JEK LONDON VA NORMUROD NORQOBILOV BADIIY DISKURSIDA ZOONIMLAR BADIIYATI
Authors: Melibayeva Maʼmura Klichboy qizi
Published: Aprel 30, 2026 • Vol. 11 Issue 10 • Views: 1
Ushbu maqolada Jek London hamda Normurod Norqobilov asarlarida uchraydigan zoonimlarning adabiy nutqdagi oʻrni va badiiy funksiyasi qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Maʼlumki, zoonimlar faqatgina hayvon nomlarini bildiruvchi oddiy leksik birliklar emas, balki muayyan falsafiy qarashlar, madaniy qadriyatlar hamda milliy dunyoqarashni aks ettiruvchi muhim semantik vosita sifatida ham namoyon boʻladi. Shu bois ular badiiy matnda obraz yaratish, xarakter ochish hamda muallifning gʻoyaviy –estetik niyatini ifodalashda muhim rol oʻynaydi. Tadqiqot jarayonida ikki adibning badiiy uslubidagi oʻxshash va farqli jihatlar ochib beriladi. Jumladan, Jek London asarlarida hayvon obrazlari koʻpincha evolyutsion riv ojlanish taʼsirida shakllangan, tabiat qonunlariga boʻysunuvchi va ontologik jihatdan mustaqil mavjudotlar sifatida tasvirlanadi. Bunday yondashuv hayvonlarning tabiiy instinktlarini, yashash uchun kurash jarayonini va ularning ichki dunyosini realistik naturalizm tasirida yoritishga xizmat qiladi. Aksincha, Normurod Norqobilov ijodida hayvonlar tasviri milliy anʼana va qadriyatlarga yaqin holda talqin qilinib, koʻproq antroposentrik axloqiy meʼyorlar bilan uygʻunlashtiriladi. Tadqiqot natijalari shuni koʻr satadiki, zoonimik tasvirlar badiiy matnda biologik voqelik bilan ramziy maʼno oʻrtasida oʻziga xos semantik koʻprik vazifasini bajaradi hamda mualliflarning estetik qarashlari va madaniy tafakkurini yoritishda muhim poetik vosita boʻlib xizmat qiladi. Adabiy nutq, zoonim, naturalism, oʻzbek nasri, antroposentrik axloq, zoonimik nutq, semiotika, stilistika, ekolingvistika.