KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

TOLSTOY VA TASAVVUF: INSONIYLIK VA ILOHIYLIK TALQINI

Authors: Khallieva Gulnoz Iskandarovna, Yusupova Adolat Anvarovna

Published: Mart 24, 2025 • Vol. 14 Issue 5 • Views: 145

Mazkur maqolada Lev Tolstoy ijodida insoniylik va ilohiylik

gʻoyalarining badiiy talqini tasavvuf taʼlimoti nuqtayi

nazaridan kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqotda yozuvchining

“Tirilish”, “Uch hayot”, “Ota Sergiy”, “Anna Karenina”,

“Ilohiylik va insoniylik” asarlari asosida inson ruhiyati, nafs,

vijdon, axloqiy tanlov va maʼnaviy kamolot masalalari izchil

yoritiladi. Ushbu asarlarda qahramonlarning ichki iztiroblari,

ruhiy izlanishlari hamda oʻzligini anglash jarayoni badiiy

vositalar orqali ochib beriladi. Shu bilan birga, mazkur

gʻoyalar tasavvufdagi ishq, tavba, zuhd va maʼrifat

tushunchalari bilan qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Ayniqsa,

insonning nafsni yengish, qalb pokligi va ezgulik sari intilishi

masalalari alohida eʼtibor markazida boʻladi. Tadqiqot

natijalari Tolstoy qarashlarining umuminsoniy maʼnaviy

qadriyatlar bilan uygʻunligini, shuningdek, uning ijodi

tasavvufiy tafakkur bilan yaqin aloqada ekanini koʻrsatadi.