shakllarning yangilanishi haqida bir qator fikrlar yuritilgan. Maqolada, shu ningdek, jadid adabiyoti va Tanzimot adabiyoti vakillari ijodidagi farqlar yaqqol misollar vositasida qiyosiy jihatdan tadqiq etilgan. Erk, maʼrifat mavzularining bosh planga chiqqanligi T.Fikret, N.Kamol, Choʻlpon, Fitrat, Hamza, Avloniy va boshqa ushbu d avr shoirlari ijodidan keltirilgan parchalarning tahlili bilan isbotlangan. Mazkur davr ijodkorlari tomonidan faqat turk va oʻzbek adabiyotiga emas, balki dunyo adabiyotiga olib kirilgan yangi sheʼriy shakllar, sheʼriy vaznlar va obrazlar tizimidagi oʻzg arishlar haqida fikr yuritilgan. Ushbu yangiliklar adabiyot qiyofasini butunlay oʻzgarishiga, sheʼriyatni keyingi bosqichga oʻtishiga sababchi boʻldi va tabiiyki, kelgusi avlod shoirlari uchun mazkur izlanishlar tajriba maktabi vazifasini oʻtaydi. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, zoonimik tasvirlar badiiy matnda biologik voqelik bilan ramziy maʼno oʻrtasida oʻziga xos semantik koʻprik vazifasini bajaradi hamda mualliflarning estetik qarashlari va madaniy tafakkurini yoritishda muhim poetik vosita boʻlib xizmat qiladi. Adabiy jarayon, yangilanishlar, adabiy aloqalar, maʼrifatparvarlik ruhi, jaded adabiyoti, sheʼriyat, sheʼriy vazn, turkiy sheʼriyat.