KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

INGLIZ, ISPAN VA OʻZBEK TILLARIDA DIMINUTIVLIKNING SEMANTIK KOMPONENT TAHLILI

Authors: Mamatqulova Nodira Fayzulla qizi

Published: Aprel 30, 2026 • Vol. 11 Issue 10 • Views: 1

Mazkur maqolada ingliz, ispan va oʻzbek tillarida kichraytirish maʼnosining semantik komponentlari komponent tahlil metodi asosida qiyosiy jihatdan tadqiq etiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi lugʻaviy birliklar semantik strukturasida kichraytirish semasining qanday ifodalanishini aniqlash hamda uning eksplisit va implisit namoyon boʻlish xususiyatlarini uch til materiallari asosida tahlil qilishdan iborat. Tadqiqot jarayonida izohli lugʻatlar va elektron leksikografik man balardan olingan izohlar asosiy material sifatida tanlandi. Komponent tahlil doirasida arxisema, integral sema va pometalar (koʻrsatkich birliklar) ajratilib, kichraytirish semasining ochiq (small, little, pequeño, kichik va b.) hamda koʻp pogʻonali zanjir yoʻli orqali yashirin ifodalanish holatlari aniqlandi. Tahlil natijalari ingliz tilida kichraytirish semasi koʻproq eksplisit leksik markerlar orqali, oʻzbek va ispan tillarida esa koʻpincha implisit yoʻl bilan ifodalanishini koʻrsatdi. Shuningdek, oʻzbek va ispan tillarida affiksatsiya vositasida hosil boʻlgan kichraytirish shakllari muhim oʻrin tutishi aniqlangan. Maqolada keltirilgan statistik koʻrsatkichlar qiyoslanayotgan tillarda kichraytirish funksional -semantik maydonining oʻziga xos va umumiy jiha tlarini ochib beradi. Tadqiqot natijalari semantik tahlil, qiyosiy tilshunoslik hamda leksikografiya sohalari uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Kichraytirish, komponent tahlil, semantik component tahlil, funksional-semantik maydon, eksplisit maʼno, implisit maʼno, qiyosiy tilshunoslik, leksikografik tahlil.