BRITANIYA KUTUBXONASIDAGI TURKIY QO‘LYOZMALAR
Authors: Emek ÜŞENMEZ, Adambaeva Nargiza Kadambayevna
Published: Aprel 30, 2026 • Vol. 42 Issue 10 • Views: 1
Britaniya kutubxonasi (Angliya milliy kutubxonasi) ning tashkil etilishi XVIII asrning 50-yillariga to‘g‘ri keladi. Ilgari Britaniya muzeyi tarkibida faoliyat yuritgan kutubxona huquqiy tartibga solish orqali Britaniya muzeyidan ajralib chiqdi va Britaniya kutubxonasi nomi bilan mustaqil tuzilmaga aylandi. 1998-yilda qirolicha tomonidan rasman ochilgan Britaniya kutubxonasida 150 milliondan ortiq hujjat saqlanadi. Britaniya kutubxonasi dunyodagi ikkinchi yirik kutubxona hisoblanadi. Britaniya kutubxonasi binosi London markazida, milliy va xalqaro poyezd qatnovlarining uchrashuv nuqtasi hisoblangan Sent -Pankras- Kings-Kross stantsiyasining yonginasida joylashgan. Britaniya kutubxonasida turk qo‘lyozmalari uchun tayyorlangan va hozirda kutubxon adagi barcha turk qo‘lyozmalarini o‘z ichiga olgan katalog mavjud emas. 1888 va 1958 -yillarda tayyorlangan turk qo‘lyozma kataloglari va risolalari bugungi tadqiqotchilar uchun yetarli emas. Britaniya kutubxonasidagi turk qo‘lyozmalari juda xilma-xildir. Sharqiy turkiy tillarni asos va boshlang‘ich nuqta sifatida ifodalovchi ko‘kturk turkchasidan tortib, g‘arbiy o‘g‘uz turkiy tillarini ifodalovchi qadimgi uyg‘ur turkchasi, qoraxoniy -xorazmiy-qipchoq turkchasi, chig‘atoy turkchasi, ozarbayjon turkchasi, qadi mgi anatoliya turkchasi, usmonli turkchasi, Turkiya turkchasigacha bo‘lgan tillarda yozilgan ko‘plab qo‘lyozmalarga murojaat qilish mumkin. Bulardan tashqari, Britaniya kutubxonasida deyarli barcha turkiy lahjalardagi (boshqird, o‘zbek, tatar, qozoq, qirg‘iz, chuvash va boshqalar) asarlar saqlanadi. Ushbu tadqiqotda Britaniya kutubxonasidagi turk qo‘lyozmalari haqida umumiy ma’lumot berilgan. U kutubxona tarixini taqdim etish orqali mavjud turk qo‘lyozmalarining tarixi va rivojlanishini kuzatishni maqsad qi lgan. Turk qo‘lyozmalari davriga ko‘ra taxminan tasniflangan, tegishli davrga oid ayrim qo‘lyozmalardan namunalar keltirilgan. Turk qo‘lyozmalari ustida olib borilgan katalog va broshyura ishlari, kutubxonadagi turk qo‘lyozmalari qayerdan va qanday qo‘lga kiritilganligi haqidagi qaydlar ham berilgan. Asarlar mazmuniga ko‘ra ham tasniflangan. Devonlar, jurnallar, tarjimayi hollar, farmonlar, tarix kitoblari, adabiyot, musiqa, astronomiya, tafsir, Qur’on va boshqalar kabi keng qamrovli sohalarni qamrab olgan 4000 ga yaqin turkiy qo‘lyozmalar kolleksiyasiga ega Britaniya kutubxonasi shu jihatdan tadqiqotchilar e’tiborini tortadi. Britaniya kutubxonasi, Turk qo‘lyozmalari, London, Angliya, Sharqiy turkcha, G‘arbiy turkcha, Charlz Pyer Genri Riu, Glin Manro Meredit- Owens, Buyuk Britaniya.