ASHRAF TABRIZIY VA ALISHER NAVOIY “XAMSA”LARIDA BAHROM OBRAZINING TIPOLOGIK VA POETIK XUSUSIYATLARI
Authors: Valijonova Shahzoda Olimjon qizi
Published: Oktabr 25, 2026 • Vol. 3 Issue 13 • pp. 228–239 • Views: 3
Ushbu maqolada Sharq xamsachilik anʼanasi kontekstida Ashraf Marogʻiy Tabriziy va Alisher Navoiy dostonlaridagi Bahrom obrazining oʻziga xos tipologik hamda poetic xususiyatlari qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqotda Marogʻiy dostonidagi tasavvufiy ruh bilan sugʻorilgan “orif va mutafakkir shoh” konsepsiyasi hamda Alisher Navoiyning mashhur “Sabʼai sayyor” asaridagi dastlab “raiyatparvar”, biroq keyinchalik gʻofillikka chalingan oʻsha mashhur hukmdor obrazi atroflicha qiyoslanadi. Mualliflarning ushbu qahramon tabiatini badiiy ochishdagi oʻxshash va farqli jihatlari dostonlardan olingan matniy dalillar yordamida batafsil yoritilgan. Shuningdek, asarlardagi ramziy maʼnoga ega boʻlgan “magʻiz va poʻst”, “lutf va qahr” kabi poetik allegoriyalar hamda adolat va tavakkul tushunchalarining falsafiy va badiiy ifodasi maqolada atroflicha tadqiq etilgan.