BRITANIYA KUTUBXONASIDAGI TURKIY QO‘LYOZMALAR
Authors: Khallieva Gulnoz Iskandarovna, Adambaeva Nargiza Kadambayevna
Published: Mart 24, 2025 • Vol. 14 Issue 5 • Views: 26
Britaniya kutubxonasining (Angliya Milliy kutubxonasi) tashkil topgan sanasi 1750-yillarga borib taqaladi. Ilgari Britaniya muzeyida faoliyat yuritgan kutubxona qonuniy tartibga solish orqali Britaniya muzeyidan ajratilib, Britaniya kutubxonasi nomi ostida mustaqil tuzilmaga aylantirildi. Qirolicha tomonidan 1998-yilda rasman ochilgan Britaniya kutubxonasida 150 milliondan ortiq hujjatlar mavjud. Bu kutubxonasi kitoblar va boshqa kontentlar bo‘yicha dunyodagi ikkinchi yirik kutubxona hisoblanadi. Britaniya kutubxonasi binosi Londonning markaziy qismidagi milliy va xalqaro poyezd qatnovlarining uchrashadigan joyi hisoblangan Sent-Pankras-Kings Kross bekatiga yaqin joyda joylashgan. Britaniya kutubxonasida turkcha qo‘lyozmalar uchun tayyorlangan va bugungi kungacha kutubxonadagi barcha turkcha qo‘lyozmalarni o‘z ichiga olgan hech qanday katalog mavjud emas. 1888 va 1958 yillarda tayyorlangan turkiy qo‘lyozmalardagi katalog va risolalar bugungi tadqiqotchilar uchun yetarli emas. Go‘kturk, qadimgi uyg‘ur turkiy tillarida, Sharqiy turkiyni ifodalovchi Qoraxonli-Harazm-Qipchoq hududi va G‘arbiy turkiy tilda o‘rin olgan Ozarbayjon turkiy, Eski Anadolu turkiy, Usmonli turkiy, Chig‘atoy turkiysidan o‘g‘uz turkiy tillarida yozilgan ko‘plab turkcha qo‘lyozmalarni uchratish mumkin. Bulardan tashqari Britaniya kutubxonasida deyarli barcha turk lahjalarida (boshqurt, o‘zbek, tatar, qozoq, qirg‘iz, chuvash va boshqalar) risolalar mavjud.