KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

NEMIS SHOIRLARI ASARLARIDA HOFIZ VA SA’DIY SHE’RIYATI MOTIVLARI

Authors: Искандарова Нодира Бахрамбековна

Published: Aprel 30, 2026 • Vol. 15 Issue 10 • Views: 1

Maqolada XVIII–XIX asrlardagi nemis shoirlari ijodida Hofiz va Sa’diy she’riyati motivlarining resepsiyasi hamda badiiy o‘zlashtirilish xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot Sharq poetik an’anasining nemis adabiyoti kontekstida transformatsiyalanish mexanizmlarini aniqlashga, shuningdek fors mumtoz she’riyati bilan Yevropa lirikasi o‘rtasidagi intertekstual bog‘lan ishlar va tipologik parallellarni tahlil etishga qaratilgan. Ushbu tadqiqotda Hofiz va Sa’diyning asarlari Germaniyada qanday qabul qilingani hamda tarjima orqali talqin etilishi tarixi yoritiladi, ularning poetik merosi motivlar asosida tahlil qilinadi, n emis shoirlari ijodida aks etgan asosiy sharqona obraz va ramzlar aniqlanadi. Asosiy e’tibor sevgi, taqdir, ma’naviy izlanish, donishmandlik va sufiyona ramziylik mavzularining badiiy talqinida o‘xshashlik va farqlarni belgilash imkonini beruvchi qiyosiy -tipologik tahlilga qaratiladi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi motivlarni tizimlashtirish, yangi intertekstual bog‘lanishlarni aniqlash hamda nemis she’riy an’anasida sufiyona obrazlar transformatsiyasini chuqurlashtirilgan tarzda tahlil qilishdan iborat. Tadqiqot natijalari Sharq va G‘arb madaniyatlari o‘rtasidagi muloqot jarayonlarini yanada to‘liqroq anglashga xizmat qiladi hamda fors she’riyatining nemis adabiyotining estetik va falsafiy yo‘nalishlari shakllanishidagi o‘rni haqidagi tasavvurlarni kengaytiradi. Hofiz, Sa’diy, nemis she’riyati, orientalizm, resepsiya, intertekstuallik, motiv, sufiyona ramziylik, madaniyatlar dialogi, qiyosiy-tipologik tahlil.